6-MAVZU
9. Navbatda oxirgi elementga teng barcha elementlar o‘chirilsin.
Agar navbatdan elementlar o„chiriladigan bo„lsa, navbat boshida bo„sh joy
ajratiladi. Vaholanki, navbat oxiri ko„rsatkichi chegaraga yetib qolganligi sababli,
navbatga yangi element kiritib bo„lmaydi. Shu sababli navbatda har safar element
o„chirilganda qolgan barcha elementlar bitta oldinga surilishi kerak bo„ladi.
Natijada navbat oxirida bo„sh joy ochiladi. Bu holatda navbat boshi ko„rsatkichiga
xojat qolmaydi. Lekin shuni aytish kerakki, bu yondashuv bir muncha noqulay
hisoblanadi. Shuning uchun har safar elementlarni surib o„tirmaslik uchun navbatni
halqasimon shaklda tashkil etamiz. Ya‟ni bunda xotirada navbat sohasining oxiriga
yetib borilganda navbat boshiga o„tib ketiladi. Ushbu holatda navbat boshi va oxiri
ko„rsatkichlari xotiradagi navbat sohasining boshini ko„rsatadi. Bu ikkala
ko„rsatkichlarning tengligi navbatning bo„shligini anglatadi. Halqasimon navbatda
element qo„shish amali o„chirish amalidan ko„proq bajarilsa, navbat oxiri
ko„rsatkichi navbat boshi ko„rsatkichiga “yetib oladi”. Bu holat navbat to„laligini
anglatadi. Halqasimon navbatda elementni o„chirish ikkala ko„rsatkich
ko„rsatayotgan bitta adresda amalga oshiriladi. Bunday navbatning uzunligi boshi
va oxiri ko„rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi.
C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o„lchamli massiv ko„rinishda amalga
oshirishga misol:
Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo„lsin, navbatni butun sonlardan iborat
massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo„shligi sababli, navbat oxiri
ko„rsatkichi R=0 bo„ladi. Navbatga yangi element qo„shish va navbatdan
elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo„shligini va to„laligini tekshirish
algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan.
Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o„chirish
dasturini keltiramiz.
Algoritm
1. Agar navbat to„lmagan bo„lsa unga element kiritamiz, kiritib bo„lgach
keyingi 2-qadamga o„tish, aks holda navbat to„lganligini xabar berib, keyingi
2-qadamga o„tish.
36
2. Agar navbat bo„sh bo„lmasa 3-qadamga o„tamiz, aks holda 4-qadamga
o„tamiz.
3. Navbatning chiqishiga kelib turgan elementni olib, juftlikka tekshiramiz.
Agar element toq bo„lsa, uni navbatga kiritamiz. 2-qadamga o„tish.
4. Navbat bo„sh bo„lsa, bu haqda xabar berib keyingi 5-qadamga o„tamiz.
5. Navbat tarkibini ekranga chiqaramiz.
Dastur kodi
#include
using namespace std;
int a[10],R=0,n;//bu yerda n navbatga kiritilishi kerak bo'lgan elementlar
soni.
int kiritish(int s){
a[R]=s; R++;
}
int chiqarish(){
int t=a[0];
for(int i=0;i
a[i]=a[i+1];
R--;
return t;
}
bool isEmpty(){
if(R==0) return true; else return false;
}
bool isFull(){
if(R>=10)return true;else return false;
}
int print(){
int i;
while(i
37
int k=chiqarish();i++;
cout<
kiritish(k);}
}
int main(){
int n,s;
cout<<"n=";cin>>n;
for(int i=0;i
if(!isFull()){cin>>s;
kiritish(s);}
else{cout<<"navbat to'ldi"; n=i;break;}
}
cout<<"\nnavbat elementlari: ";
print();
for(int i=0;i
s=chiqarish();
if(s%2!=0)kiritish(s);
}
cout<<"\nnatijaviy navbat elementlari: ";
print();
system("PAUSE");
}
Dasturning bajarilishi natijasi:
n=5
6
7
9
8
11
38
navbat elementlari: 6 7 9 8 11
natijaviy navbat elementlari: 7 9 11
Do'stlaringiz bilan baham: |