Matn bilan ishlash
Bu o‘zbek milliy taomlari oshxonasi. Oshxonada doimo odam ko‘p. Nonushtaga issiq somsa yoki shirinlik olish mumkin. Bu yerda go‘shtli, kartoshkali, qovoqli somsalar ham bor. Oshpazlar osh damlaydilar. Ko‘rada kabob pishiradilar. Oshxonada moxora, sho‘rva, mastava, moshxo‘rda kabi suyuq taomlar, palov, manti kabi quyuq taomlar ham bor. Bu yerda hamma taomlar mazali tayyorlanadi.
Mustahkamlash
mashq. Berilgan so‘zlardan foydalanib, savollarga javob bering.
1. Siz qaysi oshxonada ovqatlanasiz?
2. Oilangizda qanday milliy taomlar tayyorlanadi?
3. Siz yana qanday taomlarni yoqtirasiz?
Fo y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : mazali, chuchvara, manti, osh, mastava, suyuq taom, quyuq taom, choy, sharbat, mineral suv.
Mustaqil ish.
Mustaqil ish. Oshxona qoidalari bo‘yicha savollarga javob bering. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |