1
6-MAVZU. PIRLS – Xalqaro baholash dasturi va uni o„tkazishning
tashkiliy masalalari.
REJA:
1.
PIRLS – Xalqaro tadqiqot metodlari asosida topshiriq turlarini ishlab
chiqish metodikasi.
2.
Badiiy hamda axborotli matnlar va ular uchun yaratilgan topshiriqlar
tizimi.
1.
PIRLS – Xalqaro tadqiqot metodlari asosida topshiriq turlarini ishlab
chiqish metodikasi
Badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni о„qishda о„qish kо„nikmalarining
quyidagi tо„rt guruhi baholanadi:
1.
Aniq kо„rinishda berilgan ma‟lumotni topa olish.
2.
Xulosalarni shakllantirish.
3.
Ma‟lumotlarni umumlashtira olish.
4.
Matnning mazmuni, til xususiyati, tuzilishini tahlil qilish va baholay olish.
О„quvchilar matnni о„qishlari va savollarga javob berishlari lozim. Bunda ba‟zi
topshiriqlar tavsiya etilgan variantlardan birini tanlashni nazarda tutsa, boshqalari
esa mustaqil javob berishni talab etadi.
PIRLS testi ikkita matndan va 12-16 ta topshiriqdan iborat bо„ladi. Testni
bajarishga tanaffus bilan 80 daqiqa ajratiladi. Testda asosan kitobxonlikning 2 ta
malakasi aniqlanadi:
•
Badiiy matn - badiiy asar matnidan ma‟lumot olish va shu asosida oddiy
mulohaza yuritish;
•
Axborotli matn - matndagi axborotni izohlash va baholay olish.
2
2.
Badiiy hamda axborotli matnlar va ular uchun yaratilgan
topshiriqlar tizimi.
BADIIY MATN
Tanish izlar
YE.A.Permyak
Nikataning bobosi bog„bon edi. Bо„sh vaqtlarida esa ov qilishni yoqtirardi.
U yaxshi ovchi edi. О„rmonning barcha sirlarini bilardi.
U qachondir nevarasiga о„rmondagi izlarni kо„rsatgandi. Unga izlarni
ko„rsatib nasihat qilardi: - Ming yil yasha, ming yil о„rgan va eslab qol. Hech
qanday о„rganilgan bilimning insonga zarari tegmaydi.
Nikita bо„lsa eshitardi va о„zicha о„ylardi: “Hamma qariyalar bolalarga
о„rgatishni yaxshi kо„rishadi. Menga hayvon izlarini bilishning nima hojati bor,
axir men mashinist bо„lmoqchiman-ku. Elektr poyezdlarni boshqaraman”.
Nikita faqat poyezdlar haqida о„ylardi. Elektrovozning har bir boltini, har bir
mayda qismlarini sinchiklab kо„zdan kechirardi. О„rtoqlari ham u bilan
poyezdlarni tomosha qilish uchun yugurishardi. Bir kuni ularga stansiyadan
3
о„rmon orqali tо„g„ri yо„ldan uylariga qaytishga tо„g„ri kelib qoldi. Yaqin va
qiziqarli.
Birinchi qorda yugurish zavqli. Qorda esa har xil izlar kо„p. Bolalar qaysi iz
qaysi hayvonniki ekanligini bilishmaydi. Tо„satdan tulkiga yoki yovvoyi echkiga
duch kelib qolishsa-chi. Quyon bilan uchrashib qolishsa-ku bu unchalik qо„rqinchli
emas.
Ular izlar bо„ylab yugurishdi, yugurishdi va adashib qolishdi.
Bolalar
qо„rqib ketishdi. Kimdir kо„z-yosh qila boshladi.
-
Bu sening ishing Nikita. Endi biz qanday о„rmondan chiqib olamiz. Hamma
sо„qmoq yо„llar qor bilan qoplanganu?
4
Nikita jim eshitardi va о„zini oqlashga sо„z topolmasdi. Bolalarni katta
yо„lga qanday olib chiqishni о„ylardi. Baqirishni boshladi. Lekin bu sokin va
kimsasiz о„rmonda uni kim ham eshitardi.
Shunda birdan Nikita tanish izlarni kо„rib qoldi. Bobosi unga kо„rsatgan
izlardan faqat shunisini eslab qolgandi. Ura, bolalar! - qichqirdi Nikita. - Mening
orqamdan yuringlar. Men sizlarni qishloqqa olib chiqaman.
Bolalar shu iz bо„ylab uzoq yurishdi va о„rmon chetidagi yо„lga chiqishdi.
Qishloq tomonga kо„p qatnovli yо„l bor. Bu yо„lda hatto tunda ham adashib
qolmaysan.
- Sen bizni qaysi izlar yordamida olib chiqding?- sо„rashdi, bolalar
Nikitadan.
- It izlari yordamida,- javob berdi u.
- Itning izlari har doim qishloq tomonga olib chiqadi. Chunki itlar о„rmonda
qancha yugurmasin baribir uyiga qaytishadi. Bobom menga shunday о„rgatgan.
Nikita uyga horg„in ammo juda xursand qaytdi. Dam о„tmay u bobosini
quchdi va uning qulog„iga nimanidir shivirlab aytish uchun egildi. Balkim u
qadrdon bobosiga minnatdorchilik bildirgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |