Kimyoviy bog’lanish vujudga kelishiga sabab shundaki, atom yoki ionlar bir-biri
bilan tasirlashganda ularning energiya zahiralari har biri ayrim-ayrim holda
bo’lganlaridagiga qaraganda kamroq qiymatga ega bo’ladi, buning natijasida
sistema barqaror holatga o’tadi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga
o’tganda uning energiya zahirasi kamaysa, bu hodisa
sistemaning energetik afzallik
xossasi deb yuritiladi.
Demak, atomlardan molekulalar hosil bo’lishining sababi sistemada energetik
afzallikning sodir bo’lishidir. Kimyoviy bog’lanish bog’lanish energiyasi,
bog’lanish uzunligi va valentliklararo burchak nomli kattaliklar bilan xarak-
terlanadi. Kimyoviy bog’ni uzish uchun zarur bo’lgan energiya bog’lanish
energiyasi deyiladi. Har bir bog’ uchun to’g’ri keladigan bog’lanish energiyasining
qiymati 200-1000 kj/mol ga teng. Masalan, CH
3
F da C-F bog’lanish ener-giyasi 487
kj/mol ga teng. Molekulada atomlar markazlari orasidagi masofa
bog’lanish
uzunligi deb yuritiladi. Bog’lanish uzunligi molekula hosil qiluvchi atomlarning
tabiatiga, bog’lanish turiga, element valentligiga bog’liq bo’ladi.
Molekulani tashkil qilgan atomlar valentliklari orasidagi burchak turlicha
bo’ladi va uni valentliklararo burchak nomi bilan ataladi. Masalan, suv
molekulasida kislorod valentliklari orasidagi burchak 104,5
o
ga, H
2
S da oltingugurt
valentliklari orasidagi burchak 292,20
o
ga teng, metanda esa uglerodning to’rttala
valentliklari orasidagi burchak 109,28
o
ni tashkil qiladi.
Atomlar o’zaro birikib uch xil zarrachalar — molekulalar, ionlar va erkin
radikallar hosil qiladi. Molekula moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan eng
kichik zarrachasidir. Inert gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli,
polimer moddalarning molekulalari esa ko’p atomli hisoblanadi.
Atom yoki molekulalarning elektron berishi yoki qabul qilib olishi natijasida
hosil bo’ladigan zarrachalar ion-lar deb ataladi. Ionlar musbat va manfiy zaryadli
bo’ladi. Modda tarkibida musbat va manfiy ionlar o’zaro bog’langan bo’ladi.
To’yinmagan valentlikka ega bo’lgan zarrachalar erkin radikallar deb ataladi.
Masalan, -CN, -OH, -CH
3
, -NH
2
lar erkin radikallardir. Odatdagi sharoitda erkin
radikallar uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Lekin kimyoviy jarayonlarn-ing
borishida erkin radikallar muhim rol uynaydi.
Atomdan bitta elektronni ajratib olish uchun sarflanadigan energiya ionlanish
potensiali deb ataladi.
Li uchun I = 5,39; Be uchun I = 9,32; F uchun I = 17,32.
Ionlanish potensiali kichik bo’lsa, metallik xossa kuchli bo’ladi va aksincha
ionlanish potensiali katta bo’lsa, metallik xossa kuchsiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: