6 sinf adabiyot
1. Quyidagi qaysi javobdagi fikr xato hisoblanadi?
A) “Sariq devni minib” asarining mantiqiy davomi “Sariq devning o`limi” asari hisoblanadi.
B) Xudoyberdi To`xtaboyev “ Omonboy va Davronboy” sarguzasht qissasini yozgan
C) Mashhur adib Abdulla Qahhorning “Sarob” asarida qishloq xo`jaligini jamoalashtirish mavzusi yoritilgan.
D) Abay tomonidan bastalangan 17 ta o`lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilayapti.
2. Azim Suyunning birinchi she`riy to`plami qanday nom bilan chop qilingan?
A) “Hayot varaqalari” B) “Tong nafasi”
C) “Mening Osmonim” D) “Tuyg`ular”
3. Quyidagilardan qaysi biri Jonatan Svift asari emas?
A) “Kitoblar jangi” B) “Somon yo`li”
C) “Bochka cho`pchagi” D) “Movutfurush xatlari”
4. Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi, hozircha, taxminan qancha misrani tashkil qiladi?
A) 12 ming misra B) 10 ming misra
C) 14 misra D) 60 ming misra
5. Men bir qora kunda tug`ildim, Tug`ildim-u, shu on bug`uldim, - degan shoir kim edi?
A) Hamid Olimjon B) Abdulla Qahhor
C) G`afur G`ulom D) Muqimiy
6. Abdulla Qahhor qissalarining nomlari qaysi javobda to`g`ri berilgan?
A) “Sinchalak”, “O`tmishdan ertaklar”, “Muhabbat”, “Zilzila”
B) “Muhabbat”, “Zilzila”, “Sarob”, “Qoshchinor chiroqlari”
C) “Muhabbat”, “Sinchalak”, “Zilzila”, “Qishloq hukmi ostida”, “Ayajonlarim”
D) “Qishloq hukmi ostida”, “Zilzila”, “O`tmishdan ertaklar”, “Bemor”
7. Yirik adabiyotshunos, yozuvchi Ibrohim G`afurov ona tilimizga yuksak mahorat bilan quyidagi qaysi asarni tarjima qilgan?
A) “Abadiyat qonuni” B) “Qiyomat”
C) “Oq kema” D) “Kichkina shahzoda”
8. “Diyonat” romani kimning ijodiga mansub?
A) Odil Yoqubov B) Abdulla Qahhor
C) Chingiz Aytmatov D) O`tkir Hoshimov
9. “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi”, “Ona tuproq” she`rlarining muallifi kim?
A) Azim Suyun B) Maqsud Shayhzoda
C) Muqimiy D) Erkin Vohidov
10. Kim dastlabki yirik asari bilanoq ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan, allomadan “Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o`qiydigan asar” yozgani uchun maqtov olgan?
A) O`tkir Hoshimov B) O`lmas Umarbekov
C) Said Ahmad D) Barcha javoblar to`g`ri
11. O`zbekiston xalq yozuvchisi, “O`zbekiston Qahramoni” Said Ahmadning Familiyasi nima?
A) Ahmadov B) Sharifxo`jayev
C) Husanxo`jayev D) Shorasuylov
12. “Qoplon” hikoyasi badiiy kulguning qaysi yo`nalishida yozilgan?
A) Satirik B) Yumor
C) Satira va Yumor D) To`g`ri javob yo`q
13. Jahon adabiyotida “Xamsa” yaratish nechata adibga nasib etgan?
A) 3 B) 4 C)5 D) To`g`ri javob yo`q
14. Chun g`araz so`zdin erur ma`ni anga,
Noqil o`lsa xoh xotun, xo her.
So`zchi holing boqma, boq so`z holini,
Ko`rma kim der ani, ko`ngilkim ne der. Alisher Navoiyning Mazkur she`ri qaysi janrda yozilgan?
A) Ruboiy B) G`azal C) Qasida D) To`g`ri javob yo`q
15. Quyidagilardan qaysi biri o`yin qo`shig`i?
A) “Yor-yor B) “Boychechak”
C) “Marsiya” D) “Sust xotin”
16. O`zbek mumtoz nasrining ilk go`zal durdonasi qaysi asar?
A) “Xamsa” B) “Boburnoma”
C) “Qisas ar-Rabg`uziy” D) “Zarbulmasal”
17. Gulxaniyning mashhur asarida qaysi qushlar o`zaro quda bo`lmoqchi edi?
A) Boyo`g`li va Yapaloqqush
B) Gunashbonu va Kulonkir
C) Kayqubod bilan Sho`rangul
D) Kordon bilan Ko`rqush
18. “Afandining qirq bir pashshasi” qissasida o`r-qirlardagi ekilmay yotgan yerlarni o`zlashtirib, u joylarga suv olib chiqqan kim edi?
A) Nasriddin Afandi B) Muhsinboy C)Nodir D) Abdukarim
19. Yurak to`la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko`zlariga boqaman.
Nigohimday tiniq va yorqin
Orzu to`lqinida oqaman. Ushbu parcha Zulfiyaning qaysi she`ridan olingan?
A) “O`g`lim sira bo`lmaydi urush”
B) “O`rik gullaganda”
C) “Ko`rganmiding ko`zlarimda yosh”
D) “ Bahor keldi seni so`roqlab…”
20. “Otoyning tug`ilgan yili”, “Javob” asarlarining muallifi kim?
A) M.M. Do`st B) Erkin A`zamov
C) X. Sultonov D) Chingiz Aytmatov
21. Tog`ay Murodni iste`dodli yozuvchi sifatida ko`rsatgan dastlabki yirik asar qaysi?
A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Oydinda yurgan odamlar” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Yulduzlar mangu yonadi”
22. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari edi?
A) “Ot kishnagan oqshom” B) “O`tmishdan ertaklar” C) “Oydinda yurgan odamlar”
D) “Yuzma-yuz”
23. Qaysi asarda ziyoliylar hayoti qalamga olingan edi?
A) “Qiyomat” B) “Shamol esaveradi” C) “Uch ildiz” D) “Meros”
24. “boshini zo`r ishga berib qo`ygan” iborasining muallifi kim?
A) Bobur B) Navoiy C) Cho`lpon D) Xurshid Davron
25. “Qora ko`zing sening”, “Kuyganim – suyganim”, “O`zbekyurt” kabi kitoblar kimning ijodidan?
A) Said Ahmad B) Abdulla Qahhor
C) Maqsud Shayhzoda D) Azim Suyun
26. Qo`qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G`aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan ijodkor kim edi?
A) Abdulla Qahhor B) Gulxaniy C) Muqimiy D) Xamza
27. Chingiz Aytmatovning hozirga qadar yozgan asarlari dunyoning qancha tillariga tarjima qilingan?
A) 24 tiliga B) 100 ga yaqin tillarga
C) 154 tiliga D) 80 dan ortiq tillarga
28. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari?
A) “Tengdoshlar” B) “Mening osmonim”
C) “Chin muhabbat” D) “Er boshiga ish tushsa”
29. “Qo`shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening Yulduzim” asarlarining muallifi kim?
A) Azim Suyun B) Erkin Vohidov
C) Zulfiya D) To`g`ri javob yo`q
30. O`tkir Hoshimovning “Qatag`on”, “Inson Sadoqati” asarlari qanday qanday turga mansub?
A) Dramatik asar B) She`riy to`plam
C) Qissa D) Hikoya
31. “Muhabbat” to`plami kimning ijodiga oid?
A) Abdulla Qahhor B) O`tkir Hoshimov
C) Said AhmadD) Oybek
32. “Masih” so`zi nima ma`no anglatadi?
A) “trik” B) “jonbaxsh” C) “Payg`ambar” D) “elchi”
33. “Taronai ruboiy”ning nechata misrasi o`zaro qofiyalanadi?
A) To`rtta misrasi B) Barcha misrasi
C) Uchta misrasi D) A, B
34. “Qisas ar- Rabg`uziy” asari qaysi tilda yaratilgan?
A) Arab B) Fors C) O`zbek D) Qashqar
35. “Zarbulmasal” asaridagi qushlar shohining oti nima edi?
A) Kayqubod B) Boyo`g`li C) Kordon D) Malikshohin
36. “Muqaddima” asari kimning qalamiga mansub?
A) Zohir A`lam B) Said Ahmad
C) Abdulla Qahhor D) Chingiz Aytmatov
37. Tog`ay Murodning qaysi asarida sovet davri adabiyotida kamdan-kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko`rsatilladigan “sovet kishisi” tabiatiga xos bo`lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta`sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi?
A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Oydinda yurgan odamlar” C) “Otamdan qolgan dalalar” D) “Qo`shiq”
38. Tog`ay Murod tarjima qilgan asar nomi qaysi javobda berilgan?
A) “Qiyomat” B) “Yovvoiy yo`rg`a”
C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Iblis”
39. Katta epik janrlarning nomlari qaysi javobda berilgan?
A) epos, epik doston, ocherk, roman
B) epopeya, roman, epik doston, qissa, esse
C) roman, epos, ertak, epik doston, hikoya
D) epos, epik doston, roman, epopeya
40. Pirimqul Qodirovning dastlabki kitobi nima deb nomlangan edi?
A) “Tengdoshlar” B) “Studentlar”
C) “Qadrim” D) “Yulduzli tunlar”
41. Maqsud Shayhzoda o`z she`rida uch fazilat birlashsa, mushkullar oson yemirilib, dunyo obod, hayo t farovon bo`ladi deb yozadi. Uch fazilat qaysilar edi?
A) G`ayrat, Mehnat, Bilim
B) Sadoqat, Shijoat, Burch
C) Ma`suliyat, g`ayrat, bilim
D) Mehnat, bilim, ma`suliyat
42. “Xalq nimasi bilan xalq? O`zining urf-odatlari bilan xalq! Ko`p urf-odatlarimizni birovlar… birovlar o`zinki qilib oldi! Biz qo`limizni burnimizga tiqib qoldik.
Shunday keta bersak, hademay… o`zimizni-da boy berib qo`yamiz!...” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A)“ Qiyomat”
B) “M uzqaymoq”
C) “Yulduzlar mangu yonadi”
D) “Afandining qirq bir pashshasi”
43. Iblis yuz ming toat qilib, mukofatiga nima so`raydi?
A) Qiyomat kuniga qadar o`lmaslikni
B) Bir umr jannatda qolishni
C) Odamlar unga bo`ysinishini
D) Yengilmas kuch-qudratga ega bo`lishni
44. Butun isoniyat taqdiri haqida kuyinib yozilgan asar qaysi?
A) “Yulduzlar mangu yonadi’
B) “Avlodlar davoni”
C) “Kassandra tamg`asi”
D) “Gulliverning sayohatlari”
45. Asarlarning muallliflari bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang?
1) Maqsud Shayhzoda 2) Jyul Vern 3) Azim Suyun 4) Pirimqul Qodirov 5) Tog`ay murod 6) Chingiz Aytmatov 7) Erkin Vohidov 8) Zohir A`lam 9) Said Ahmad 10) Odil Yoqubov 11) Xudoyberdi To`xtaboyev 12) Jonatan Svift 13) Abdulla Qahhor 14) O`tkir Hoshimov 15) Murod Muhammad Do`st;
a). “Jannati odamlar”, b). “O`n besh yoshli kapitan”, c). “Zamin taqdiri”, d). “Bochka cho`pchagi’. f). “Og`riq tishlar”,g). “Momo yer”, h). “Muqaddas”,i). “Iztirob” j). “Qatag`on” k). “Hukm”, l). “Najot”, m). “Bir toychoqning xuni” n) “Qo`shiq” o). “Kiyik ko`zlari” p). “Shu`la”
A) 1.p, 2.b, 3.g, 4.l, 5.n, 6.c, 7.k, 8.o, 9.i, 10.h, 11.a, 12.d, 13.f, 14j, 15.m;
B) 1.p, 2.b, 3.c, 4i, 5n, 6g, 7.l,8.o, 9.k, 10.h, 11a, 12.d, 13f,14j, 15.m;
C) 1.p, 2.b, 3.c, 4i, 5,n, 6g, 7.k, 8.o, 9.l, 10.h, 11.a, 12.d, 13.f, 14.j, 15.m;
D) 1.p, 2.b, 3.c, 4,1, 5.n, 6.g, 7.i, 8.o, 9. k, 10.h, 11.a, 12.d, 13.f, 14.j,15m.
Do'stlaringiz bilan baham: |