6-mavzu: Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O’zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi va buning sabablari Reja



Download 1,71 Mb.
bet3/12
Sana09.04.2022
Hajmi1,71 Mb.
#539712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot 99740

birinchidan, bu bilan muallif sobiq sho‘rolar davrida ma’naviyatni rivojlantirishga uchinchi darajali omil sifatida qaralishining ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy inqirozining sabablarini ham ko‘rsatib beradi;

  • Ikkinchidan, ma’naviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning ma’naviy – ruhiyatini o‘zgartirmasdan turib jamiyatda ko‘zlagan maqsadni amalga oshirish mumkin emasligini ilmiy asoslab berdi.

    Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yana bir muhim konseptual g‘oyasi ma’naviyat shaxs barkamolligining eng muhim mezoni va shuning bilan birga uni kamolotga eltuvchi, o‘z-o‘zini anglatuvchi va o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi ulkan omil ekanligini ilmiy asoslaganligidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishga bag‘ishlangan konsepsiyasida vatanparvarlik shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida o‘rinni egallaydi. Haqiqatan ham o‘z Vatanini sevmagan, uning har qarich eri uchun mas’ulligini his etmagan har bir inson ma’naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Shu o‘rinda bir muhim masalaga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. U ham bo‘lsa «Milliy taraqqiyot» va «Milliy tiklanish» tushunchalarining mohiyati, mazmuni va mezoni masalalaridir. Aslida ular bir-birini inkor qiluvchi tushunchalar emas. Aksincha, merosi, tarixiy xotirasi va zaminlari mustahkam millatlar uchun bu tushunchalarning o‘zaro uyg‘un holatigina milliy taraqqiyotini ta’minlaydi. Lekin falsafiy kategoriya (tushuncha) sifatida va o‘lchamlari (mezonlari) jihatdan ular bir birlaridan farq qiladilar.
    Milliy taraqqiyot – evalyusion xarakterga ega, u quyidan yuqoriga tomon ko‘tarilishidan iborat bo‘lgan jarayonidir. U millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishi kabi uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
    Milliy tiklanish esa, millat taraqqiyoti tarixining ma’lum bir bosqichida ma’lum ob’ektiv va su’bektiv sabablar oqibatida boy berilgan salohiyatni qaytadan millat taraqqiyotiga yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, milliy tiklanish u yoki bu millat hayotida sodir etiladigan, zo‘ravonlik yo‘li bilan uning avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan meros urf-odatlar, an’analar, qadriyatlardan mahrum –etilgan, tarixiy hotirasi toptalgan, milliy o‘zligini anglashi cheklangan, manfaatlari, maqsadlari, huquqlari poymol etilgan, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi natijasida milliy rivojlanishi borasida ana shu boy berilgan imkoniyatlardan foydalanish, yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga yo‘naltirishga qaratilgan umummilliy faoliyat hisoblanadi.
    Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlaridagi milliy-ma’naviy tiklanish g‘oyasining mazmunini zo‘ravonlik yillarida toptalgan merosimizni o‘zlashtirish, urf-odatlarimizni, an’analarimizni rivojlantirish, qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida boy berilgan imkoniyatlardan bugungi taraqqiyotimizga yo‘naltirish, o‘zimizning milliy zaminlarimiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni umummilliy dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylantirish borasida har birimizning tinmay fidoyilik ko‘rsatishimiz zarurligi ko‘rsatib berilgan.
    Haqiqatan, ham millat qachonki milliy zaminlarga tayansagina taraqqiyotga erishishi mumkin. U hech qachon o‘zgalarning ma’naviy yordami bilan millat darajasiga ko‘tarila olmaydi hamda ma’naviy rivojlanishga erisha olmaydi.Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov dastlabki yozgan asardagi milliy-ma’naviy tiklanish vazifasini amalga oshirishga bag‘ishlangan konsepsiyalarini o‘zining boshqa asarlarida ijodiy rivojlantirgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ehtiyojlariga mos ravishda uning yangi yo‘nalishlarini belgilab bergan. Xususan, ular:

    • «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida»;

    • «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari»;

    • «Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz»;

    • «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»;

    • «Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»;

    • «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»;

    • «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin»;

    • «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz («Turkiston» gazetasining muxbiri savollariga javoblar)»;

    • «Alloh qalbimizda, yuragimizda («Turkiston press» axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar)»;

    • «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»;

    • «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz»;

    • «Milliy mafkura – kelajak poydevori»;

    • «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman («Fidokor»gazetasi muxbiri savollariga javoblar)»;

    • “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kabi asarlari, nutqlari va muxbirlar savollariga javoblarida o‘z ifodasini topgan.

    Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning yuqoridagi asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ular quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

    • ma’naviy meros va diniy qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirish, millatimizning o‘z-o‘zini anglashiga erishish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini izchillik bilan mustahkamlash;

    • mustaqillik sharoitida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish;

    • ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni tarbiyalash, sog‘lom avlod dasturini amalga oshirish asosida jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni shakllantirish;

    • milliy – ma’naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini tiklash va bugungi kunda ma’naviyat, ma’rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur o‘zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma’naviyati tizimi rivojiga hissa qo‘shish;

    • yoshlar ma’naviyatini milliy istiqlol g‘oyalari bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

    • insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarni milliy-ma’naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirish kabilardir.

    Ajdodlarimizdan qolgan meros har bir millatning nafaqat o‘tmish, shuning bilan birga istiqboli uchun ham kuch, fidoyilik va ilhom manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulammolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona-yurtimizda tug‘ilib kamolga etgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”, - deb ta’kidlaydi. Uning «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixdan judo bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir» - degan g‘oyalarida har bir vatandoshimizning, ayniqsa yoshlarimizning ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish zarurligi milliy-ma’naviy tiklanishimizning bosh vazifasi ekanligini tushunib etishga qaratilgandir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy mafkuraning milliy-ma’naviy tiklanish va mamlakatimizda demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va rolini ilmiy asoslashga katta e’tibor qaratib, milliy mafkura-millatni birlashtiradi, mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotadi.

    Download 1,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish