6-sinf Qadimgi dunyo tarixi bo’yicha nazorat savollari.
1. Qadimgi bitiklarni o’rganuvchi fan qanday ataladi?
A) Antropologiya B) Numizmatika C) Xronologiya D) Epigrafika
2. O’rta Osiyo tarixi bo’yicha eng qadimgi manba qaysi manba hisoblanadi?
A) Gerodotning «Tarix» kitobi B) Behistun qoyatosh yozuvlari.C) Strabonning «Geografiya» asari D) zardushtiylikning «Avesto» kitobi.
3. Misrdagi musiqa, go’zallik va muhabbat xudosini aniqlang.
A) Set B) Maat C) Ptax D) Xatxor
4. Misrda piramidalarni qo’riqlovchi tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykal qanday atalgan?A) sirena B) sarkofag C) kentavr D) sfinks.
5. Arxeologlar nima uchun insoniyat tarixi ibtidosini «tosh davri» deb atashadi?
A) dastlabki mehnat qurollari asosan toshdan yasalgani uchun.
B) dastlabki qabilalar tog’larda yashagani uchun.
C) toshdan mehnat qurollari ko’proq topilgani uchun.
D) dastlabki turar joylar toshdan yasalgani uchun.
6. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish fanda qanday ataladi?
A) sexrgarlik B) totemizm C) animism D) fetishizm.
7. Xitoy hududidan eng qadimgi davrda yashagan qaysi odam suyaklari topib tekshirilgan?
A) sinantrop B) neandertal C) avstrolopitek D) kromanyon.
8. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari qanday atalgan?
A) zikkurat B) nekropol C) sfinks D) piramida.
9. Mesopotamiyada Ishtar qanday xudo bo’lgan?
A) adolat va adliya ilohasi B) urush va g’alaba ilohasi C) oy xudosi D) quyosh xudosi.
10.Xammurapi qonunlarini nima uchun so’zsiz og’ishmasdan bajarish talab qilingan?
A) podshoning hoxish-irodasi sifatida talqin qilinganligi uchun
B) xalqning xohish-irodasi sifatida talqin qilinganligi uchun
C) kohinlarning xohish-irodasi sifatida talqin qilinganligi uchun
D) xudolarning xohish-irodasi sifatida talqin qilinganligi uchun
11. Falastin hududida Isroil podsholigi qachon vujudga kelgan?
A) mil.av X-IX asrda B) mil.avv.IX asrda C) mil.avv.XI asrda D) mil.avv.X asrda.
12. Kir II qachon forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan edi?
A) mil.avv.530-yil B) mil.avv.539-yil C) mil.avv.558-yil D) mil.avv.536-yil.
13. Hindlarda boshi filnikiga o’xshash donishmand bosh xudoni aniqlang?
A) Amon-Ra B) Shiva C) Ganesha D) Indra.
14. Qadimgi hindlarda aholi tabaqalari qanday atalgan? A) kasta yoki varna B) braxman C) varna D) kasta.
15. Qadimgi hindlarda xizmatkorlar va qullar qaysi tabaqaga mansub bo’lishgan? A) vayshilar B) hech bir tabaqaga mansub bo’lmaganlar C) shudralar D) braxmanlar.
16. Qadimgi sanskrit tilida yozilgan dostonlarni aniqlang? 1.«Mahobharata» 2.«Kalila va Dimna» 3.«Ramayana» 4.«Rigveda» 5.«Panchatantra» .
A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4,5 D) 1,3,5.
17. Qaysi hukmdor qabridan imperatorni qo’riqlash uchun o’rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan ? A) Menes B) Oshshurbanapal C) Xamurappi D) Sin Shixuandi.
18. Qaysi daryoning qadimgi nomi politemit deb atalgan edi?
A) Amudaryo daryosi B) Yanszi daryosi C) Sirdaryo daryosi D) Zarafshon daryosi.
19. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi nima bo’lishi lozimligini aniqlang?
A) birovning qonini to’kmaslik B) adolatli turmush tarzi C) ezgu amal, ezgu so’z, ezgu fikr D) hech bir tirik jonzotga ozor bermaslik.
20. Mil.avv.1-mingyillikda O’rta Osiyoda axoli qaysi guruxlarga ajratilgan ketma ketlikda toping?
A) dehqon, chorvador, hunarmand, jangchi
B) jangchi, dehqon, hunarmand, ovchilar
C) kohin, jangchi, hunarmand, chorvador
D) kohin, jangchi,dehqon,hunarmand.
Test javoblari.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
D D D D A C A A B D C C C A C D D D C D
Do'stlaringiz bilan baham: |