6-Mavzu: Iste'mol, jamg‘arish va investisiya funksiyalari Iste'mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana07.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#535813
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu.Iste'mol, jamg'arma va investitsiyalar

Yd =C 

500 
500 
390 
410 
405 
375 



Yd 
410 
390 
370 
45
0
 
Жамғармалар 
Қарз ҳисобига яшаш 
Бўсағавий даромаднуқтаси 
Жамғариш = 5 млрд
370 
Қарз = 5 млрд




-5 
470
 
450
 
430
 
410
 
390
 
370
 
Yd 


Keltirilgan ma'lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib chiqamiz (7-
chizma). 
Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ifodalaydi. Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va daromad 
bilan unga muvofiq keladigan iste'mol hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi 
(S=Yd-S). Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish nolga (0) teng bo‘lgan holda 
ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. 
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma'lumotlar va grafiklarga 
tayanib iste'mol funksiyasini yozamiz: 
C=a+bYd, bu yerda: a – avtonom xarajatlar;Yd – tasarrufidagi daromad 
(Yd=Y-T), bu yerda: T – soliqlar; 
b – iste'mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi 
koeffisient, boshqacha aytganda iste'molga chegaralangan moyillik. 
b=(ΔS/ΔYd)∙100 
Demak, iste'mol hajmi avtonom iste'molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va 
iste'mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga ta'sirchanligiga bog‘liq.
Jamg‘arish grafigini ham iste'mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash 
mumkin, ya'ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
S=-a+(1 -b)∙Yd 
Iste'mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari 
quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta'sir ko‘rsatadi: 
1. Uy xo‘jaliklari daromadlari. 
2. Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi. 
3. Baholar darajasi. 
4. Iqtisodiy kutish. 
5. Iste'molchilar qarzlari hajmi. 
6. Soliqqa tortish hajmi. 
Dastlabki besh omil ta'sirida iste'mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro teskari 
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta'sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida 
iste'mol va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining 
o‘zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta'sirida iste'mol 
va jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste'mol funksiyasini aniqlash 
borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari hajmi va 
to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va 
yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi. 
2. Iste'mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik. 
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste'mol va jamg‘arish funksiyalarini yanada 
to‘laroq bilish uchun iste'mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va chegaralangan 
moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. 
Iste'molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste'mol 
xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya'ni: 
bunda: APC – (average propensity to consume) iste'molgao‘rtachamoyillik. 
Tasarrufidagidaromaddagijamg‘arishulushinijamg‘arishgao‘rtachamoyillikd
ebataladi, ya'ni: 


Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armagao‘rtachamoyillik. 
Misoluchun, 
tasarrufidagidaromaddarajasi 
410va 
530 
shartlibirlikkavaiste'moldarajalari 
405va 
495 
shartlibirlikkatengbo‘lganholatlaruchuniste'molgao‘rtachamoyilliknihisoblaymiz, 
ya'ni: 
ARS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98- iste'molgao‘rtachamoyillik; 
ARS 

(495 

530) 

100 

93,39% 
yoki 
0,93 
– 
jamg‘armagao‘rtachamoyillik0,93 ga teng. 
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar 
miqdori ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste'mol ulushi kamayib va 
aksincha jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy 
psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior 
tasavvurlarga ko‘ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek
o‘tmish tajribasini sinchiklab o‘rganish asosida biz to‘liq ishonishimiz lozim bo‘lgan 
asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o‘sishi bilan, odatda, 
o‘z iste'mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”* 
Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste'mol 
qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste'molga va jamg‘arishga 
o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100%ga yoki koeffisient ko‘rinishda 1 ga teng: 
ARS+ARS=100% yoki 1. 
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o‘sgan qismini yo iste'mol 
qiladi, yoki jamg‘aradi. 
Iste'moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi 
daromad o‘zgarishdagi ulushi iste'molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste'molga chegaralangan 
moyillik. 
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma'lumotlariga ko‘ra ixtiyordagi daromad 410 
sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz. 
ΔS=420-405 =15; ΔYd=430-410 = 20;
MRS=(15/20)∙100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda 
iste'mol 75 % (yoki 0,75)ga o‘zgaradi. 
Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi ulushi 
jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi. 
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg‘arishga o‘rtacha 
moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda: 
ΔYd=430-410=20 ΔS=10-5=5
MRS=(5/20)∙100=25%;
Shunday qilib, iste'molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo‘lsa, 
jamg‘armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o‘sgan 
qismi yoki iste'molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Shu sababga ko‘ra iste'mol va 


jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari yig‘indisi 100%ga yoki koeffisient 
ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi.
MRS + MRS =100% yoki 1. 
MRS va MRS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin o‘zgarishga 
uchraydilar. 
3. Investisiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi. 
YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investisiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. 
Investisiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin 
ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga 
ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, 
iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investisiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat 
xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu 
bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. 
Shuningdek investisilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investisiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p 
duch kelinadigan guruhlashda investisiyalar investisiyalash ob'ektiga ko‘ra uch 
turga bo‘linadi. 
1. Ishlab chiqarish investisiyalari; 
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investisiya; 
3. Uy-joy qurilishiga investisiya. 
8-chizma. Avtonom investisiyalar grafigi 
Makroiqtisodiy tahlilda investisiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida 
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investisiyalar hajmi 
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular 
ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi. 
Avtonom investisiyalarning grafigi investisiyalar hajmi foiz stavkasi 
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstisiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
I=e-dR 
Bu yerda: I – avtonom investisiya xarajatlari; 
e–foiz stavkasi 0 ga teng bo‘lgandagi investisiya xarajatlarining maksimal 
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma 
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; 
R – real foiz stavkasi; 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish