Ko`rdim.
O`TIBDO`:
12.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
25-dars. O`timli va o`timsiz fe`llar
Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga o`timli va o`timsiz fe’llar haqida bilim berish.
O‘quvchilarda san’atga muhabbat uyg‘otish va ularga nutq odobini o‘rgatish.
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, induktiv usul.
Darsning jihozi:
6-sinf ona tili darsligi.
«Fe’lning ma’noviy turlari» nomli ko‘rgazma.
I.Tashkiliy qism.
a) o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;
b) guruh boshliqlarining axborotlarini eshitish;
s) odob va axloq haqida ibratli sh’erlar aytish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlovchi va yangi mavzuga oid quyidagi savollar asosida muammoli vaziyat yuzaga keltirish bilan boshlaydi:
Fe’llar ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Holat deganda nimani tushunasiz? Holat fe’llari deganda-chi.
Siz harakat, harakat fe’llari deganda nimalarni tushunasiz.
O‘qituvchi deyarli barcha o‘quvchini savollar doirasida fikr bildirishiga erishishga harakat qiladi.
Savollarga berilgan javoblarni eshitish bilan bir qatorda mavzuga oid topshiriqlar ham bajartiriladi.
l-topshiriqqa ko‘ra sarg‘aydi va bo‘yamoq fe’llarning ma’nolari qiyoslanadi: O‘quvchilarga yo‘naltiruvchi savollar berish bilan o‘qituvchi yordamlashadi:
Tushum kelishigidagi so`zlar bilan bog`lanadigan fe`llar o`timli fe`llar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan fe`llar o`timsiz fe`llar sanaladi.
91-mashq shartiga ko‘ra fe’llar harakat va holat fe’llariga ajratiladi.
Namuna:
O`timli fe’llari
|
O`timsiz fe’llari
|
o‘rdi, ushladi
|
G`azablandi, yozdi
|
92-mashqdagi topshiriqqa ko‘ra o‘quvchilar ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini topadilar.
Namuna: bo‘sh-xoli, tekkan-siypalagan kabi.
93-mashqdagi Yusuf Xos Hojibning nutq odobiga oid hikmatli bayti quyidagi savollar asosida o‘quvchilar tomonidan izohlanadi:
Baytning nasriy mazmuni qanday?
She’riy parchada qanday g‘oya ilgari surilgan?
Omonlik tilasang cigar sen o‘zing, Tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiradi: O‘z atrofidagilar bilan inoq, do‘st, yaqin bo‘lishni, ulardan ozor chekishni xohlamagan inson ig‘vo, hasad ma’nosidagi so‘zlarni so‘zlamasligi, doimo shirin, mazmunli va ma’noli so‘zlashi lozim. Xalqimiz «Shirin so‘z-jon ozig‘i» deb bejiz aytmagan.
( O‘qituvchi bu fikrlarni hayotiy dalillar bilan tushuntirish asosida o‘quvchilarga nutq odobi borasida ibrat sabog‘ini beradi.
94- mashq shartiga ko‘ra «Vatanni mardlar qo`riqlaydi» mavzusida matn tuzish va undagi fe’llarni izohlash uyga vazifa sifatida topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |