To‘g‘ri talaffuz qiling.
Arzon mahsulot Katta bozor Sifatli quruq meva Shirin qovun
Mazali shirinliklar Shirin uzum Nordon anor Pishgan tarvuz
Matn bilan ishlash
Lug’at ishi
mahsulot – quruq meva – ho‘l meva – rasta – sotuvchi – xaridor –
BOZOR
Bozor savdo-sotiq qilinadigan maydon. Bozorlar, asosan, shahar markazida joylashgan. U yerda odamlar mahsulotlarini sotadilar va ovqatlanib, hordiq
chiqaradilar. Bozorda har xil mahsulotlar uchun rastalar ajratilgan bo‘ladi. Bozorga borganingizda ho‘l mevalar, quruq mevalar, ziravorlar, non mahsulotlari,
qandolatchilik, hunarmandchilik rastalariga ko‘zingiz tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |