6-modul. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari 1-mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja


-MAVZU. TORMOZ BOSHQARMASINING ISH JARAYONI



Download 16,69 Mb.
bet118/136
Sana12.07.2022
Hajmi16,69 Mb.
#783315
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136
Bog'liq
2 5190840226326517082

15-MAVZU. TORMOZ BOSHQARMASINING ISH JARAYONI
Reja
1.Tormoz boshqarmasiga qo’yiladigan umumiy talablar. Tormoz mexanizmi va tormoz yuritmalariga qo’yiladigan talablar. Tormoz mexanizmi va yuritmalarining tasnifi. Turli tormoz mexanizmlarining samaradorligi, barqarorligi va muvozanatlanganligi bo’yicha ularni baholash. Tormoz mexanizmi qismlarining materiallari.
2.Gidravlik tormoz yuritmasi. Ikki tarmoqli tormoz yuritmasining tahlili. Vakuumli va pnevmatik kuchaytirgichlar. Vakuumli kuchaytirgichlarning ish jarayoni, tasnifi va konstruktsiyasi. Ko’p tarmoqli pnevmatik tormoz yuritmalarining sxemasi va ish jarayoni. Avtopoezdlarda qo`llaniladigan bir va ikki o’tkazgichli pnevmatik yuritmalarini o’zaro taqqoslash va ularni baholash.
3.Tormoz kuchini rostlagichlar: tasnifi, konstruktsiyasining tahlili va ish jarayoni. Tormoz mexanizmini blokirovkalanishiga qarshi tizimlar (BKT), zamonaviy tormoz tizimlarida tormoz kuchini rostlash usullari.
Tayanch iboralar: tormoz, tormoz yo’li, sekinlanish, tormoz kuchi, ishchi tormoz, to’xtab turish tormozi, tormoz yuritmasi, tormoz mexanizmi, tormozlanish vaqti
1.Tormoz boshqarmasiga qo’yiladigan umumiy talablar. Tormoz mexanizmi va tormoz yuritmalariga qo’yiladigan talablar. Tormoz mexanizmi va yuritmalarining tasnifi. Turli tormoz mexanizmlarining samaradorligi, barqarorligi va muvozanatlanganligi bo’yicha ularni baholash. Tormoz mexanizmi qismlarining materiallari.
Avtomobilning o’z harakati davomida, vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to’xtatish zaruriyati tug’iladi. Agar dvigatelni yetakchi g’ildiraklardan ajratib qo’yilsa, avtomobil o’zining inertsiyasi o’z hisobiga harakatini davom ettiradi. Avtomobilning harakatlanishiga qarshilik kuchlarining hisobiga (yo’lning, havoning qarshilik kuchlari, transmissiyadagi ishqalanish kuchi va x.z.) avtomobilning tezligi pasayib boradi va nihoyat avtomobil to’xtaydi. Bu holda to’xtash yo’li katta bo’ladi. To’xtash yo’lini qisqartirish uchun qo’shimcha tormoz kuchidan foydalaniladi. Tormoz kuchi g’ildirak bilan yo’l orasida hosil bo’ladi.
Tormoz tizimi harakatlanayotgan avtomobil tezligini kamaytirish, to’xtatish va to’xtab turgan avtomobilni o’z joyida ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy yengil avtomobillarga quyidagi tormoz tizimlari qo’llaniladi:
-ishchi tormoz;
-to’xtab turish tormoz tizimi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobil har xil sharoitda harakatlanganda uning tezligini kamaytirish yoki darhol to’xtatish vazifasini o’taydi.
To’xtatib turish tormoz tizimi to’xtab turgan avtomobilni o’z joyida qo’zg’almasdan turishini ta’minlaydi. Avtomobillarda qo’llaniladigan tormoz tizimlari qanday vazifani bajarishidan qat’iy nazar, ular energiya manbai va bitta yoki bir nechta tormoz mexanizmlaridan iborat bo’ladi.
Ishchi tormoz tizim quyidagi qismlardan tashkil topgan:
-tormoz yuritmasi;
-tormoz mexanizmi.
Tormoz yuritmasi. Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli bo’lgan energiya bilan ta’minlovchi tuzilmalar yig’indisi energiya manbai deb ataladi.
Energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga energiya uzatuvchi tuzilmalar yig’indisi tormoz yuritmasi deb ataladi.
Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida), pnevmatik (havo yordamida), elektrik ,yoki kombinatsiyalashgan (pnevmogidravlik, pnevmoelektrik va h.k.) turlarga bo’linadi.
Tormoz yuritmasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
-boshqarish organi vositasida energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga uzatilayotgan energiya miqdor jihatdan rostlab turiladi. Bularga tormoz krani, asosiy tormoz silindri, to’xtatib turish va yordamchi tormoz tizimiining qo’l yuritmasi kiradi;
-ijro etuvchi organ — tormoz yuritmasidan tormoz mexanizmiga energiyani uzatuvchi tuzilma.
Pnevmatik yuritmali tizimida ijro etuvchi organ sifatida tormoz kameralari yoki tsilindrlari, gidravlik yuritmali tizimida esa g’ildirak tormoz tsilindrlari ishlatiladi.
Avtomobilning harakatlanishiga majburiy qarshilik ko’rsatish va qarshilik kuchini o’zgartirish uchun mo’ljallangan tuzilma tormoz mexanizmi deb ataladi. Zamonaviy avtomobillarning ishchi, yordamchi va to’xtatib turish tormoz tizimlarida tormoz mexanizmi sifatida friksion tuzilmalar ishlatiladi. Bularda majburiy qarshilik aylanuvchi (rotorli) va aylanmaydigan (statorli) qismlar vositasida ishqalanish kuchini o’zgartirib hosil qilinadi. Demak, avtomobil tezligini kamaytirish uchun uning kinetik energiyasining bir qismini, batamom to’xtatish uchun esa bu energiyaning hammasini ishqalanish hisobiga yo’qotish kerak.

Download 16,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish