6-mavzu.
Hujayra fiziologiyasi.
Reja:
1.
Hujayra ning ta’sirlanishi,
2.
Hujayra
ning shikastlanishi,
3.
Hujayra ning qo’zg’alishi,
4.
Hujayra ning o’tkazuvchanligi,
5.
Hujayra ning harakatlanish xususiyatlari
Hujayra biologik sistema bolib, tashqi muhit bilan uning oitasida doimo modda
va energiya almashinib turadi. Ko‘p hujayrali organizmda hujayra uchun tashqi muhit
boiib hujayra tashqarisidagi suyuqlik hisoblanadi. Ko‘p hujayrali organizmda har bir
hujayra o‘zining modda almashinuvi darajasi bilan farqlanib turadi. Tashqi muhitdan
hujayragahujayra ichki tuzilmalarini hosil qilishda ishtirok etadigan hamda hujayrada
parchalanib energiya bemvchi moddalar va kislorod kiradi.
Yuqorida aytilgan
moddalar hamda suv, ionlar, vitaminlar, gormonlar (hujayra funksiyasini boshqarib
tumvchi) hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membrana orkali aktiv
va passiv transport yo‘li bilan hujayraga kiradi. Xuddi shu yo‘l
bilan hujayra
metabolizmi mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Moddalaming hujayra
ichiga aktiv kirishi (moddalaming yig‘ilishi) va tashqariga chiqarihshi (sekretsiya va
ekskretsiya) energiya sarf bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pgina hujayra membranalarida
shu protsessni ta’minlovchi ATF-aza sistemasi yaxshi rivojlangan bo iadi.
Moddalaming hujayra ichiga kirishida hujayra organoidlari, xususan, endoplazmatik
to‘r va Golji kompleksi ham ishtirok etadi. Fagotsitoz. Ko‘p hujayrali
organizmlaming hujayralari zarur moddalami eritmalar holida oladi.
Plazmatik
membrana orqali hatto yirik molekulalaming hujayralar ichiga kirishi ham elektron
mikroskopda ko‘rilgan. Ba’zi bir hujayralar esa qattiq moddalami ham yutish
qobiliyatiga ega. Bu jarayon fagotsitoz deb nomlanadi,
buni birinchi marta
I.I.Mechnikov tomonidan o‘tgan asr oxirida aniqlangan. Fagotsitoz qobiliyati
biriktiruvchi to‘qima hujayralari makrofaglarida, jigar sinusoid kapillyarining
endotelial
hujayralarida, buyrak usti bezi, gipofiz, qon ishlovchi organlaming
retikulyar hujayralarida (suyak ko‘migi, taloq, limfa tuguni) ham bor. Fagotsitoz
ketma-ket bo‘ladigan 4 fazadan iborat: 1) fagotsit va fagotsitoz qilinuvchi moddaning
o‘zaro yaqinlashishi. Bu - fagotsitning moddaga
nisbatan xemotaksisi bilan
belgilanadi; 2) fagotsit va fagotsitoz qilinuvchi moddaning juda ham yaqinlashishi
(atraksiya davri); 3) moddaning yutilishi; 4) hazm qilinishi. Moddalaming fagotsitoz
qilinishi fagotsit plazmatik membranasinipg invaginatsiyasi orqali ro‘y beradi.
Yutilgan moddalar gidrolitik fsrmentlarga boy lizosomalarda parchalanadi.
Pinotsitoz. Qattiq moddalami fagotsitoz qilishdan tashqari hujayra suyuq moddalami
ham yutishi mumkin. Bu protsessni birinchi marta Lyuiskuzatgan. Elektron
mikroskopda oxirgi yillarda olib borilgan tekshirishlar pinotsitoz protsessida hujayra
plazmatik membranasining ahamiyati kattaligini ko‘rsatdi. Suyuqlik tomchisi hujayra
membranasining bir qismi bilan o‘ralib, sitoplazmaga o‘tadi va u yerda hujayra
qobig‘idan ajraladi.
Shunday qilib, pinotsitoz pufakcha devori plazmatik
membranadan tashkil topgan.Pinotsitoz. Ipgichka ichak prizmatik hujayrasining
apikal qismi. Elektron mikrofotogramma. x35.000. 1- mikrovorsinka; 2-pinotsigoz
invaginatsiya; 3-pinotsitoz vakuol.Pinotsitoz mexanizmi quyidagi fazalami o‘z ichiga
oladi: 1) tashqi sitoplazmatik membrana invaginatsiyasining
hosil boiishi; 2) shu
invaginatsiyalarga suyuqlik tomchisining yutilishi; 3) pufakchalarping sitoplazma
ichiga o‘tishi hamda sitoplazmatik vakuolalaming hosil boiishi. Pinotsitozga yaqin
protsess
rofeotsitoz boiib, bunda submikroskopik zarrachalar va makromolekula
yutiladi. Rofeotsitozni pinotsitozdan farqli ravishda faqat elektron mikroskopda
ko‘rish mumkin.