Bronza davri manzilgohlari. Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillikka oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |