O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestri O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchiga berilgan identifikasiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Soliq solish obyektlariniva soliq solishbilan bog’liqobyektlarnihisobgaolishdavlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to’lovchi bo’yicha hamda u to’layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi30.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma’lumotlari, tegishli organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to’plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to’plagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari byudjetgavadavlatmaqsadlijamg’armalarigatushumlarhisobini yuritishi kerak.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumini hisobga olish byudjet klassifikasiyasiga muvofiq yuritiladi.
Davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to’langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning har bir turi bo’yicha ochiladi.
30O’zbeksiton Respublikasi Soliq kodeksi, 2007 yil 25 dekabr, 68-modda
Kameralnazoratsoliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir37.
Kameral nazorat soliq to’lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
36O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, 2008 yil,12-bob, 67-modda
37O’zbeksiton Respublikasi Soliq kodeksi, 2007 yil 25 dekabr, 70-modda
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotidagi va davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlar o’rtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq to’lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi.
Soliq to’lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o’n kunlik muddatda taqdim etishi shart.
Soliq to’lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o’tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizasiya qiladigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan soliq to’lovchi huzurida bevosita tovarlar realizasiya qilinadigan, xizmatlar ko’rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan o’tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o’tkazish to’g’risidagi buyruq soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq to’lovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o’tkazish to’g’risidagi buyruqda xronometraj o’tkaziladigan soliq to’lovchi, xronometrajni o’tkazish joyi va muddati, xronometraj o’tkaziladigan davr, xronometraj o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinishiga sabab bo’lgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj o’tkazadigan mansabdor shaxslari albatta ko’rsatiladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji kelib tushayotgan pul tushumini davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan kuzatish va qayd etish orqali o’tkaziladi. Xronometrajni o’tkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yo’l qo’yilmaydi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o’tkazishga, soliq to’lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to’lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj o’tkazilayotgan vaqtga doir ma’lumotlarni olish mustasno.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti to’g’riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq to’lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo’la olmaydi.
O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulda hisob-kitob qilish bilan tovarlarni realizasiya qilish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish Nazorat-kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan fiskalxotiralinazorat-kassamashinalarimajburiy qo’llanilgan holda amalga oshiriladi, bundan naqd pul bilan hisob-kitob qilishni, faoliyatining o’ziga xos xususiyati sababli nazorat-kassa mashinalarini qo’llamasdan amalga oshirishi mumkin bo’lgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslar mustasno.
Faoliyatining o’ziga xos xususiyati sababli naqd pul bilan hisob-kitob qilishni nazorat-kassa mashinalarini qo’llamasdan amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo’llashda quyidagilar majburiy hisoblanadi:
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasi berilgan holda ro’yxatdan o’tkazish;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining chekini iste’molchiga berish; 4) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining fiskal xotirali nazoratkassa mashinasini tekshirishiga ruxsat etish.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo’llanilish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvlari o’tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanishga haqli.
Tamaki va alkogolli mahsulotlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi bilan tamg’alanishi kerak, pivo bundan mustasno.
Aksiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg’alash qoidalariga rioya etilishiustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari amalga oshiradi.
Aksiz solig’ini to’lovchi korxonalarda va boshqa ayrim korxonalarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin.
Moliya inspektori lavozimi joriy etiladigan korxonalar ro’yxati va uning faoliyatini amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat soliq xizmati organlari davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizasiyaqilishdan tushadigan pul mablag’larining davlat daromadiga o’z vaqtida va to’liqtushishi ustidannazoratniamalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlari boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq undirib olinishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’z vaqtida o’tkazilishi bo’yicha nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekistonda 2018 yil 1 yanvardan soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etilmoqda.
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq ta’tillari berish tarzidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda. Shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda.
Soliq nazoratining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz shakllari samaradorligini oshirish maqsadida kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etilmoqda.
Shuningdek, o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi.
Ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida “sog‘lom raqobat”ni ta’minlash va “xufiyona biznes” yuritishga barham berish maqsadida:
davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni 5 bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik to‘xtatib turish vakolati berilmoqda;
soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul
tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim avvalo Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joriy etish etiladi va Respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi.
Bundan tashqari, soliq tekshiruvi ob’ektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi.
Davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi.