6-sinf Qadimgi dunyo tarixi
6-SINF TARIX
I - BOB.
1. Qaysi jarayonni olimlar sivilizatsiya deb atashadi?
A) insoniyatning paydo bo‘lishini
B) dehqonchilik va chorvachilikka o‘tilishini
C) eng qadimgi shahar va davlatlarning tashkil topishini
D) uy-joylarning kashf qilinishini
2. Qadimgi dunyo tarixining boshlanish bosqichi – bu …
A) dunyoning paydo bo‘lishi
B) insoniyatning paydo bo‘lishi
C) ilk sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi
D) Rim imperiyasining vujudga kelishi
3. Yevropada dastlabki sivilizatsiya qayerda vujudga kelgan?
A) Rimda B) Yunonistonda
C) Krit orolida D) Kipr orolida
4. Dastlabki sivilizatsiya tarixi qayerdan boshlangan edi?
A) Qadimgi XitoyB) Yevropa janubi
C) Kipr oroliD) Qadimgi Sharq
5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqeagacha davom etgan?
A) Garbiy Rim imperiyasining qulashi
B) Buyuk ko‘chishlarning boshlanishi
C) Antik tarixning yakunlanishi
D) Franklar imperiyasining tashkil topishi
6. O‘zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g‘oridan qanday buyumlar topilgan?
1) tosh qurollari; 2) sopol buyumlari; 3) hayvon suyaklari; 4) dehqonchilik qurollari: 5) qoyatosh rasmlari; 6) inson suyaklari
A) 1, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 6
7. Donishmandlar nimani “buyuk o‘qituvchi” deb atashadi?
A) yodgorliklarni B) tarixni C) hayotni
D) kitobni
9. Quyidagi qaysi javobda o‘lkamizning eng qadimgi tarixini o‘rganishga oid manbalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) “Avesto” 2) mehnat qurollari 3) ilk yozma matnlar 4) qurol-aslahalar 5) Behistun bitiklari 6) zeb-zeynat buyumlari 7) sopol idishlar 8) yunon-rim tarixchilarining asarlari
A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 5, 7, 8 C) 2, 3, 4, 5
D) Barcha javob to‘g‘ri
10. Qaysi omil tufayli olimlar uchun qadim mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi?
A) ularga keng texnik sharoitlar yaratilishi bilan
B) yozma manbalarning topilishi bilan
C) arxeologiya fanining rivojlanishi bilan
D) qadimgi lotin tilini o‘zlashtirish tufayli
11. Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.
A) Sim Siyan, Strabon
B) Arrian, Polien
C) Kvint Kursiy Kuf, Arrian
D) Gerodot, Kvint Kursiy Ruf
13. Mil.avv. I mingyillikda O‘zbekiston qadimgi aholisining ...
A) ko‘p xonali turar joylari paydo bo‘ldi
B) qadimgi Sharq xalqlari bilan madaniy aloqalari kuchaydi
C) urug‘chilikning patriarxat bosqichiga o‘tish boshlandi
D) ilk shahar ko‘rinishidagi qarorgohlari paydo bo‘ldi
14. Urug‘ jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o‘ta boshladi?
A) iqlimning o‘zgarishi va tez yurar hayvonlarning paydo bo‘lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi
B) mehnat qurollari va xo‘jalik yuritish shakllarining takomillashuvi
C) qarindoshchilikning ota tomoniga o‘tishi
D) tosh qurollarning iste’moldan chiqa boshlashi
16. Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrda eng qadimgi odamlarning manzilgohlari qayerlarda bo‘lgan?
A) g‘orlarda va daralarda
B) daryo va soylar yaqinidagi tepaliklarda
C) daralar va o‘rmonlarda
D) chayla va yerto‘lalarda
18. Qadimgi odamlarning fikrlash qobiliyati va tafakkuri qaysi omillar oqibatida o‘zgarib bordi?
A) mehnat faoliyati, atrof olam haqida to‘plangan bilimlar
B) tabiiy tanlanish natijasida inson organizmidagi o‘zgarishlar
C) olovning kashf etilishi, pishgan go‘shtning iste’mol qilinishi
D) ilk diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishi
19. Eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan omil nima?
A) ov manzaralarini aks ettirish
B) kelajak rejalarni tuzish usuli
C) insonning o‘zini o‘rab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi
D) sovuq iqlim sharoitida g‘or ichidagi zerikarli hayot
20. Qaysi davrga kelib insoniyat uchun qushlarni ovlash imkoniyati yuzaga keldi?
A) so‘nggi poleolit B) mezolit C) neolit D) o‘rta poleolit
22. Insonlar qaysi davrda toshni sirlash va teshikchalar parmalashni bilib oldilar?
A) so‘nggi poleolitdaB) neolit va eneolitda
C) mezolit va neolitdaD) bronza davrida
23. O‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi natijasida …
A) ota urug‘i jamoasi vujudga keldi
B) aholining dehqonchilikka o‘tish imkoniyatini yuzaga keldi
C) dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi
D) dastlab shahar va keyinchalik davlatlar vujudga keldi
24. Mezolit davriga kelib ov qilishda unumdorlikning ortishi nima bilan bog‘liq?
A) to‘rning ixtiro qilinganligi
B) faqat kichkina sekinyurar hayvonlarning saqlanib qolishi
C) urug‘ning birdamlikda ov qilishi
D) itlar bilan birga ov qilish
25. Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan paytda O‘rta Osiyo janubida ...
1) xon g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi; 2) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanish boshlandi; 3) sopol idishlar qushlar va o‘simliklar tasviri bilan bezatila boshlandi; 4) chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi; 5) paxsa imoratlar qurila boshlandi; 6) urug‘ jamoasi o‘troq turmushga o‘ta boshladi
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5, 6D) 1, 2, 3
26. O‘rta Osiyoning qaysi qadimgi manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan?
A) Zamonbobo B) Sarazm C) Sopollitepa D) Jarqo‘ton
27. Mehnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanish natijasida, eng avvalo ...
A) dehqonchilik texnikasi rivojlandi
B) tosh qurollar iste’moldan chiqib ketdi
C) yuk tashish vositalari yuzaga keldi
D) lalmikor yerlar o‘zlashtirildi
28. Katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib bergan omilni aniqlang.
A) ota urug‘ining yuzaga kelishi va asosiy xo‘jalik ishlariga erkaklarning jalb qilinishi
B) charxpalakning ixtiro qilinishi
C) temir uchli omochlar, temir boltalar va omochlarning paydo bo‘lishi
D) qabila sardorlari va harbiylarning o‘zaro yerlarni bo‘lib olishi va xususiy mulkchilik
30. Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?
A) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor
B) mamont suyaklaridan qurilgan uy-joy qoldiqlari
C) arxar shoxi bilan o‘ralgan bola qabri
D) Zarautsoy darasidagi qoya rasmlari
31. Qadimda qaysi omil dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir o‘tkazdi?
A) motiga mehnat qurolining paydo bo‘lishi
B) misning ixtiro qilinishi va toshning iste’moldan surib chiqarilishi
C) g‘ildirakning ixtiro qilinishi
D) mehnat qurollarining temirdan yasalishi
32. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini qaysi voqea bilan belgilashadi?
A) mikrolitlarning yasalishi bilan
B) dehqonchilikning boshlanishi bilan
C) sopol idishlarning kashf etilishi bilan
D) to‘quvchilikning kashf etilishi bilan
33.O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba ...
A) “Avesto”
B) Behistun qoyalari bitiklari
C) Gerodotning “Tarix” asari
D) Strabonning “Geografiya” asari
34. Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan Behistun qoyalari bitiklari quyidagi qaysi tilda yozilmagan?
A) elamB) qadimgi forsC) hindD) bobil
35. Mil. avv. V asrda yashagan yunon tarixchi Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
36. “Makedoniyalik Aleksandr tarixi” asari muallifi nechanchi asrda yashagan.
A) mil. avv. I asr oxirlarida
B) mil. avv. II asr oxiri - mil. avv. I asr boshlarida
C) milodiy I asr
D) milodiy II asr
38. Pitekantrop odami Indoneziyaning qaysi orolidan topilgan.
A) Sumatra B) Borneo C) Yava D) Timor
39. Quyidagi odamlarning qaysi biri ilk paleolit davrida yashamagan.
A) pitekantropB) neandertalC) avstrolopitekD) sinantrop
40.Quyidagi manbalardan qaysi biri hindlarning qadimgi tarixi haqida hikoya qiladi?
A) “Bibliya”
B) “Rigveda”
C) “Marhumlar kitobi”
D) “Mug‘ hujjatlari”
41. Keltirilgan voqealarning qaysi biri ilk paleolitning so‘nggi davrida yuz berdi?
A) tabiiy olov kashf qilindi
B) ilk dafn tartiblari paydo bo‘ldi
C) ilk diniy e’tiqod kurtaklari paydo bo‘ldi
D) buyuk muzlik davri boshlandi
43. Ilk qoyatosh rasmlari topilgan Lasko g‘ori qayerda joylashgan?
A) Ispaniya B) BoshqirdistonC) Kavkaz
D) Fransiya
44. Ilk dafn tartiblari O‘zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?
A) Selung‘ur g‘oridan B) Zarautsoy darasidan
C) Teshiktosh g‘oridanD) Zomonbobo manzilgohidan
45. O‘zbekiston hududida bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan?
A) 1000 ga yaqin B) 100 dan ortiq
C) 50 dan ziyodD) 30 ga yaqin
46. Eneolit davriga kelib insonlar nima maqsadda kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladilar?
A) idishlarni pishirish
B) loyni bir necha kun asrash
C) uy ro‘zg‘or buyumlarini hashoratlardan himoya qilish
D) loy qorish
47. Mil.avv. I ming yillik boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan, bular …
A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar
B) zadogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar
C)savdogarlar,dehqonlar,hunarmandlar,qullar
D)kohinlar,savdogarlar,jangchilar,hunarmandlar
48. So‘nggi paleolit odamlarining muhim ixtirosi …
A) sun’iy tarzda olovni hosil qilishdi
B) kesuvchi, arralovchi mehnat qurollarini kashf qildi
C) turar joylar qurish kashf qilindi
D) urug‘ jamoasiga o‘tildi
49. O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temir buyumlar…
A) mil.avv. IX-VIII asrlarga tegishli
B) mil.avv. VII-VI asrlarga tegishli
C) mil.avv. VIII-VII asrlarga tegishli
D) mil.avv. VI-IV asrlarga tegishli
50. Mezolit davriga tegishli bo‘lgan manzilgohlarni toping.
A) Obishir, Machay, Zamonbobo, Seleng‘ur
B) Zarautsoy, Sopollitepa, Sarazm, Qo‘shilish
C) Qo‘shilish, Obishir, Machay, Zarautsoy
D) Seling‘ur, Machay, Nomozgoh, Teshiktosh
51. Quyidagilardan O‘zbekiston hududida neolit davriga tegishlisini aniqlang.
A) diniy e’tiqodlar kurtaklari vujudga kelgan
B) paxsa uylar qurish boshlandi
C) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi
D) xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi
52. Kulolchilik charxi qaysi davrda kashf qilingan?
A) neolitB) bronzaD) ilk temirD) eneolit
53. Patriarxat davri … dan boshlanadi.
A) mil.avv.IV ming yillikB) mil.avv. I ming yillik
C) mil.avv.II ming yillik D) mil.avv.III ming yillik
55.O‘rta Osiyoda ilk ibodatxona qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Sopollitepa B) Jarqo‘ton C) Zamonbobo
D) Nomozgoh
56. … inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi.
A) neolit davri boshlarida
B) mezolit davri o‘rtalarida
C) mezolit davri oxirlarida
D) mezolit davri boshlarida
57. So‘nggi paleolit davri odami manzilgohlari O‘zbekistonning qaysi viloyatlaridan topilgan?
A) Samarqand, Toshkent, Farg‘ona
B) Surxondaryo, Xorazm, Qashqadaryo
C) Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo
D) Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo
58. Eng qadimgi odam hisoblangan avstralopitek qayerdan topilgan?
A) Janubiy AfrikadanB) Avstraliyadan
C) Sharqiy AfrikadanD) Indoneziyadan
59. “Avesto”gda keltirilgan O‘rta Osiyo jamiyatining bosqichlarini ularning izohi bilan to‘g‘ri joylashtiring.
1) vis 2) nmana 3) varzana 4) zantu 5) dah’yu
a) qabila b) urug‘ jamoasi c) patriarxal oila d) hududiy qo‘shnichilik jamoasi e) qabilalar ittifoqi
A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-eB) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e
C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-bD) 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d
60. Maykop qo‘rg‘oni qayerda joylashgan.
A) Kavkazda B) Tog‘li Oltoyda
C) Misrda D) Uralda
61. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisini aniqlang.
A) Ktesiy B) Arrian C) StrabonD) Kvint Kursiy Ruf
62. Quyidagilardan qaysi biri so‘nggi paleolitda sodir bo‘lgan?
A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi
B) mikrolitlar yasay boshlandi
C)odamlarning urug‘ jamoalarga ajralib chiqishi
D) to‘quvchilikning kashf etilishi
63. Quyidagi qaysi davrda O‘rta Osiyoda o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tilgan?
A) paleolit davrida B) mezolit davrida
C) neolit davrida D) eneolit davrida
64. Qaysi davrdan boshlab odamlar kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishganlar?
A) mezolit davridanB) neolit davridan
C) eneolit davridan D) bronza davridan
65. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Altamir, Lasko, Kapovaya
B) Kapovaya, Zarautsoy, Teshiktosh
C) Lasko, Yava, Olduvoy
D) Olduvoy, Kapovaya, Lasko
66.Odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda ...
A) fetishizm deb ataladiB) animizm nomini olgan.
C) totemizm deb ataladi.D) sehrgarlik deb ataladi.
67. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan?
A) Sarazm B) Namozgoh C) Zamonbobo
D) Oltintepa
68. Bronza davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan?
A) Sarazmdan B) Zamonbobodan
C) Namozgohdan D) Sopollitepadan
69. Jarqo‘ton manzilgohi rejasida ...
A)shaharning ilk alomatlari ko‘zga tashlanadi
B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi
C) yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi
D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko‘zga tashlanadi
70. Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligi qanday topilmalari bilan mashhur bo‘lgan?
A) misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan
B)temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan
C) g‘ordagi devoriy suratlari bilan D) tilladan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan 71. O‘rta Osiyo hududidan topilgan Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor nechanchi mingyillikka oid?
A) Mil.avv. 2 ming yillik
B) Mil.avv. 1 ming yillik
C) Mil.avv. 3 ming yillik
D) Mil.avv. 4 ming yillik
72. Quyidagi allomalarning yashagan yillariga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Gerodot; 2) Sim Syan; 3) Strabon; 4) Arrian; 5) Kvint Kursiy Ruf; 6) Polien.
A) 1, 6, 2, 3, 5, 4 B) 1, 2, 4, 3, 6, 5
C) 2, 1, 6, 3, 5, 4 D) 1, 2, 3, 6, 5, 4
73. Temirdan birinchi marta kimlar foydalangan?
A) xunnlar B) xettlar C) ossuriyaliklar
D) misrliklar
74. Zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari O‘zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?
A) Sarazm B) Zamonbobo
C) Namozgoh D) Sopollitepa
75. Odam evolutsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) avstralopitek – pitekantrop – sinantrop – neandertal – zinjantrop –kramanyon
B) avstralopitek – zinjantrop –pitekantrop – neandertal – sinantrop –kramanyon
C) avstralopitek – zinjantrop – pitekantrop –sinantrop – neandertal – kramanyon
D) zinjantrop – pitekantrop – avstralopitek – sinantrop – neandertal – kramanyon
Do'stlaringiz bilan baham: |