6. Menejment texnologiyasi.
Reja:
1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari.
2. Boshqaruv funktsiyalari.
3. Motivatsiya. A.Maslou bo’yicha ehtiyojlar ierarxiyasi.
4. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalar.
5. Boshqaruv qarorlari va ularni tuzish jarayoni, amalga oshirish.
1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda boshqaruv faoliyatining ahamiyati yanada
ortib ketdi. Menejment - bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud iqtisodiy resurslardan samarli
tarzda foydalangan holda qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan mustaqil faoliyat
turidir. Uni amalga oshirishda menejmentning iqtisodiy mexanizmining usullari, funktsiyalari va
tamoyillaridan foydalaniladi.
Bozor sharoitida boshqarish - menejment quyidagilarni anglatadi:
1. Tashkilot faoliyatini bozor talabi va ehtiyojlariga yo’naltirilganligiga, aniq iste’molchilar
hoxishlarini inobatga olish va talab yuqori bo’lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni tashkil
etish.
2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, kam harajatlar bilan eng yaxshi
natijalarga erishishga muntazam harakat qilish.
3.
Korxona, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga
qaror qabul qilish, erkinligini beruvchi xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lish.
4. Bozordagi holatga mos ravishda maqsadlar va dasturlarni muntazam ravishda
moslashtirib borish.
5. Asoslangan va aniq qarorlar qabul qilishda komp’yuter texnikasidan foydalangan
holda zamonaviy axborot asoslaridan hamda manbalaridan foydalanish.
2. Boshqaruv funktsiyalari.
Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik darajasi ularning texnika bazasining o’sishi
va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan
aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi.
Uiing asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish sanoatida - mineral
xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash sanoatida – xom ashyoni qayta ishlash
natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks
jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarnni
o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon - bu, mehnat buyumlarining o’zgarishi (shakli, tashqi
ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.) ning natijasi bo’lib, tabiiy
jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish
- quyma, betonning qurishi, material yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida
qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Boshqaruv funktsiyalari ichida rejalashtirish funktsiyasi muhim o’rinni egallaydi.
Rejalashtirish har qanday korxonaning muhim funktsiyalaridan biridir. Unga yetarli e’tibor
bermaslik katta iqtisodiy yo’qotishlarga va oqibat natijada bankrotga olib keladi.
Rejalashtirishning taktik va strategik rejalashtirish turlari mavjud. Taktik rejalashtirish nisbatan
qisqaroq bo’lgan muddatlardagi boshqaruv faoliyatini aks ettirsa, strategik rejalashtirish uzoq
muddatga mo’njallangan rejalashtirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |