6-mavzu. Merchandayzing asoslari Reja


Sotuvchilarga, savdo obyektlariga va tovarlarga qo‘yiladigan asosiy talablar



Download 88,5 Kb.
bet4/5
Sana23.01.2022
Hajmi88,5 Kb.
#406697
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Merchendayzing asoslari

Sotuvchilarga, savdo obyektlariga va tovarlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

4. Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u o‘z faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida bo‘lishi shart bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmog‘ining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Sotuvchi o‘z faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yong‘inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (keyingi o‘rinlarda matnda «standartlar» deb yuritiladi) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.

Sotuvchi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq tovarlarni qabul qilib olishda, saqlashda, savdo oldi tayyorgarligida va sotish paytida ularning sifati va xavfsizligi savdoning zarur shart-sharoitlarini, shuningdek xaridorlarning tovarlarni tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan zarur joylar, asbob-uskunalar va inventarga ega bo‘lishi shart.Sotuvchi qo‘llashga ruxsat berilgan o‘lchov asboblariga ega bo‘lishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologik tekshiruvini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda o‘tkazishi shart.

8. Barcha o‘lchov vositalari, og‘irlikni o‘lchash priborlari «O‘zstandart» agentligi organlarining tekshirish to‘g‘risidagi ko‘zga yaqqol tashlanadigan ishonch tamg‘asiga yoki guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak, ular belgilangan maqsadida qo‘llanilishi hamda o‘lchovlarning birligi va ishonchliligini ta’minlashi hamda tegishli pasportga ega bo‘lishi kerak.

Nosoz va qo‘llashga ruxsat berilmagan o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.Tarozilar va boshqa o‘lchov priborlari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida o‘rnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.

Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal joyga o‘rnatiladi.

Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchov priborlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

10. 3 va undan ko‘p ish o‘rinli oziq-ovqat do‘konlarining savdo zallarida nazorat tarozilari o‘rnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda o‘rnatiladi.Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni o‘rnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida e’tibor berish zarur.

Mazkur Qoidalardan tegishli ko‘chirmalar sotuvchi tomonidan ko‘rgazmali va qulay shaklda xaridorlar e’tiboriga yetkaziladi.Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:

sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);

sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi.

Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, u litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak.

Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar to‘g‘risidagi quyidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni xaridorning e’tiboriga o‘z vaqtida ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:

tovarning nomi;

tovarning shtrixli kodi (mavjud bo‘lganda);

tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;

agar u aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — kafolatli muddati;

agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak bo‘lgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda, agar tovarlar ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridorning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavf tug‘dirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

tovarning narxi va uni sotib olish shartlari;

Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishi kerak.

Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra:

tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan e’tirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi to‘g‘risidagi axborotni;

sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash bo‘yicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini «(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);

tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan go‘shtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni sotish, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (mo‘yna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xom ashyo) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi fauna va florasi uchun xos bo‘lmagan obyektlar va ulardan tayyorlangan tovarlar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjudligi ham talab etiladi.Sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar e’tiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

Iste’molchiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning narxlari va xizmatlar ko‘rsatish shartlari, shuningdek tovarlarni sotishda xizmat ko‘rsatishning qo‘llaniladigan shakllari to‘g‘risida (oldindan buyurtma berish, tovarlarni uyda sotish, kreditga sotish, gazlamalarni bichish, sovg‘a va komplektli to‘plamlarni komplektlash bo‘yicha va boshqa shakllardagi) ko‘rgazmali va ishonchli axborot taqdim etilishi kerak.

Tovarni sotishda xaridorga mustaqil ravishda yoki sotuvchi xodimning yordamida zarur tovarlar bilan tanishish, tosh-tarozining to‘g‘riligini, unga berilgan tovarning o‘lchamini tekshirish imkoni berilishi kerak.

Xaridor tavsiya etilayotgan tovarni ko‘zdan kechirishga, agar tovarning xususiyati buni istisno etmasa va mazkur Qoidalar talablariga zid bo‘lmasa, o‘zining hozirligida uning xossalarini tekshirishni yoki uning harakatlari namoyish qilinishini talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi agar tekshirish texnik reglamentlar va standartlarining majburiy talablarida yoki shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifatini va xavfsizligini (ko‘rib chiqish, sinov, analiz, ekspertiza) tekshirishga majburdir.

Sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarlarning narxi, shuningdek shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda o‘zgacha hol nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning og‘irligi, o‘lchami yoki birligiga narxi ko‘rsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari bo‘lishini ta’minlashga majburdir.

Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.

Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak;

Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida qonunda yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.

Chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati ko‘rsatilgan holda kvitansiya yoki shunga o‘xshash hujjatni berishi shart.

Sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy mo‘ynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovar chekini berishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko‘rsatilishi mumkin.

Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko‘rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo‘yishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga ko‘ra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yig‘ilishi va (yoki) o‘rnatilishi (ulanishi) mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega bo‘lgan tovarni idishda va (yoki) o‘ralgan holda, muayyan to‘plamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.

26. Sotiladigan tovarning sifatiga, idish va (yoki) o‘rab-joylashtirilishiga, uning komplektliligi, anjomlari va hujjatlariga, tovarlarning komplektiga, shuningdek tovarni yetkazib berish shartlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.

27. Xaridor nooziq-ovqat tovar unga berilgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarni aynan shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rangdagi yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga xarid qilingan joyda va sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joylarda narxida tafovut bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitob qilgan holda almashtirishga haqlidir.

Almashtirish uchun sotuvchida zarur tovar bo‘lmagan taqdirda xaridor sotib olingan tovarni sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘langan summani qaytarib olishga haqlidir.O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):

aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.

Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib bo‘lmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon bo‘lsa hamda shunga o‘xshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi to‘g‘risida xaridor tomonidan talab qo‘yilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning o‘zida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega bo‘lgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi tomonidan xaridorning talablari qondirilishi muddatlari, shuningdek ushbu muddatlar buzilganligi uchun javobgarlik «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiq belgilanadi.

Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish