XALQ QO‘SHIQLARI
1. 0‘yin qo‘shiqlariga qaysi qo‘shiqlar kiradi?
J: «Boychechak», «Oq terakmi, ko‘k terak»
2. «Boychechakni tutdilar, ... yog‘ochga osdilar». Nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo’lgan so’zni toping.
J: Tut
3. «0‘rtada o‘ynagan qizning ... kokili yaxshi». Nuqtalar oYniga qo‘yilishi kerak bo’lgan so‘zni toping. J: Haydar
4. «Gul yaxshiyu, gul yaxshi, Gulning ... yaxshi». Nuqtalar o‘rniga qo’yilishi Rerak bo’lgan so’zni toping.
J: Popugi
5. «Boshginam og‘riydiya» qo’shig‘ida qizning boshi nima uchun og‘riydi? J: Tillaqosh uchun
6. «Boshginam og‘riydiya» qo‘shig‘ida qizning bo‘yni nima uchun og‘riydi? J: Bo‘yintumor uchun
7. Xalq qo’shiqlari qanday paydo bo‘lgan?
J: Mehnat jarayonida
8. Don yanchishda kuylanadigan xalq qo‘shiqlarini toping. J: «Xo‘p mayda», «Maydagul»
9. Marosim qo‘shiqlarini toping.
J: «Kelinsalom», «Yoryor», «Kuyovsalom»
10. Boychechak qanday odamning ramzi?
J: Mehnatkash odamning
11. «Boychechak» qo‘shig'ining necha qatorli ko’rinish lari mavjud? J: 4, 6 va 8 qatorli
12. «Chittigul» qo‘shig‘i qanday qo‘shiq?
J: Mavsum va o‘yin qo‘shig‘i
ALISHER NAVOIY
1. Navoiy insondagi qaysi xislatlarni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi?
J: Saxovat va himmatni
2. «Mahbub ulqulub»da olihimmat kishilar nimaga o xshatiladi? J: Balandparvoz lochinga
3. «Mahbub ulqulub»da behimmat kishilar nimaga o xshatiladi? J: Sichqon ovlovchi kalxatga
4. «Mahbub ulqulub»da maqtanish uchun mol bergan kishilar kimlarga o‘xshatiladi?
J: Yorug* joyda sham yoqqan aqldan begonalarga
5. «Mahbub ulqulub»ning birinchi qismi nima haqida?
J: Har xil odamlarning fe’latvori va ahvoli haqida
6. «Mahbub ulqulub»ning ikkinchi qismi nima haqida?
J: Yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida
7. «Mahbub ulqulub»ning uchinchi qismi nima haqida?
J: Turli foydali kuzatishlar va misollar haqida
8. Navoiy saxiy va axiyni qanday ta’riflaydi?
J: Saxiy bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini och odamga bergan, axiy o‘zi yemay hammasini muhtoj odamga bergan kishi
9. Navoiy saxiy va baxilni nimaga o’xshatadi?
J: Saxiy bulut, baxil chumoli
10. Navoiy «yedirmoq» va «kiydirmoq» haqida nima deydi? J: Yaxshiliklarni topmoq yedirmoqdir, ayblarni yashirmoq kiydirmoqdir
11. Navoiyning fikricha, bemahal hadya qilingan zarbof chopon nimaning belgisi? J: Yaramaslikning
12. Navoiyning fikricha, «yomon nafsni daydi shamoi uQhirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi» xislat qaysi?
J: Hilm muloyim tabiatlilik
13. «Mahbub ulqulub»da «o‘z/ xunuk, gapi bema’ni, ovoziyoqimsiz odam» nimaga o’xshatiladi? J: Qurbaqaga
14. «Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomon roq deb ham bilma». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Mahbub ulqulub»dan (110tanbih)
15. «Til shirinligi ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa
- foydalL Chuchuk til achchiqqa aylansa, ko‘pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa, harom bo‘ladi». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Mahbub ulqulub»dan (49tanbih)
16. « Isrof qilish saxiylik emas; o ‘rinsiz so vurishni aql li odamlar saxiylik demas». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?^
J: «Mahbub ulqulub»dan (11tanbih)
17. «Mahbub ulqulub»ning nechanchi tanbihi hilmga bag‘ishlangan? J: 18tanbih
18. «Mahbub ulqulub»ning 108tanbihi nima haqida?
J: Safarning foydalari to‘g‘risida
19. «Og‘irliq vaznidindur seldin g‘amsiz Hiriy tog‘i,
Yengillik fartidin barbod erurqomg‘oq yafrog‘i». Ushbu bayt orqali qaysi fazilat uluglanmoqda? J: Hilm
20. «Mahbub ulqulub»ning nechanchi tanbihida bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi se vimlidir, deyiladi? J: 49tanbihda
21. Navoiy qaysi asarining kirish qismida «Gahi topdim falakdin notavonlig\ gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘, Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda, Base achchig‘, chu chuk totdim jahonda», deb yozadi?
J: «Mahbub ulqulub»ning
Do'stlaringiz bilan baham: |