2. Tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish.
Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi milliy xo‘jaliklar o‘rtasida to‘planadigan jami tovarlar aylanmasi ko‘rinishidagi mehnat mahsulotlarini ayriboshlashning o‘ziga xos formasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda davlat va xususiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, ayrim xollarda jismoniy shaxslar ham jahon bozorida asosiy sub'ektlar sifatida qatnashadi.
Ma'lumki, har qanday mamlakatning tashqi savdosini miqdoriy va sifat xarakteridagi ko‘rsatkichlar belgilaydi.
Xalqaro savdoning asosiy tarkibiy qismi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi.
Xalqaro savdoning geografik va tovar tarkibidagi o‘zgarishlari.
hamkor mamlakatlarda amalga oshirilgan, o‘zaro iste'molga mo‘ljallangan oddiy tovarlar olib kirish va olib chiqish:
uchinchi mamlakatlarga tovarlar reeksport reimporti
Ko‘rgazma, yarmarka, salon kabilarda namoyish qilish uchun tovarlarni vaqtincha olib kirish va olib chiqish:
xom ashyo va yarim fabrikatlarni reeksport- reimport qilish maqsadida uchinchi mamlakatga olib chiqish va qayta ishlash yoki olib chiqilgan mamlakatga qaytadan olib kirish:
firma ichida tovar va xizmatlarni TMKlarning doirasida ko‘chirilishi (transfert)
Sanab o‘tilgan tovarlar harakati, kelib chiqashi va belgilangan miqdoriga ko‘ra, quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro savdo: narx belgilash va tashqi savdo balansi.
Biror- bir tovarga narx belgilash mexanizmiga bozorda ana shu tovar uchun raqobat muhitining bor- yo‘qligi eng ko‘p ta'sir ko‘rsatadi. Mana shu ko‘rsatkichga asosan quyidagi xalqaro bozor raqobatlarini farqlay olish kerak.
mukammal (sof) raqobat:
to‘liq monopoliya:
monopolistik raqobat:
Jahon narxlarini hisoblashning eng keng tarqalgan usullari, bu to‘liq xarajatlar uslubi va to‘g‘ri xarajatlar usuli sanaladi.
Jahon narxlari turli o‘zaro bog‘liq vazifalarni bajaradi va ularning murakkab majmuasini tashkil etadi.
Shulardan jahon narxlarining eng muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi.
Indikativ vazifa- bozor kon'yukturasini baholash imkonini beradi.
Kommunikativ vazifa- bozor sub'ektlari: ishlab chiqaruvchi ekspartyor, vositachi, iste'molchi o‘rtasida aloqani amalga oshiradi.
Distribyutiv vazifa- bozor sub'ektlari daromadlarini taqsimlash imkonini beradi.
Rag‘batlantirish vazifasi- davlat va kompaniyalarning eksport import siyosatini o‘zgartirishga yordam beradi.
Sog‘lomlashtirish vazifasi- mahsulotlari ehtiyojlarni qondira olmayotgan kompaniyalarning bozordan ketishiga, bozor kon'yunkturasiga moslasha olgan firmalar gullab yashnashiga olib keladi.
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumat olib borayotgan umumiqtisodiy yo‘nalishlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma'noda esa eksport-import tovar oqimlarining hajmi, tovar tarkibi va geografik yo‘nalishlarini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan byudjet-soliq faoliyatining sohalaridan biridir.Uning asosiy vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |