6-mavzu. Merchandayzing asoslari Reja


O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi BUYRUG’I



Download 88,5 Kb.
bet5/5
Sana23.01.2022
Hajmi88,5 Kb.
#406697
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Merchendayzing asoslari

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
BUYRUG’I

27 dekabr 2002 yil №576

Qishloq vrachlik punktida dorixona shaxobchasini tashkil qilish to’g’risida

Dorixona shaxobchalari birinchi navbatda dorixona muassasalari faoliyat ko’rsatmaydigan va axolini dori vositalari bilan taminlashda qiyinchiliklar mavjud bo’lgan xamda tog’li va chekka xududlarda joylashgan qishloqlardagi vrachlik puntlarida tashkil qilinsin

Qishloq vrachlik punktidagi dorixona shaxobchasi ( keyingi matnda – dorixona shaxobchasi ) qishloq axolisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash maqsadida tashkil qilinadi.

Dorixona shaxobchasi birinchi navbatda dorixona muassasalari faoliyat ko’rsatmaydigan va axolini dori vositalari bilan taminlashda qiyinchiliklar mavjud bo’lgan xamda tog’li va chekka xududlarda joylashgan qishloqlardagi vrachlik punktida tashkil qilinishi lozim

Dorixona shaxobchasining asosiy vazifasi axoliga tayyor dori vositalari sanitariya – gigiena va bemorlar parvarishida qo’llaniladigan buyumlar, dorivor giyoxlar, bog’lov materiallari va boshqa tibbiyot buyumlarini sotishdan iboratdir

Dorixona shaxobchasini tashkil qilish mas’uliyati xududiy sog’liqni saqlash bo’limlari zimmasiga yuklatiladi

Dorixona shaxobchasining tashkil qilinishi va uning ish tartibi quyidagilar bilan belgilaniladi:

A) qishloq vrachliq punktining tarkibida dorixona shaxobchasi uchun boshka yordamchi xonalar borligini xisobga olgan xolda, shoxobchaga 2-3 ming axoliga xizmat ko’rsatadigan qishloq vrachlik punktida maydoni 6 kv metrdan va 4-5 ming axoliga xizmat ko’rsatadigan qishloq vrachlik punktida maydoni 8 kv metrdan kam bshlmagan tayyor dori vositalarini sotish xonasi ajratiladi;

B) Dorixona shaxobchasi o’z faoliyatini yuritish uchun kerakli jixozlar (shkaf, vitrina, stlellaj, muzlatgich, stol, stul, va x.k.) bilan jixozlanishi va xamda amalga oshiriladigan faoliyat dorixonasidagi qo’llanmalar va yo’riqnomalar bilan ta’minlanishi lozim;

V) Dorixona shaxobchasi mudiri lavozimiga shaxobcha faoliyatini ta’minlovchi xo’jalik xisobidagi dorixonaning farmatsevt mutaxasisi tayinlanadi. Farmatsevt mutaxasis bo’lmagan xolda shaxobcha mudiri lavozimiga qishloq vrachlik punkti xodimlari tarkibidagi o’rta tibbiy ma’lumotli xodim (o’rindoshlik asosida) tayinlanishi mumkin;

G) Dorixona shaxobchasining mudiri xududiy sog’liqni saqlash bulimi xamda dorixona shaxobchasi faoliyatini ta’minlovchi xo’jalik xisobidagi dorixona o’rtasidagi kelishuvga muvofiq buyruq asosida tayinlanadi;

D) Dorixona shaxobchasining mudiri qishloq vrachlik punkti xodimlaridan tayinlansa, tuman sog’liqni saqlash bo’limining kafolat xatiga binoan dorixona shaxobchasining mudiri va ta’minlovchi dorixona mudiri o’rtasida moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma tuziladi. Bu xolda dorixona shaxobchasini tayyor dori vositalari, bog’lov materiallari va boshqa tibbiyot buyumlari bilan dorixona tomonidan ta’minlanishi tuman sog’liqni saqlash bo’limi (yoki qishloq vrachlik punkti) bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi;

E) Dorixona shaxobchasining mudiri unga berilgan barcha tovar-moddiy boyliklarga to’liq moddiy javobgar xisoblanadi xamda belgilangan tartibda va muddatda dorixonaga oylik xisobot topshiriladi;

J) Dorixona shaxobchasi mudirining ish xaqi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishdan olingan oylik savdo tushumi xisobidan tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi;

Z) Dorixona shaxobchasining ish vaqti qishloq vrachlik punkti ish vaqtini xisobga olgan xolda belgilanadi. Dorixona shaxobchasining ish vaqti xaqida fuqarolar yig’ini, maxalliy tashkilot va korxonalar xamda axoliga axborot berilishi lozim;

I) Dorixona shaxobchasining farmatsevtika faoliyati belgilangan muddatda ta’minlovchi dorixona tomonidan nazorat qilib boriladi.

Dorixona shaxobchasi o’zining asosiy vazifalarini bajarishda quyidagilarga amal qilishi lozim:

A) axoliga sifati kafolatlangan va O’zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotish;

B) O’zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati tug’risida”gi, “Iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish to’g’risida”gi qonunlariga va boshqa amaldagi me’yoriy xujjatlar bilan belgilangan qoidalarga rioya qilish;

V) cheklangan narxlarda sotiladigan va dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bo’lgan eng zarur dori vositalarining savdoda doimiy bolishini ta’minlash;

G) dori vositalari va tibbiyot buyumlarini farmatsevtika tartib-qoidalariga muvofiq saqlanishini ta’minlash;

D) tovar-moddiy boyliklarnin xarakati bo’yicha tegishli xujjatlarni yurutish;

E) sanitariya-gigiena qoidalari va me’yorlariga rioya qilish xamda yong’in xavfsizligini ta’minlash;

Dorixona shaxobchasida giyoxvandlik vositalari psixotrop moddalar xamda boshqa nazoratdagi dori vositalarining saqlanishi va sotilishi taqiqlanadi.

Qishloq vrachlik punktidagi dorixona shaxobchasini tugatish amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nazorat savollari

1 Merchendayzing xaqida tushuncha

2 Merchendayzing nimadan tashkil topgan



Adabiyotlar

1.E.R.Toshmuxamedov, X.S.Zaynutdinovva boshqalar “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” Toshkent-2007,



2. YusupovM.A., Komilov A.M., Xidoyatova Z.Sh. ErmatovSh.X. “Farmatsiya ishini tashkil qilish va uning iqtisodiyoti”.Toshkent-2004yil.
Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish