Topshiriq javoblari: epigrafika, numizmatika, 476, Avesto, Gerodot, Tarix, Teshiktosh, 3000, Sopollitepa, Tutanxamon, Tanzaniya, Yava, pitekantrop, neolit, 6-4.
II - NAZORAT ISHI
Nazorat ishini o‘tkazishdan maqsad:
o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash;
o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash;
o‘quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish.
Ushbu nazorat ishida quyidagi testlar berilisi mumkin:
1. Qaysi Misr fir’avni davrida Falastin va Suriyani istilo qilish boshlandi?
A) Yaxmos
B) Tutmos III
C) Tutmos II
D) Menes
2. Misrliklarning eng asosiy xudosi Ra ibodatxonasi qaysi shaharda joylashgan?
A) Geliopol
B) Abidos
C) Fiva
D) Memfes
3. Sarkofag – bu….
A) Tosh tobut
B) Harbiy qo’shin
C) Qabriston, maqbara
D) Papirusdan qilingan uy
4. Qadimgi Misrda kimlar Nilning qachon toshishini, qachon urug’ sochib, qachon hosil yig’ilishini oldindan bilishgan?
A) dehqonlar
B) kohinlar
C) fir`avnlar
D) mirzolar
Do'stlaringiz bilan baham: |