1. Qadimgi Misr dehqonlarining ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish muddati xususidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) aprel-iyun oylarida dam olishgan, avgust-sentabrda urug‘ sepib, noyabrda hosilni yig‘ib olgan
B) iyul-sentabr oylarida dam olishar, kuzda dalalarga urug‘ sochishar va qishda hosilni yig‘ishar edi
C) yozda kanallar qazishar edi, chunki bu davrda yomg‘ir yog‘magan, kuzda hosilni yig‘ib olar edi
D) kuzda dalalarga dam berib, qishda ekin ekishar va iyun-iyul oyida hosilni yig‘ib olishar edi
2. Qadimgi Misrda oddiy misrliklar va zodagonlarning uylari nimalardan qurilgan?
A) oddiy misrliklar uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo‘shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan
B) oddiy misrliklar uyi xom g‘isht, somon bilan aralashtirilgan guvaladan, zodagonlarning uyi esa yog‘ochdan qurilgan
C) oddiy misrliklar uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, tog‘dan keltirilgan xarsang toshlardan, zadogonlar uylari esa pishgan g‘ishtdan va tuproqdan qurilgan
D) oddiy misrliklar uyi somon bilan aralashtirilgan guvaladan, zodagonlarning uyi esa yog‘ochdan qurilgan
3. Qadimda Misr 4 davlat bilan chegaradosh bo‘lgan. Bular qaysi davlatlar edi? 1) Nubiya; 2) Lidiya; 3) Mesopotamiya; 4) Suriya; 5) Yunoniston; 6) Liviya; 7) Midiya; 8) Falastin; 9) Turkiya.
A) 1, 3, 7, 9 B) 1, 4, 6, 8 C) 2, 3, 4, 6D) 1, 2, 6, 7
4. Qadimgi misrliklar yozuvlarining "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashlariga sabab nima edi?
A) yozuvdan turmush tarzi va urf-odatlarni yozib borishda foydalanganlik uchun
B) bu yozuvlar bilan fir’avnlarning buyuk g‘alabalari haqidagi afsonalar yozib borilgan
C) yozuvdan faqat kohinlar foydalanishi mumkin bo‘lganligidan
D) yozuvdan qarg‘ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanilgan
5. Qadimgi misrlik dehqonlarning qachon urug‘likni sepish va qay paytda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Ular bu vaqtni qanday aniqlaganlar?
A) oyga qarab aniqlaganlar
B) yulduzlarga qarab aniqlashgan
C) qushlarning uchishiga qarab bilganlar
D) fol ochtirish orqali aniqlaganlar
6. Qadimgi misrliklar yig‘ib olingan donni nima maqsadda sopol xumlarda saqlaganlar?
A) sifati buzilmasligi uchun
B) donning qayta o‘sib ketmasligi uchun
C) kemiruvchilardan omon saqlash uchun
D) isrofgarchilikning oldini olish uchun
7. Qadimgi misrlik savdogarlar qaysi davlatga oltin, smola, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayriboshlash maqsadida borishardi?
A) Liviya B) Falastin C) Suriya D) Nubiya
8. Qaysi podsholik davrida Janubiy Falastin va Nubiya shimoli Misrga qo‘shib olindi?
A) Yangi podsholik B) Ilk podsholik
C) Qadimgi podsholik D) O‘rta podsholik
9. Qadimgi Misrda Yangi podsholik nima uchun zavolga yuz tutib, parchalanib ketdi?
1) qo‘shni qabilalarning Misrga tez-tez bostirib kirishi; 2) bo‘ysundirilgan xalqlarning doimo Misr hukmdorlariga qarshi kurash olib borishi; 3) fir’avnlarning uzoq muddat mahalliy qabilalar bilan urush olib borishi; 4) giksoslarning hujumi
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
10. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi asosi bo‘lgan Nil vodiysi – ...
A) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 2 km dan 6 km gacha kenglikdagi va 22 ming km uzunlikdagi yerlardir
B) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 3 km dan 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi yerlardir
C) Har to‘rt tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan vodiydan iborat bo‘lgan
D) Har uch tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan, uzunligi 22 km gacha bo‘lgan vodiydan iborat bo‘lgan
11. Nil vodiysining uzunligi qancha bo‘lgan?
A) 3 ming km B) 22 ming km C) 9 ming km
D) 6 ming km.
12. Mill. avv. 2 ming yillikdan boshlab Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan xudoni aniqlang.
A) Osiris B) Ptax C) Xapi D) Amon-Ra
14. Qadimgi misrliklar xudolarni … .
A) hayvon siymosiga o‘tib, odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan
B) mushuk, qo‘y, sigir, ho‘kiz timsolida Nil vodiysidan uzoqdagi tog‘larda yashaydi deb hisoblashgan
C) deyarli barcha hayvonlar timsolida ibodatxonalarda yuradi deb hisoblashgan
D) barchasi poytaxt Menfisda yashaydi deb hisoblashgan
15. Qadimgi Misrda qay tariqa astronomiya fani vujudga keldi?
A) odamlarning tabiat oldida ojiz qola boshlagach, uni o‘rganishga harakat qilishi natijasida
B) dehqonlar urug‘likni yerga qadab, hosilni yig‘ishtirib olish muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlaganliklari natijasida
C) olimlarning quyosh chiqishi va botishini yulduzlarga qarab aniqlashlari natijasida
D) munajjimlarning voqealarni oldindan bilishga harakat qilib, osmon jismlariga qarab fol ochishlari natijasida
16. Qadimgi misrliklarning nazarida xudolar kohinlar tomonidan nima bilan boqilgan?
A) dindorlarning in’om tariqasida keltirgan narsalari
B) guldan olinadigan nektar
C) dunyodagi eng sara oziq-ovqat mahsulotlari
D) qurbonlik qilingan uchqur otlar go‘shtlari
17. Qadimgi Misr xudolarini ularning ta’rifi bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Ptax; 2) Amon-Ra; 3) Set; 4) Bastet; 5) Xatxor
a) musiqa, muhabbat xudosi; b) go‘zallik xudosi; c) baxtsizlik, cho‘l va bo‘ron xudosi; d) fir’avnlarning bosh xudosi; e) odamni yaratayotgan har bir narsaning nomini odamga o‘rgatgan xudo
A) 1-c, 2-d, 3-c, 4-a, 5-bB) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a
C) 1-e, 2-d, 3-b, 4-a, 5-cD) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a
18. Qadimgi Misrda Apis ...
A) go‘zallik xudosi B) muhabbat xudosi
C) hosildorlik xudosi D) haqiqat va adolat xudosi
19. Qadimgi Misrda qaysi podsholiklar davrida piramidalar qurilgan?
A) Ilk, Qadimgi va O‘rta podsholik
B) Ilk va Qadimgi podsholik
C) Qadimgi va O‘rta podsholik
D) faqat O‘rta podsholik
20. Qachondan boshlab Amon-Ra Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysiga aylandi?
A) Mil.avv. 3 mingyillikB) Mil.avv. 2 mingyillik
C) Mil.avv. 1 mingyillikD) Mil.avv. 4 mingyillik
21. Nega fir’avnlarni dafn etayotganda maqbaraga hayotda foydalangan buyumlarini ham birga ko‘mishgan?
A) buyumlar narigi dunyoda kerak bo‘ladi deb hisoblashgan
B) marhumning buyumini ishlatish mumkin bo‘lmagan
C) buyumlar narigi dunyoda insonni yovuz kuchlardan asraydi deb hisoblashgan
D) har bir fir’avn o‘zi ishlatgan buyumni vorisiga qoldirmagan
22. Qadimgi Misr hunarmandlarining … kasb-korlari bo‘lgan.
A) 20 ga yaqin B) 30 dan ortiqC) 100 ga yaqin
D) 50 dan ziyod
23. Qaysi Misr fir’avni davrida Falastin va Suriyani istilo qilish boshlandi?
A) YaxmosB) Tutmos IIIC) Tutmos IID) Menes
24. Sarkofag – bu …
A) tosh tobutB) harbiy qo‘shin
C) qabriston, maqbaraD) papirusdan qilingan uy
25. Mil. avv. XVIII asr oxirlarida Misrda qanday voqea sodir bo‘ldi?
A) O‘rta podsholik davri boshlandi
B) Geksos qabilalari bostirib kirishdi
C) Sinay yarim oroli bosib olinib, Misrga xiroj to‘ladi
D) Tutmos II Falastin va Suriyaga yurish qildi
26. Geksoslarning bosqinchiligidagi muvaffaqiyat nima bilan bog‘liq?
A) kuchli piyoda qo‘shinning mavjudligi
B) qo‘shinning yagona sardor tomonidan boshqarilishi
C) ot qo‘shilgan aravalarning mavjudligi
D) geksoslar qo‘shinining ko‘pligi
27. Mil. avv. VII asrda Misr …
A) Forslar tomonidan bosib olindi
B) Tutmos III Falastinni bosib oldi
C) yagona davladga birlashdi
D) yana mayda davlatchalarga parchakanib ketdi
30. Misrdagi ilk davlatlar – “nom”lar qachon tashkil topa boshlagan?
A) mil. avv. II mingyilliklarda
B) mil. avv. III mingyilliklarda
C) mil. avv. IV mingyilliklarda
D) mil. avv. V mingyilliklarda
31. Qaysi podsholik davrida Fiva poytaxtga aylandi?
A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik
C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik
32. Yaxmos zamonidan qaysi podsholik boshlanadi?
A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik
C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik
33. Rivoyatlarga ko‘ra, Osiris misr xalqini nimaga o‘rgatgan?
A) olov olishga B) temirchilikka
C) dehqonchilikka D) mo‘miyoshlashga
34.Osiris ibodatxonasi xarobalari qayerda joylashgan?
A) Abidos B) Megido C) Geliopol D) Qohira
35. Qadimgi Misr dehqonlari qaysi faslda kanallar va ariqlarni tozalashar edi?
A) yozda B) bahorda C) kuzda D) qishda
36. Quyidagilardan qaysi biri Qadimgi Misr xudolariga kirmaydi?
A) EosB) XapiC) OsirisD) Ptax
37. Qadimgi Misrda Tot xudosi ...
A) marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni bo‘lgan
B) musiqa, go‘zallik va sevgi ilohasi bo‘lgan
C) Oy, donishmandlik va tabiblik ilohasi bo‘lgan
D) Nil xudosi bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: