6-mavzu. Mehnat potensiali (4 soat)


 O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi



Download 304,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.10.2022
Hajmi304,86 Kb.
#855040
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu Mehnat potentsiali

6.3. O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi 
 
O‘zbekistonning mustaqil davlatga aylanishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan tub 
o‘zgarishlarga olib kelib, o‘z navbatida bular mehnat potensialining shakllanishi va 
takror yaratilishi haqidagi ilmiy-iqtisodiy tasavvurlarni qayta o‘rganish, uning 
strukturasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, bu sohadagi ijtimoiy 
munosabatlar tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zaruratini vujudga qeltirdi. 
«Mehnat resurslarining shakllanishi» tushunchasi ancha vaqtlardan buyon 
ilmiy, iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos 
kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bunda mehnat resurslarini shakllantirish 
deganda, ularning doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi. 
Mamlakat mehnat potensiali miqdoriy jihatdan shakllanishining asosi aholi 
harakatlari hisoblanadi. Shu sababli uning shakllanish omillari va sharoitlarini 
o‘rganishda, avvalambor, aholining takror ishlab chiqaruvchi jarayon bo‘lgan 
mavjud demografik vaziyat tahlil qilinadi. Chunki aynan demografik holatlar 
mehnat potensialining miqdoran shakllanib borishini ta’minlaydi. 
Demografik jarayonlar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va shart-
sharoitlar ta’sirida amalga oshadi. Ya’ni, bunda aholi iste’molchi va foydalanuvchi 
hisoblanib, uning harakatlariga mavjud sharoitlar hamda iste’mol sifati kabi 
ko‘rsatkichlar katta ta’sirga ega. Demografik holatlar natijasida shakllangan 
mehnat potensiali ishlab chiqarishning bosh omili bo‘lib, uning asosida YaMM 
hamda daromadlar yaratiladi, bu esa iqtisodiy ravnaq demakdir. Iqtisodiy 
taraqqiyot ishlab chiqarish, infratuzilma va shart-sharoitlarning rivojlanishi hamda 
takomillashuviga olib kelsa, daromadlar esa aholi farovonligining asosi 
hisoblanadi. 
Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining qo‘payishi, o‘sish xususiyatlari 
va sur’ati, tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, o‘lim darajasi, kishilarning yosh-jins 
tarkibi, nikohda bo‘lish, avlodlar almashinuvi; uzoq yoqi qisqa umr ko‘rish, 
jismoniy balog‘at va oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o‘zaro 
uzviy aloqadadir. Ular jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, bevosita ta’sir 
o‘tkazadi. U yoki bu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar kechishini 
osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham aholi sonining o‘zgarishiga 
aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va iqtisodiyotga tatsiri turli fan 
vakillari – iqtisodchilar, demograflar, sotsiologlar, geograflar, huquqshunoslar, 
tibbiyotchilar diqqatini doimo jalb etib keladi. 


Demografik vaziyat har doim o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, aholining 
tabiiy va mexanik (migratsion) harakatlarida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda bu 
jarayonlar murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning nisbatan yuqoriligi va 
unga mos ravishda aholi tabiiy o‘sishining tezkor sur’ati bilan izohlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy soniga ko‘ra, Markaziy Osiyo 
davlatlari ichida birinchi, MDH tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o‘rtasida esa 
uchinchi (Rossiya va Ukrainadan so‘ng) o‘rinni egallaydi. Shu jihatdan olganda, 
O‘zbekiston yaqin xorijiy mamlakatlar o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birini 
egallaydi. Yurtimizda aholi sonining ko‘payishi bir qancha sabablar – tarixiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy, ayniqsa, respublika uchun xos bo‘lgan demografik omillar 
ta’sirida yuz bermokda. O‘z navbatida: bular ham bir-biri bilan bevosita 
bog‘langan. 

Download 304,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish