28-bilet
Sho‘radоshlar оilasiga kiruvchi o‘simliklarning gul tuzilishi qanday?
Sho‘radoshlar oilasi gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba‘zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to‘pgulda o‘rnashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon bargchalardan tashil topgan yoki gulqo‘rg‘on butunlay yo‘qolib ketgan. Changchilari 2-5 ta. Urug‘chisi 2-5 mevabargdan iborat.
Piyoz po‘sti hujayrasini mikrоskоp оstida o‘rganish.
Piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson buning uchun, uning etli qobig`idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi. Va buyum oynaidagi 1tomchi suvga qo`yiladi. So‘ngra uni mikroskop ostida ko‘riladi.Uning hujayralari shaklining cho`ziqligi, zichligi va plastidalarining rangsizligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |