6-Mavzu: Gidravlik zarba. Gidravlika mashinalari Reja: Gidravlik zarba. To‘g‘ri zarba uchun N. E. Jukovskiy formulasi


To‘g‘ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasi



Download 103,91 Kb.
bet3/7
Sana23.05.2022
Hajmi103,91 Kb.
#607372
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu Gidravlik zarba. Gidravlika mashinalari Reja Gidravlik

To‘g‘ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasi.

Gidravlik zarba vaqtida bo‘ladigan o‘zgarishlarni va zarba kuchini hisobga olish uchun zarba bosimi ∆p3 ning qiymatini aniqlash kerak. Buning uchun zarba bosimi ostida suyuqlikning siqilgan holi uchun harakat miqdorining o‘zgarishi haqidagi teoremani qo‘llab, gidravlik zarba bosimi uchun N.E Jukovskiyni quyidagi formulasini olamiz:


∆p3=0 a
Bundan ko‘rinadiki, gidravlik zarba bosimi suyuqlikning zichligi, tezligi va shu suyuqlikda to‘lqin tarqalishi tezligiga proporsional bo‘lib, ularning ko‘paytmasiga tengdir. Agar suyuqlikda to‘lqin tarqalishi a suyuqlikning va quvurning elastiklik xossalariga bog‘liq bo‘lsa, umumiy holda to‘lqin tarqalishi

b
ilan ifodalanadi. deformatsiyalanmaydigan (E = ) quvurlar uchun esa


k
o‘rinishga ega bo‘ladi.
Bu erda: K—suyuqlikni elastiklik moduli
R—Quvur radiusi.
E—materialni elastiklik moduli.
—Quvur qalinligi
Oxirgi formula zichligi va elastiklik moduli K bo‘lgan suyuqlik uchun tovush tezligidan iboratdir.
Tezlik suv uchun 1435 , benzin uchun 1116 , yog‘lar uchun 1400 deb taxminiy hisoblash mumkin. Albatta, Quvurning materialiga qarab u ko‘proq yoki kamroq bo‘ladi.
Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha
Agar jo‘mrak to‘liq yopilmasa va suyuqlikning tezligi butunlay so‘nmasa, hamda u 0 dan  ga kamaysa, bunda chala gidravlik zarba hosil bo‘ladi. Bunday zarba uchun N.E.Jukovskiy formulasi quyidagicha yoziladi.
∆p3 =  (0 — ) a
Bu formula jo‘mrakning bir onda (juda tez) yopilmagan holi uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Agar jo‘mrakning yopilish vaqtini t desak va gidravlik zarbaning jo‘mrakdan idishga borib, undan qaytib kelish vaqtini t0 desak, u holda
t < t0
bo‘lganda kranning yopilishi oniy bo‘lgan deb qarash mumkin. Bunda t0 gidravlik zarbaning fazasi deyiladi, zarbaning o‘zini esa to‘g‘ri gidravlik zarba deyiladi. t > t0 bo‘lganda esa teskari gidravlik zarba deyiladi va zarba to‘lqini kran butunlay yopilib ulgurmasidan oldin idishdan qaytib jo‘mrakka yetib keladi. Tabiiyki, bu holda bosimning ortishi ∆p3 to‘g‘ri zarba holidagi ∆p3 ga qaraganda kichik bo‘ladi.
Agar oqim tezligi jo‘mrak yopilishiga qarab kamayib borsa, bosim esa vaqt bo‘yicha chiziqli ortadi deb hisoblasak (3- rasm), u holda

munosabat o‘rinli bo‘ladi. Bundan:
(1)
Shunday qilib, teskari gidravlik zarba bosimi ∆p3 to‘g‘ri zarba bosimi ∆p3 dan farqli ravishda quvurning uzunligiga bog‘liq, a tezlikka bog‘liq emas.
Hozirgi vaqtda gidrosistemalarda tez ishlaydigan boshqarish uskunalari (elektromagnit jo‘mraklar va h.) qo‘llanishi sababli, ularning ishga tushish vaqti juda qisqa (taxminan 0,008 – 0,002 s) bo‘lib, ∆p3 juda katta qiymatlar (bir necha va hatto o‘nlarcha )ga erishadi. Bosimning bunday ortishi gidrosistemalar ayrim bo‘laklarining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, gidravlik zarbada bosim impulslari butun gidrosistema bo‘yicha tarqalib, uning ayrim boshqaruv qurilmalari (bosim relesi, gidroqulflar va h.k)ning to‘satdan ishlay boshlashiga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda gidravlik zarbaga qarshi kurash usullaridan foydalanish kerak bo‘ladi.




Download 103,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish