6-mavzu: Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O’zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi va buning sabablari Reja


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov



Download 1,71 Mb.
bet8/12
Sana09.04.2022
Hajmi1,71 Mb.
#539712
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot 99740

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati faqat yuqorida ko‘rsatilganlar bilan cheklanmaydi.Uning xalqaro ahamiyati ham nihoyatda kattadir. Unda ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda totalitarizmdan qutulib demokratik jamiyatni qurish tomon borayotgan bir qator mamlakatlarda ham milliy-ma’naviy tiklanish uchun katta amaliy ahamiyatga molikdir. Zero, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi A.N. Yakovlev takidlagandek, «Islom Karimov o‘tmishni kelajak bilan bog‘lash asosida mamlakatni modernizatsiya qilish - zamonaviy tarzda taraqqiy ettirish yo‘lini tanladi. Bu maqsadga xizmat qiladigan tizim va tarmoqlar faoliyatining samaradorligini avvalo muayyan davlatning mavjud shart-sharoiti, muayyan xalqning vorislik xususiyatlariga tayanadigan, ayni paytda kelajakka yo‘naltirilgan ijtimoiy-madaniy an’analarga bog‘liq ekanini u chuqur angladi». Xuddi ana shu shuning uchun ham O‘zbekistoning milliy – ma’naviy tiklanishni borasidagi yutuqlari xalqaro ahamiyatni ham kasb etmoqda. Ma’lumki O‘zbek xalqi 130 yil mustamlakachilik istibdodi ostida yashadi. Bu davr mobaynida uning milliy-ma’naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalashtirildi, ilmiy, madaniy, binobarin ma’naviy merosga niglistik qarash hukm surib ularni o‘rganish cheklab qo‘yildi. Xalqimizning ongi sal bo‘lmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma’naviyatsizlik, nopoklik va yovuzlikka qarshilik ko‘rsatolmay yuvvosh yashayverishga ko‘nikib qolayozgan edi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o‘z tarixiy-ma’naviy merosidan to‘laqonli, erkin-emin foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lib keldi.
Ma’naviyatimizga nisbatan yuritilgan bunday adolatsiz siyosatning salbiy oqibatlari va uni bartaraf etish vazifalari haqida Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida shunday deb yozadi: “Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita daxldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak” ligini ta’kidlash bilan birga, bu boradagi ishlarimiz nimalardan iborat bo‘lishligi haqida quyidagi fikrlar bildirilgan:
Birinchi navbatda milliy ma’naviyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish” dan iborat. Faqat mustaqillikni qo‘lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy merosimizni, ko‘hna va navqiron tariximizni o‘rganish, jahon sivilizatsiyasidagi munosib o‘rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo‘ldik.
Bunday imkoniyatlarni qo‘lga kiritishimizda xalqimizning sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, etuk olim, vatanparvar va millat parvar inson Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik qobiliyati asosiy rol o‘ynadi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o‘tib bormoqdamiz, milliy-ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarni vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.
Birinchi Prezident I.Karimov milliy ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritganda, ularning konseptual g‘oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilgan katta xizmatlarini ham alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. Jumladan, 1994 yildayoq respublikamizda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish to‘g‘risida farmon chiqarganliklari, uning faoliyatini takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. Chunonchi, Bahouddin Naqshbandning 675; Najimiddin Kubroning 850; Imom al-Buxoriy hazratlarining 1225; Ahmad al-Farg‘oniyning 1200; Jaloliddin Manguberdining 800; Amir Temurning 660; Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavallud kunlari; “Alpomish” dostoni va Xorazm ma’mun akademiyasining 1000 yilliklari nishonlandi.
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima qilinib ko‘p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‘rt jildlik hadislari; Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‘plami; ko‘plab Qur’oni Karim sharhlariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‘z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotida mustahkam o‘rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‘plab masjid va madrasalar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish