6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Birbutunlikka erishish yo`lida



Download 270,96 Kb.
bet23/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Birbutunlikka erishish yo`lida. XX asrning boshlarida, deyarli barcha mutafakkirlar tomonidan dunyoning keskin bo`linishi eng yangi davr jahon tarixining asosiyomili sifatida tan olingan. Ikki ijtimoiy tizimi – «kapitalizm» va «sotsializm»ning o`zaro muqobilligi va raqobati deyarli bir asr davom etdi.
«Sotsialistik lager»ning barham topishi bilan asosiy ijtimoiy keskinlik fokusi G`arb-SHarq, SHimol-Janub, «oltin milliard» va qolgan insoniyat o`rtasidagi qarama-qarshilik, etnik, diniy va boshqa ziddiyatlarga ko`chdi. Insoniyat borlig`ining parchalanganligi hali hamjamiyat tarixining xususiyati bo`lib qolmoqda. Lekin, tanglik va manfaatlar to`qnashuviga to`la bo`lgan XX asr tarixi rivojlanib kelayotgan (milliy, diniy, mintaqaviy va h.k) madaniyatlar o`rtasidagi o`zaro ta`sirlarning konfrontatsion shakli, ularning ajralib qolganligi va alohida o`zicha mavjudligi odatiy holat hisoblangan borliq va ong shakllarining tarixan (ya`ni umumbashariy istiqbolda) hayotiy emasligini isbotlaydi.
Umumbashariy xususiyat kasb etgan ushbu muammoning murakkabligi, shuningdek, diniy, etnik va davlatlararo ziddiyatlarning hali ham mavjudligiga qaramay, hozirgi zamon sivilizatsiyasining rivojida butun insoniyat taqdiri uchun belgilovchi ahamiyat kasb etuvchi xususiyatlar kuzatilmoqda. Bugun insoniyat qarama-qarshiliklar, xato va qiyinchiliklar bilan bo`lsa-da, o`zining birligi va yaxlitligini yaratishga qarab harakat qila boshladi. Butun tarixi davomida bashariyat bir-biridan ajralgan milliy-davlatchilik tizilmalari yig`indisi sifatida mavjud bo`lgan bo`lsa, endi, tarixda birinchi bor ongli ravishda yagona iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va axborot makonini yaratish orqali birlashishga harakat qilmoqda46. Gap jahon hamjamiyatining o`zaro ta`siri va o`zaro aloqadorligini kuchayib borish hamda yagona hayotiy makonning kengaytirilishini ifoda etuvchi globalizatsiya, shuningdek, ilmiy adabiyotlarda «global qishloq», «global sivilizatsiya», «megajamiyat» va h.klar, deb nom olgan jamiyatning imkoniyatdagi holati haqida bormoqda.
Hozirgi paytda ham qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarning turli shakllari saqlanib qolayotganligiga qaramay, integratsion jarayonlar o`ziga yo`l ochmoqda. Iqtisodiy sohada bu jarayonlar turli mikroiqtisodiy (firma va korxonalar) va makroiqtisodiy (davlatlararo, mintaqaviy va planetar) darajalarda amal qilmoqda. Iqtisodiy integratsiya bojxona, valyuta va iqtisodiy uyushmalar, erkin savdo zonalari, umumiy bozorlar shaklida namoyon bo`lmoqda. Integratsion tuzilmalar (yoki uni tashkil etishga qaratilgan o`rinishlar) ga jahon savdo jamiyati (VTO), OPEK, SEV, EES, ES, NAFTA, ASEAN, MDH, Belorussiya va Rossiya Ittifoq davlatlari, Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (Qozog`iston, Qirg`iziston, va Tojikiston), SHanhay hamkorlik tashkiloti (SHOS) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. O`zaro kelishilgan qoidalar asosida faoliyat ko`rsatuvchi bank tizimi – shakllanib borayotgan yagona iqtisodiy makonning muhim elementlaridan biridir. YAxlit umumbashariy sektorlarning vujudga proteksiya kelishi (tanish-bilishchilik) siyosatining cheklab qo`yilishiga hamda kapital, mehnat resurslari va texnologiyalarning erkin harakatiga, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari raqobatbardoshligining oshishiga olib keladi.
Siyosiy va huquqiy sohalarda integratsion jarayonlar BMT ning faoliyatida, xalqaro huquq normalarini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishida, xalqaro sudlar (Gaaga sudi, Strasburgsudi va boshqalar) ning mavjudligida, shuningdek, xalqaro xavfsizlik tizimining barpo etilishida demokratik o`zgarishlarga, gender teng huquqligiga tobora ko`proq yo`l ochilishida, inson huquqlarini izchil himoyasi, jinoiy qonunchilikni erkinlashtirish va boshqalarda namoyon bo`lmoqda.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va Internet tizimining vujudga kelishi globazitsiyaning bir-biridan ajralib qolishni bartaraf etish va integratsion jarayonlarni kuchaytirishning asosiy omili bo`ldi. YAngi axborot texnologiyalari ijtimoiy aloqa va o`zaro ta`sirning makon-zamon tizimida inqilob yasadi. Vertikal aloqalar o`rnini gorizontal aloqalar egalladi, axborot harakati va ijtimoiy muloqotda davlat chegaralari barham topdi, yuz millionlab kishilarning tamoman begona abonentlar bilan yangi aloqalar o`rnatish jarayonida masofa va vaqt tushunchalari o`z ahamiyatini yo`qotdi (axborot bir zumda va butun jahonga tarqaldi). Ilgari yil va oyni talab etgan narsalar, bugunga kelib kun va soatlarda amalga oshmoqda, tanlash va qaror qabul qilish imkoniyatlari misli ko`rilmagan darajada kengayib bormoqda. SHu tariqa umumbashariy axborot tizimining o`zaro ta`siri va bir-biriga kirib borishi natijasida an`anaviy milliy davlatchilik tizimi tamoyillari yo`qolib bormoqda.
Insoniyat hayotiy faoliyatining bir qator muhim sohalarida taqchil vaziyatni keltirib chiqargan global yoki umumbashariy muammolar insoniyatning yaxlit bir butunlik sifatida uyushishida muhim omil bo`lmoqdi. Bugun dunyo yadro va kimyoviy qurollarga to`lib ketganligi natijasida sayyoramizning xohlagan nuqtasida sodir bo`ladigan keskin o`zgarishlar zanjiriy reaksiya oqibatida qaytarib bo`lmas global jarayonlarni keltirib chiqarish ehtimoli, hech bir davlatning o`zicha mavjud bo`lishi va boshqa mamlakatlar va jahon hamjamiyati manfaatlarini hisobga olmagan holda o`z siyosatini qurishi mumkin emasligini tobora chuqurroq anglab etilmoqda. Hozirgi davrda ko`plab jarayonlarning umumbashariy xususiyat kasb etayotganligi, uyoki bu mamlakat o`z faoliyatini faqat egoistik manfaatlari asosida qurishi shu mamlakatning emas, balki butun sayyora (qit`a, mintaqa va x.k ) ning xavfsizligiga tahdid etish mumkin. Albatta, turli ijtimoiy guruhlar, davlatlar, mintaqalar, shuningdek, jahon hamjamiyati hayotining turli sohalarini o`zaro aloqadorligi ilgari ham mavjud bo`lgan va anglangan. Lekin avvalgi davrlardan farqli o`laroq, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib, o`zaro aloqadorlik, o`zaro ta`sir darajasi shunchalik oshib ketdiki, turli madaniy dasturlar (maqsadlar, dunyoqarash mo`ljallari, manfaatlari, ehtiyojlari va h.k.lar) ning birgalikda mavjudligi masalasi global-planetar ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr butun insoniyatning omon qolishi muammosini dunyoga keltirdi. SHuning uchun ham tarixda ilk bor umumiy planetar manfaatlar reallikka aylana boshladi. «Jahon iqtisodiyoti», «jahon ijtimoiy tartiboti», «jahon hamjamiyati», «global gumanizm», «umumbashariy qadriyatlar» va shu kabilar zamonaviy tafakkur yo`nalishini ifoda etuvchi muhim tushunchalar bo`lib qolmoqda.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish