6-Mavzu: O‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish shakllari, o‘quv reja va dasturlari Reja


O‘qitish shakllarining rivojlanish bosqichlari



Download 0,91 Mb.
bet4/8
Sana11.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#348233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma'ruza 6

2.O‘qitish shakllarining rivojlanish bosqichlari.
O‘quv-tarbiya ishining muvaffaqiyati nafaqat qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlariga, balki o‘quv jarayonini tashkil etishning shakllariga (formalariga) ham bog‘liqdir. O‘qitishni tashkil etishning shakllari yoki o‘qitish shakllari o‘qitishning maqsad va vazifalari, ayni chog‘da didaktik ta’sir bilan qamrab olingan o‘quvchilarning soni, o‘quv predmetining xususiyati, o‘quvchilarning o‘qish joyi va vaqti hamda maktabning o‘quv-moddiy bazasi bilan aniqlanadi.

Ma’lumki, lotincha «forma» so‘zi tashqi ko‘rinish, shakl ma’nosini anglatadi. o‘qitish formasi (shakli) didaktik tushuncha sifatida o‘qitish jarayonini tashkil qilishning tashqi tomonini belgilab, u o‘qitilayotgan o‘quvchilarning miqdori, o‘qitish vaqti va joyi hamda uni tashkil etishning tartibi bilan bog‘liqdir.

O‘qitish shakli o‘qituvchi va o‘quvchilarning belgilangan tartibda va ma’lum tartibotda (rejimda) amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyatining tashqi ifodasidir.O‘qitish shakllari ijtimoiy belgilanadi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tartibga soladi, individual va kollektiv holda o‘qitishning o‘zaro nisbatini aniqlaydi, bilish faoliyatidagi o‘quvchilarning faollik darajasini va o‘qituvchi tomonidan uning boshqarilishini belgilaydi.

Demak, o‘qitish shakllari o‘quv ishini kim, qaerda va qanday maqsadda o‘qitilayotganligini hisobga olgan holda qanday tashkil etish kerakligini aniqlaydi.

«O‘qitish metodlari» tushunchasi bilan «o‘qitish shakllari» tushunchasi o‘zaro bog‘lanishda bo‘ladi, ammo bu kategoriyalarni farqlay bilish kerak. O‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyati yo‘llaridir. YA’ni, o‘qitish metodi tushunchasi o‘quv jarayonining mazmuniy-protsessual yoki ichki tomonini ifodalaydi. Aksincha, yuqorida ta’kidlaganidek, o‘qitish shakli o‘quv jarayonining tashqi tomonini ifoda etadi. Dastlab o‘quv ishini tashkil qilishning eng keng tarqalgan shakli individual o‘qitish bo‘lgan. Masalan, Qadimgi YUnonistonda o‘qitish ko‘proq individual shaklda olib borilgan. Keyinchalik, o‘quvchilar sonining ko‘payishi, ta’limga ijtimoiy extiyojlarning ortishi, kitob chop etishning tarqalishi, ma’rifatchilarning tajribasi va umuman ta’lim oluvchilar ommasining ko‘payganligi natijasida individual o‘qitishdan individual-gruppalik o‘qitishga o‘tilgan.

Individual o‘qitishda o‘qituvchi o‘z uyida yoki o‘quvchining uyida u bilan alohida o‘quv ishini olib borgan. Individual – gruppali o‘qitishda esa, bir necha o‘quvchilar kichik guruhlarda birgalikda o‘kuv mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganlar, ammo bunda o‘qituvchi butun guruh bilan ish olib borsada, o‘kuv ishi individual xarakterga ega bo‘lgan. Har bir o‘quvchi o‘z ishini bajargan, o‘z dasturi ostida ishlagan, o‘qituvchi oldida o‘z topshirig‘i bo‘yicha hisobot bergan va boshqa o‘quvchilar bilan umuman bog‘lanmagan. CHunki, o‘quvchilar turli yoshda va har xil tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lishgan. XII-XIII asrlardayoq universitetlarda, XV-XVI asrlarda esa o‘rta va boshlang‘ich maktablarda o‘qitish amaliyotida gruppali o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishlab chiqarishning va jamiyatda ma’naviy hayotning roli ortishi natijasida o‘quvchilarni ommaviy ravishda o‘qitish shakllari vujudga keldi. O‘kuv ishini tashkil qilishning bunday shakllaridan biri bûlgan gruppali holda o‘qitish, dastlab Janubiy-G‘arbiy Rus qardoshli maktablarida (XVI asr) qo‘llanilgan.

O‘qitishning bu shakli bir qator elementlari bilan ajralib turardi.O‘quv ishini tashkil etish uchun o‘quvchilar yoshlari bo‘yicha taqsimlanishar va deyarli bunday tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan guruhlarga birlashtirilardilar. Mashg‘ulotlar bir vaqtning o‘zida butun guruh bilan bironta material bo‘yicha o‘tkazilar edi. O‘quvchilar maktabga yilning bir paytida va oldindan belgalangan kunning soatlarida kelishlari kerak edi.

Qardoshlik maktablari tajribasini umumlashtirgan holda ulug‘ chex pedagogi YA.A.Komenskiy o‘qitishning sinf-dars sistemasi quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi:

- teng yoshdagi o‘quvchilar sinf tashkil etadilar; uning tarkibi esa butun maktab davrida qisman o‘zgarishi mumkin;

-har bir sinf o‘z o‘quv rejasi asosida ishlaydi;

- o‘quvchilar uchun tashkil etiladigan o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy shakli bo‘lib dars xizmat qiladi;

-har bir dars faqat bironta o‘quv predmetiga bag‘ishlanadi;

-sinfda o‘quvchilarning o‘quv ishi o‘qituvchi tomonidan boshqariladi.

YA.A. Komenskiy o‘qituvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida nisbatan ko‘proq miqdordagi o‘quvchilarni (40-50 o‘quvchi) o‘qitish mumkinligini ta’kidlagan. Xatto o‘quvchilar sonini 300 gacha ko‘paytirish mumkin ekanligi to‘g‘risida faraz qilib, bunda o‘qituvchining umumiy rahbarligi ostida ajratib olingan eng kuchli o‘quvchilar har qaysi 10 o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar olib borishlari shart qilib qo‘yilgan.

XIX asrning oxirida tanlaydigan o‘qitishning shakllari vujudga keldi. Bular AQSHda Batava sistemasi va Evropada Manngeym sistemasidir. O‘quv ishini tashkil qilishning tanlanadigan sistemalarini vujudga kelishiga o‘qitishning ommaviy shakllarining kamchiliklarini yo‘qotish uchun harakatlar sabab bo‘ldi. Xususan, bu sistemalar odatdagi o‘qitishga xos bo‘lgan ommaviy nuqsonlar - qandaydir mavxhm «o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi»ga moslashtirib o‘qitish, o‘qitishning zaruriy individuallashtirishning ta’minlanmaganligini bartaraf etishga qaratilgan edi. Battava sistemasida o‘quvchilarning ish vaqti 2 qismga ajratilib, birinchi qismi sinf bilan darsda ishlashga, 2-chi qismi esa, o‘quvchilar bilan individual ishlashga bag‘ishlanar edi. Katta sinflarda o‘qituvchi yordamchisi bilan ishlagan vau qoloq hamda kamroq qobiliyatli o‘quvchilarga ko‘maklashgan.

Manngeym sistemasiga ko‘ra, o‘quvchilar qobiliyati va o‘zlashtirishlariga qarab kuchsiz, o‘rtacha va kuchli sinflarga taqsimlangan. Tanlov imtihonlar va kuzatish asosida amalga oshirilgan, keyinchalik ham o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish mumkin bo‘lgan. Hozir xam Avstraliyada va AQSHda bu sistema asosida turli tipdagi maktablar ishlamoqda.

Dalton-plan nomini olgan individuallashtirilgan o‘qitish tizimi XX asr boshlarida AQSHda vujudga kelib, uni shuningdek, laboratoriya yoki ustaxonalar sistemasi deb ham atashadi. Bunda maktabda odatdagi sinflar o‘rnida predmet ustaxonalar tashkil qilinib, ularda har bir o‘quvchi ustaxonadagi o‘qituvchidan topshiriq olgan va uning yordamida individual holda shug‘ullangan. Mashg‘ulotning umumiy rejasi (dars jadvali) bo‘lmagan, kollektiv o‘quv ishi esa kuniga bir soat o‘tkazilgan. Boshqa vaqtda esa o‘quvchilar materialni individual ravishda o‘rganishgan va har bir predmet o‘qituvchisi oldida har qaysi mavzu bo‘yicha topshiriqning bajarilganligi haqida hisobot berishgan. Dalton-plan o‘quvchilarda shoshma-shosharlik tug‘dirdi, o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi rolini pasaytirdi va bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlamadi.

XX asrning birinchi choragida AQSHda o‘qitishning loyihalar sistemasi vujudga keldi va u «loyihalar metodi» nomi bilan tanildi. Bu sistema asosida o‘quvchilar faoliyatini amaliy holda tashkil qilish yotadi. O‘quvchilar o‘qitishda turli xil sodda amaliy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Bilimlarni o‘quvchi bilish uchun emas, faoliyat uchun o‘zlashtiradi. O‘quvchi faqat o‘zi amalda bajarishi mumkin bo‘lgan narsalarga qiziqadi. Bunda bilish bilan amaliy faoliyat birlashtiriladi. Ammo chuqur nazariy ta’lim berilmaydi.

«Tarmp plani» nomini olgan o‘qitish sistemasida o‘rta maktabda o‘qitish 100-150 o‘quvchini qamrab olgan katta guruhlarda o‘tkazilib, bunda leksiyalar va turli-tuman o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalaniladi va bu tarzdagi o‘qitishga o‘quv vaqtining 40% sarflanadi. 10-15 kishilik kichik guruhlarda leksiya materiallari muhokama qilinadi, alohida bo‘limlar chuqurroq o‘zlashtiriladi va malakalar hamda ko‘nikmalar egallanadi, bunga o‘quv vaqtining 20% sarflanadi. O‘quvchilarning mustaqil, individual o‘quv ishiga qolgan 40% o‘quv vaqti xarj qilinadi.

Hozirgi umumta’lim maktablarida o‘qitishning sinf-dars sistemasi eng barqaror va keng tarqalgan tizimi bo‘lib qolmoqda. Ammo u yagona va birdan-bir o‘quv ishini tashkil etish shakli emasdir va shuningdek kamchiliklardan ham xoli emas. Maktabda o‘qitish shakllarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘pgina tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Dars o‘qitishni tashkil qilishning shunday shakliki, bunda o‘quv mashg‘uloti o‘qituvchi tomonidan doimiy tartibga, birday yoshga va tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ma’lum vaqt oralig‘ida hamda belgilangan mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi.

Dars umumta’lim maktabida o‘qitishni tashkil etishning asosiy shaklidir. o‘qitishning tashkiliy shakli sifatida, dars qo‘yilgan o‘kuv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan o‘quvchilar guruhining rejali va faol ravishdagi o‘quv-bilish faoliyatini ta’minlaydi. Darsning yaxshi tashkil etilishi va o‘tkazilishi o‘qituvchi tomonidan darsga qo‘yiladigan ijtimoiy hamda pedagogik talablarni to‘g‘ri tushunilishiga, bajarilishiga bog‘liqdir.Zamonaviy darsga qo‘yiladigan talablar umumta’lim maktabining vazifalari, o‘qitishning qonuniyatlari va prinsiplari bilan aniqlanadi.

Zamonaviy darga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

1) o‘quv vazifalarining aniq belgilanganligi, ulardan asosiy va ikkinchi darajali vazifalarning ajratib ko‘rsatilishi;

2) ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi, bilimlardan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda foydalanish;

3) dars vazifalariga mos holda o‘quv materialining eng qulay mazmunini tanlab olish, darsni kerakli jihozlar bilan ta’minlash;

4) eng maqsadga muvofiq o‘qitish metodlarining va usullarining tanlanganligi;

5) o‘quvchilarning bilish faolliklarini ta’minlash;

6) kollektiv o‘quv ishini har bir o‘quvchining mutstaqil o‘quv faoliyati bilan birgalikda olib borish;

7) dars mazmunini hayot va amaliyot bilan, avval o‘zlashtirilganva oldinda o‘zlashtiriladigan materiallar bilan bog‘lash;

8) darsning tashkiliy jihatdan puxtaligi (o‘z va=tida boshlanishi, har bir daqiqaning tejalishi, mantiqiy tugallanganligi, dars mobaynida o‘quvchilarning ongli intizomi).

Dars maktabda o‘qitishning asosiy, ammo birdan-bir tashkil etish shakli emas. Didaktikada o‘qitishni tashkil qilishning darsdan tashqarii turli-tuman shakllari asoslab berilgan va maktab amaliyotida keng qo‘llanib kelmoqda. Jumladan, o‘quv leksiyalari, seminarlar,o‘quv konferensiyalari, ekskursiyalar, o‘quv-amaliy, amaliy mashg‘ulotlar, praktikumlar, zachetlar, imtihonlar, fakultativ mashg‘ulotlar, o‘quvchilarning uydagi mustaqil ishlari va boshqa shakllar - o‘qitishni tashkil qilishning darsdan tashkarishakllaridir. Ularni o‘quv ishini tashkil qilishning qo‘shimcha shakllari deb xam atashadi. O‘quv ishini tashkil qilishning qo‘shimcha shakillari o‘quvchilarning sinf-dars sistemasidagi faoliyatini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi turli xil mashg‘ulotlardir. Ularning ba’zilari nostandart (noan’anaviy) darslar qatoridan joy olmoqda, ba’zi o‘quv muassasalarida esa ma’lum muddat ichida o‘qitishning asosiy shakllari rolini bajarmoqda. Misol uchun, gimnaziya maktablarida seminar, o‘quv leksiyasi, fakultativ mashg‘ulotlar yoki ekskursiya ko‘proq darslar o‘rnida qo‘llanilayapti.

Dars o‘qitishni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida o‘quv jarayonining barcha bo‘g‘inlarini amalga oshiradi. Aksincha, o‘qitishni tashkil qilishning boshqa shakllari esa o‘ziga xos tuzilishdan iborat bo‘lib, har bir aniq holatda o‘quv jarayonining faqat birgina bo‘g‘ini amalga oshirish mumkin. Masalan, o‘quv leksiyasi –yangi bilimlarni shakllantirish, seminar-mustahkamlash va bilimlarni takomillashtirish, imtihon-bilimlarni nazorat qilish va tekshirish kabi o‘qitish jarayonining bo‘g‘inlarini amalga oshiradi. O‘qitishning bu shakllarining o‘ziga xosligi bilimlarning asosiy manbalari, materialni bayon qilishning ustuvor usullari, bilimlarni takomillashtirish va shakllantirish, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning ko‘proq qo‘llanilayotgan yo‘llari, o‘quvchilar o‘quv faoliyatining ustuvor turlari bilan aniqlanadi. Masalan, leksiyada ma’lumot olishning asosiy manbai o‘qituvchi bo‘lsa, seminarda- o‘quvchilardir.

Quyida o‘qitishning shakllarini qisqacha ta’riflab o‘tamiz:


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish