Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz qurbonlari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonladi. Qatag‘on yillarida Vatanimiz mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida Shahidlar xiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva, Buxoro va Termiz shaharlarining 2500; Qarshi shahrining 2700; Marg‘ilonning 2000 yilliklari katta tantanalar bilan nishonlandi. Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida ko‘lami jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o‘rganishimiz lozim bo‘ladi. Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz». Milliy-ma’naviy tiklanish borasida erishgan yutuqlarni xalqimiz adolatli ravishda Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi.
Milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar quyidagi ilmiy jihatdan yangi nazariy konsepsiya yaratganligida namoyon bo‘ldi. Ular:
milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy konsepsiyasini ishlab chiqqanligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning XXI asrdagi vazifalarini belgilab berganligida;
milliy-ma’naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatda o‘tish sharoitidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligida va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo‘nalish boshlab berganligida ham namoyon bo‘ladi.
Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan milliy-ma’naviy sohadagi barcha ishlar xalqimizning qaddini ko‘tarmoqda, o‘zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda. Shuning uchun ham u ishlab chiqqan konseptual g‘oyalarini chuqur o‘zlashtirish va uni real hayotimizga tadbiq qilishda fidoyilik ko‘rsatish mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlashda katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy-ma’naviy tiklanishimizning ahamiyati haqida fikr yuritganda ma’naviyatning jamiyatimiz taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi o‘rni haqida Birinchi Prezident Islom Karimov «Barchamiz oddiy bir xaqiqatni yana bir bor chuqur anglab etishimiz shart. - Ma’naviyat sohasida bo‘shliq bo‘lmaydi» ,-degan ko‘rsatmasida kelib chiqadigan bo‘lsak ma’naviyatga katta e’tibor bilan qarashimiz zaruriyati kelib chiqadi. Ma’naviyatni yuksaltirish yo‘li bilan oldimizga qo‘ygan komil insonni tarbiyalash vazifasini ado etishimiz mumkin bo‘ladi. «Biz-deb ta’kidlaydi Islom Karimov, - farzandlarimizni milliy tabiatimizga yot va zararli bo‘lgan tasirlardan himoya qilishimiz, ularni hayotga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea – hodisalarga daxldorlik xissi bilan yashaydigan, mustaqil fikrlaydigan, iymon –e’tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalashimiz lozim»
Do'stlaringiz bilan baham: |