6-mavzu: ilk o’spirinlik yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


O’spirinlarda bilish jarayonlarining o’sishi va sifat jihatdan o’zgarishi



Download 135 Kb.
bet7/10
Sana30.12.2021
Hajmi135 Kb.
#97247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ILK O’SPIRINLIK YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (maruza)

O’spirinlarda bilish jarayonlarining o’sishi va sifat jihatdan o’zgarishi.

O’spirinlarning bilish jarayonlari ta’lim va unumli mehnatning hal qiluvchi ta’siri ostida taraqqiy etib boradi. Uning taraqqiysi bilan o’quv faoliyati bir-biriga chambarchas bog’langan: bir tomondan o’quv faoliyati bilish jarayonlarini taraqqiy ettirsa, ikkinchi tomondan, taraqqiy etib va murakkablashib boruvchi bilish jarayonlari o’quv faoliyatiga munosabatni o’zgartiradi.

O’spirinlik yoshida o’qishga munosabat keskin o’zgaradi. O’qish ko’proq ongli, ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lib qoladi, ko’pchilik yigit va qizlar ma’lum ixtisoslikni tanlab o’qiydilar, yangi bilim, atama va tushunchalarni zavq bilan o’zlashtiradilar, mas’uliyatni his qiladilar, xalqqa xizmat ko’rsatish ishtiyoqi o’qishning asosiy motivi bo’lib qoladi. Bu vatanparvarlik tuyg’usinining shakllanishiga sabab bo’ladi.

Shuningdek, bu davrda o’spirinlarning o’qituvchi bahosiga munosabati o’zgaradi. Bahoni oshirib yoki kamaytirib qo’yish ularni xayajonlantiradi va hatto fanga bo’lgan qiziqishini kamaytiradi.

Yoshlik davrida aqliy taraqqiyotda ham katta o’zgarish ro’y beradi. Tez takomil etayotgan ong barcha bilish jarayonlariga ta’sir ko’rsatib, ularni mukamallashtiradi. Mushoxada qilish qobiliyati bolalarning qiziqish, idrok va xotira jarayoni bilan shakllanadi.

Takrorlashga asoslangan so’zma-so’z yodlab olish bu yoshda keng tarqalmaydi. So’zma-so’z yodlab olish qanday alohida hollarda zarurligini (ba’zi bir qat’iy ta’riflar, ifodalar va qoidalarni yodlash) o’quvchilar yaxshi tushunadilar. O’spirinlar esda saqlab qolish usullaridan reja matnlarini, jadvallarni, ma’ruzalarni tuzish, asosiy fikrlarni ajratib ko’rsatish va ostiga chizish, ilgari ma’lum bo’lgan fikrlarga taqqoslash, solishtirish usullaridan o’smirlarga qaraganda beqiyos darajada keng sur’atda foydalanadilar. Shu bilan bir qatorda, o’smirlar ba’zan ma’nosiga tushunib yodlash usullariga, masalan, o’quv matnining ayrim qismlarini qayta esga tushirish bilan almashinadigan takrorlash usuliga e’tiborsizlik bilan qaraydilar, bu usullar ularning fikricha, “kichik o’quvchilarga” xos. O’spirinlar esda olib qolishga odatda alohida-alohida yondoshadilar, nimani so’zma-so’z esda olib qolish, nimani esda olib qolmasdan faqat tushunib olish kifoya qilishini qayd qiladilar.

Yuqorida xotira to’g’risida aytilgan ko’p narsalarni o’spirinlarning diqqatiga oid tavsiflarga ham to’la asos bilan tadbiq qilish mumkin. Qiziqishlarning differentsiallashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi. Lekin ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat faqat epizodik tarzda vujudga kelishi bilan o’spirinlik yoshidan farqli o’laroq, o’smirlik yoshida barqaror hayotiy qiziqishlar mavjud bo’lgan sharoitda bu diqqat doimiy bo’lishi mumkin. O’spirinlik yoshida ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ahamiyati ham ortadiki, uni I.V.Straxov ko’rsatib o’tgan bo’lib, u o’quvchilar o’quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o’rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib unga diqqatlarini qaratishlariga oid holatlarni tekshirgan.

Diqqatni ko’chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqatni taqsimlash bir vaqtning o’zida o’qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham ma’ruza –suhbatni yozib borish, o’z javobining ham mazmunini, ham shaklini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o’z aksini topadi. Letsey va kollej o’quvchilari o’quv ishlari jarayonida o’zlariga ta’sir qiladigan chalg’ituvchi narsalarga o’smirlardan ko’ra ko’proq qarshi turishga, bardosh berib engishga qodirdirlar.

Xulosa tariqasida diqqatning o’spirinlar uchun xarakterli bo’lgan yana bir xususiyatini, uning tanlovchanligini ham aytib o’tmoqchimiz. O’spirinlarning ayrimlarida diqqatni tanlovchanligi shu narsada ham ko’rinadiki, ular o’quv materialini idrok qilar ekanlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatliligi nuqtai nazaridan idrok qilishga harakat qiladilar. O’quvchi mazkur bo’limning muhimligini aniqlab olgach, uni aktivlik bilan idrok qiladi. Agar unga material muhim bo’lib tuyulmasa, u o’z diqqatini susaytiradi. Shunisi qiziqki, diqqatning bu o’ziga xos harakati ko’pincha atayin ro’y bermaydi: O’spirin hamma vaqt ham o’z diqqatining ikkilanishlari haqida o’ziga hisob beravermaydi. Odatda o’spirinning diqqati shu sohadagi muayyan bilimlarni amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi.

O’spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilikdir.

O’spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g’oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asarni o’qishgan, biroq hech qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yodoshmasdan o’qituvchining har bir so’zini esda saqlab qolib, hech o’zgarishsiz qaytadan aytib berishga harakat qilishgan uchinchidan, o’zlari maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatlarida eshitganlari, o’qiganlari bilan o’qituvchining axboroti, ma’lumoti, xabarni umumlashtirib javob berishgan, to’rtinchidan, o’z fikrlarini bayon etishga qiynalganlarida asardan ko’chirma keltirishgan O’spirinlarda nazariy tafakkurni shakllantirishda to’garak va fakultativ mashg’ulotlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o’spirin o’quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda fan o’qituvchilari, guruh rahbarlarining siymolari muhim rol o’ynaydi, ular o’spirinlarda o’rganilayotgan narsa va hodisalarning ob’ektivligi, haqqoniyligi, to’g’rililigiga ishonch xosil qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o’rgatib borishlari zarur. Ikkinchidan fan o’qituvchilari ularni narsa va hodisalar to’g’risida original fikr yuritishga yo’llashlari kerak. Uchinchidan, o’quvchilarning mashg’ulotlarda qo’llanaverib, ma’naviy eskirgan, bir qolipdagi so’zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. To’rtinchidan, fan o’qituvchilari o’spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim.

O’spirin fan asoslarini o’qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish va munozaraga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ularda moddiy dunyo to’g’risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidek keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tafakkurning tanqidiyligini tarbiyalashda o’qituvchi o’quvchining o’ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o’qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyati va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bilishiga, mavjud o’qish ko’nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim.

O’spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi deganda o’spirin ongida tevarak –atrofdagi voqelik bo’yicha mulohazalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o’zaro bog’lanishi va munosabatlari o’spirinning fikrlashida to’liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o’zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog’liq bo’ladi. O’spirin narsa va hodisalarning eng muhim alomat va xususiyatlarini mujassamlantirsa, o’tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni keng tafakkur deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, o’spirin tashabbuskorlik bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi va ularni hech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi deganda o’spirinning o’z oldiga yangi g’oya, muammo va vazifalar qo’yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni ham o’zi topishiga intilishini anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo’llay olishda, eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo’ladi. Agar u muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo’lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.

O’spirin tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mustahkam saqlanganligi, uni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishning tezligiga, turli his – tuyg’ularning mavjudligiga, o’quvchining diqqati va qiziqishiga: ikkinchidan, o’spirinning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko’nikma va malakalariga bog’liqdir.

O’spirinlik davrida o’qish faoliyati o’smirlik davridagidan farq qiladi. O’spirin materialni tushunib va uni hayotga tadbiq eta bilishning zarurligini tushuna boradi, tajribasi ortadi va bilimning mustaqil hayotga nima keragi bor degan savolni qo’ya boshlaydi. Shuning uchun ham dars hayot bilan, tajriba bilan bog’lansagina o’quvchida qiziqish uyg’otadi.

Yana shu narsa xarakterliki, bu davrga kelib o’spirinlar o’zlariga ma’qul bo’lgan yo’nalishni - ilmini oshirishi yoki kasb-hunar egallashni tanlagan bo’ladilar, o’quvchilarning qiziqishlari ularning ehtiyojlari, intilishlari asosida tarkib topadi. Bunday o’quvchilar ko’p hollarda boshqa fanlarni o’zlashtirishga etarli ahamiyat bermaydilar. Fan o’qituvchilari bu holning tezda oldini olishlari zarur. Buning uchun darsda o’quvchilarning ijodiy faolligini oshirishga harakat qilish, savol-javoblar, munozaralarni, yangi pedagogik texnologiyani keng qo’llash kerak. Har bir fan o’qituvchisi o’quvchilarda o’z faniga qiziqish uyg’ota olishi, mazkur fanning uspirinning kelajak hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ular ongiga etkaza bilishi kerak. O’spirinlarning o’rganayotgan fanlarining faqat nazariy tomonlarini emas, ularni amaliyot bilan, hayot bilan bog’lashga o’rgatish kerak.

Bu davrda o’spirinlar ko’p narsaga qiziqib ochiq savollar bera boshlaydilar, ularning savollari javobsiz qolmasligi, ularni o’z ichki kechinmalarini yashirmaslikka o’rgatish kerak.

O’spirinlarda materialni chuqur, keng o’zlashtirishda xayol jarayoni muhim o’rin tutadi. Ma’lumki, o’quv materialini o’zlashtirishda tasavvur xayoli katta rol o’ynaydi. Ko’pgina o’quvchilar tarixiy voqealar, geografik ma’lumotlar, adabiy obrazlar, hato, matematik bilimlarni yaqqol tasavvur eta olmasa, ularning ma’nosini chuqur tushuna olmaydi. Yigit va qizlarda tasavvur xayoli bilan birga ijodiy xayol ham muhimdir. Masalan, asbob v mashinalarning texnik konstruktsiyasini yasashda, dramatik to’garaklarda va boshqa qator faoliyatlarda bu xayollardan foydalaniladi. Orzu xayolning maxsus shaklidir. Yoshlik davridagi orzu shaxsiy sifatlarning shakllanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi.




Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish