6-Mavzu: Germenevtika, ilmiy ratsionallik va ilmiy tadqiqot mutanosibligi. Reja: 1


Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik



Download 66,54 Kb.
bet6/11
Sana31.01.2022
Hajmi66,54 Kb.
#420548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу ИТМ. янги

Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Obyektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning obyektiv qonunlaridan kelib chiqib, о‘zimizning о‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir bо‘lgan о‘z «insoniylashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu ma’noda biz dunyoga о‘z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq bо‘lgan, о‘zlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz.
Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bо‘lgan boshqa bilimga о‘tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog‘langan kо‘p sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning о‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar – sensualizm va ratsionalizm mavjud bо‘lgan. Birinchi nuqtai nazarga kо‘ra, haqiqatning tagiga yetishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi.
Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini taqozo etishini, о‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular bir-biriga о‘tishini kо‘rsatdi.
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini о‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson о‘zini qurshagan dunyo bilan о‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning о‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bо‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bо‘lgan qaysi narsalar majmui bilan о‘zaro aloqada yuz berayotgan bо‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mо‘ljal oladi. Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish kо‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari – sezish, idrok etish va tasavvur qilish. Hissiy bilish bizni о‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U kо‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalarning, odatda, о‘zgaruvchan va tasodifiy bо‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat kо‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalarni aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bо‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlarni bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi – nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi.
Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, ya’ni tashqi dunyoni va insonning о‘zini belgilovchi aloqalar, bog‘lanishlar va о‘zaro aloqani anglab yetadi. Hissiy bilishdan farqli о‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi. Ratsional bilish shakllari tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Ratsional bilish dunyoni bilishning tomonlaridan biri sifatida aql va tafakkur kо‘rinishida mavjud bо‘ladi.
Aqliy faoliyat – bu fikr shakllari bilan aniq belgilangan sxema, andozaga muvofiq ish kо‘rish. Aql yaxlit bir butun narsalarni bir-birini istisno qiluvchi qarama-qarshiliklarga ajratadi. Aql faoliyati nazariy fikrlash uchun zarur. Aql-idroksiz fikr mujmal va nomuayyan bо‘ladi. Aql nazariyani formallashtirilgan tizimga aylantirishga harakat qiladi va fikrlash jarayoniga tizimli, izchil tus beradi.
Aql-idrokdan farqli о‘laroq, tafakkur tushunchalar bilan ularning mazmuni va tabiatini anglagan holda ish kо‘radi. Tafakkur yordamida hodisalar, jarayonlar ijodiy faol, izchil aks ettiriladi. U – bunyodkorlik faoliyati, inson ehtiyojlari va mohiyatiga muvofiq keladigan dunyoni yaratish quroli.
Inson bilimi – hissiy va ratsional faoliyatning birligi. Ushbu bilim chо‘qqilaridan turib obyektiv borliq anglab yetiladi, uni oqilona о‘zgartirish yо‘llari belgilanadi. Shu bilan bir vaqtda bilim ba’zan tafakkurning yaratilgan shakllari chegarasidan chetga chiqadi, uni ma’lum tushunchalar yordamida tushuntirishning iloji bо‘lmaydi, ya’ni u irratsional unsurlarni о‘z ichiga oladi.
Irratsionallik – aql bilan bilish mumkin bо‘lmagan, mantiqiy fikrlash bilan muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar. Unga mantiqni о‘zgartirish, uni fikrlashning yangicha shakllari bilan boyitish yо‘li bilan barham beriladi. Ammo irratsional bilimni oqilona bilimga aylantirish jarayoni hech qachon tugamaydi. Irratsional qoldiq hamisha mavjud bо‘ladi va bir irratsional narsa yoki hodisa oqilona tus olsa, albatta boshqa bir irratsional narsa yoki hodisa paydo bо‘ladi, inson fikri uning tafakkuriga ma’lum bо‘lmagan yangi tushunarsiz narsa yoki hodisa bilan tо‘qnashadi. Ayni shu sababli oqilona narsalar va hodisalargina о‘zgaradi, katta aql esa о‘zi kabi katta qarama-qarshilik bilan tо‘qnashadi va uni yaratadi. Irratsionallikning mavjudligini inkor etish yaramaydi. Tabiat va ijtimoiy hayot dunyoning oqilona yaratilgan manzaralaridan birortasining ham doirasiga sig‘maydi va har qanday aql tarixan cheklangan xususiyat kasb etadi.

Download 66,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish