She’r bilan ishlash
TABIAT ALIFBOSI
Qulupnay, tut va gilos – Ko‘sak „gullab“, anorga
Bu bahor sernoz. Kirsa qirmiz tus,
Qovun, tarvuz, handalak – Yetib kelgan bo‘ladi
Oltin yoz demak. O‘lkamizga kuz.
Boshlansa sharbat, qiyom,
Tuzlama ochish,
Bilaverki, qor yog‘ar –
Bu degani qish ... . Abdurahmon Akbar
Grammatik mavzuni tushuntirish Qishdan keyin bahor, Qishda havo sovuq,
Bahordan keyin yoz, Bahorda havo iliq,
Yozdan keyin kuz, Yozda havo issiq,
Kuzdan keyin qish keladi.. Kuzda havo salqin bo‘ladi
O‘zbek tilida so‘zlovchining ko‘pchilik bilan bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatini ifodalashda fe’llarga -k qo‘shimchasi qo‘shiladi. U I shaxs ko‘plik sondagi fe’llarni tuslovchi qo‘shimchadir.
Q a r a n g : Biz archani bezadik. Lobar bilan qo‘shiq kuyladik.
Mustahkamlash
mashq. Berilgan so‘zlarni o‘zaro bog‘lab, gaplar tuzing. I shaxs ko‘plik sondagi fe’llarga -k qo‘shimchasiniqo‘shing.
N a m u n a : Yangi yil haqida she’r yodladik.
1. Bayroqcha, ipga, termoq ...
2. O‘yinchoq, osmoq, archa, shoxi ...
3. Rangli, o‘rnatmoq, chiroqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |