6-MODUL. PAZANDACHILIK ASOSLARI
46-MAVZU: OZIQ - OVQAT MAHSULOTLARI TURLARI SABZAVOTLAR, ULARNING TURLARI, TARKIBI, OZUQAVIY QIYMATI
REJA:
1.Oziq - ovqat mahsulotlari turlari
2.Sabzavotlar, ularning turlari, tarkibi, ozuqaviy qiymati
3.Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to‘g‘rash usullari
Odamda har doim va har qanday sharoitda qondirilishi kerak bo'lgan bitta ehtiyoj bor. Siz kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, sifatli taomsiz ish tutolmaysiz. Uzoq vaqt davomida biron-bir shaklda oziq-ovqat sanoati ko'plab davlatlar iqtisodiyotining asosi bo'lganligi ajablanarli emas.
Mamlakatimiz bundan mustasno emas. Aytishim kerakki, oziq-ovqat sanoati har doim juda rivojlangan, chunki bizning davlatimiz deyarli har doim qishloq xo'jaligiga ega bo'lgan. Olingan xom ashyoni keyinchalik saqlash yoki sotish uchun qayta ishlash kerak edi, shunda milliy iqtisodiyotning tegishli sektori tez rivojlandi.
Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadoklash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor.
Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.
Mamlakat mustaqillikka erishgach, chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 yil 5 may; 1994 yil 26 sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 yil 6 aprel), "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aholi ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002 yilda oziq-ovqat sanoati korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurslari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsulotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming, pivo — 7853 ming, chanqovbosar ichimliklar — 12680 ming va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarqand, Yangiyoʻl oziq-ovqat ta’lim muassasalarida tayyorlanadi.
Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarining talabga qarab turlari ko’payib bormoqda. Ular ichida asosiy, qo’shimcha turlari mavjud. Bulardan asosiylari go’sht, sut, don mahsulotlari ichimliklar kiradi. Oziq - ovqat xom-ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari alohida ko’rinishlari va guruhlarining oziqaviy qiymatliligiga asosan ko’pincha ularning har birida oziqaviy modda va energetik qiymatliligi borligi bilan aniqlanadi. Mana shu belgilari bo’yicha oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |