4. Ilmiy tadqiqotga axborot va axborot texnologiyalarining ta’siri
Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili. Sо‘nggi yillarda «axborot», «invariantlik», «nomuayyanlik» kabi umumilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga kо‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat obyektlar va jarayonlarni kо‘rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.
Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’rifi yо‘q.
Axborotning eng sodda klassik ta’rifi bu – ma’lumot berishdir. N.Viner fikricha, “Axborot – tashqi olamga kо‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir”5. Bu yerda axborot tashqi olamni aks ettirish (gnoseologik jihat) va adaptatsiya (unga qо‘nikish) deb ifodalanadi. L.Popov “Axborot kommunikatsiya va aloqa jaaryonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi”6 deb hisoblaydi. Bu ta’rifda asosan axborotning falsafiy -psixologik (kommunikatsiya, aloqa) tomoniga e’tibor qaratiladi.
R.Eshbi “Axborot – strukturalarning meyori, yangilik, originallik”7, S.Mol esa, “Axborot – tanlash ehtimolligi”8 deb ta’rif beradi. L.G.Svitich “Axborot tushunchasi kо‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui”9 deb tushunadi.
Axborot – obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bо‘lib, о‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mо‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bо‘ladi. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari.
«Axborotni о‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»10.
«Axborot», «ma’lumot», «bilim» tushunchalari kо‘pincha bir-biriga о‘xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumotlar sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televideniye muxbiri intervyu jarayonida muayyan axborot oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini о‘rganish markazi uchun ma’lumot bо‘lib xizmat qiladi. Mazkur markaz tomonidan e’lon qilingan axborotdan, о‘z navbatida, yuqori idora tahlil uchun ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar muayyan xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Ular saqlanishi, uzatilishi va berilishi mumkin, ammo axborot sifatida amal qilishi mumkin emas. «Ma’lumotlar» tushunchasi о‘zaro bog‘liq bо‘lmagan dalillar majmuini aks ettiradi. Ma’lumotlarni tahlil qilish, aloqalarini aniqlash, eng muhim dalillarni ajratish va ularni sintez qilish yо‘li bilan axborotga aylantirish mumkin. Shu bois axborot ma’lumotlarga qaraganda kо‘proq qimmatga ega bо‘ladi. Axborot bu oqilona foydalanish uchun muayyan shaklga solingan ma’lumotlardir. О‘z navbatida, axborot bloklarini tegishli tarzda ishlov berish yо‘li bilan yaxlit bilim korpusiga aylantirish mumkin.
Ammo har qanday axborot ham bilim bо‘la olmaydi. Xо‘sh, axborot va bilimning о‘zaro nisbati qanday? Kо‘pincha bu tushunchalar bir-biriga о‘xshatiladi, Falsafa qomusiy lug‘atida bilim «Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida xosil qilgan ma’lumotlari»11, deb tavsiflanadi. Bizningcha, bu fikrga qо‘shilib bо‘lmaydi. Ammo bilim va axborotning о‘zaro nisbati muammosining bir xil yechimi mavjud emas.
Umuman olganda, axborot tushunchasi bilim tushunchasidan kengroq. Masalan, sо‘qmoqda yotgan singan daraxt shoxi axborot beradi – yо‘lovchining harakat yо‘nalishini kо‘rsatadi, ammo yо‘l haqida – uning og‘irligi, uzunligi, relyefi, sо‘qmoqdan о‘tish uchun qulay kun vaqti yoki yil mavsumi va hokazolar tо‘g‘risida bilim bermaydi. Bilim – bilish faoliyatining natijasi, mazkur faoliyat yordamida olingan borliq haqidagi tushunchalar tizimi. Binobarin, har qanday bilim ham axborot beravermaydi. Faqat muayyan darajada о‘zgartirilgan, tilda (ovozlar, imo-ishoralar, rasmlar va b.) qayd etilgan va ifodalangan axborotga bilim deb qarash mumkin. Bilim, ijtimoiy va tabiiy borliqning belgi shaklidagi ideal in’ikosi sifatida, axborotdan farqli о‘laroq, shaxsiy insoniy hodisa hisoblanadi, u subyektiv shaklda mavjud bо‘ladi. Axborot nafaqat subyektiv shaklda (bilim shaklida), balki obyektiv shaklda ham mavjuddir. U о‘zining bevosita yaratuvchisidan ajratilgan va boshqa moddiy tashuvchilarda mustahkamlangan. Axborot doim aloqa tarmoqlari orqali bilim berish xususiyatiga ega, bilim esa doim о‘z yaratuvchisining shaxsi bilan bog‘liq.
Boshqa tomondan, agar biz axborotni faqat formallashtirilgan bilim deb, bilimni esa ongning mavjudligi shakli deb tushunadigan bо‘lsak, bilim tushunchasi axborot tushunchasidan kengroq. Biron bir simvol yoki simvollar guruhi о‘zining faqat fizik xususiyatiga kо‘ra bilim bо‘la olmaydi. Ular bilimga aylanishi uchun muayyan ma’noga ega bо‘lishi va faoliyat uchun asos bо‘lib xizmat qilishi, ma’lum pragmatik munosabatlarga kirishishi lozim. Bilim jarayon yoki narsa emas, balki subyekt bilan obyekt о‘rtasidagi munosabatlarning alohida tizimidir. Bilim insonning borliqqa nisbatan amaliy munosabatda bо‘lishi jarayonida yuzaga kelgan, inson faoliyatining zarur sharti hisoblangan borliqning hissiy va mantiqiy shakllardagi in’ikosidir. Bilim tarkibida doim axborot mavjud, lekin bu «insoniy» axborot о‘z xususiyatlariga ega. Bilim – inson ongining tarkibiy qismi. Ong, bilimdan tashqari, hissiyot, kayfiyat, sezgi, iroda va hokazolarga ham ega. Bilim, ongning tarkibiy qismi sifatida, ular bilan chambarchas bog‘liq. Axborot kommunikativ jarayonga qо‘shilib, bilim muayyan shaxsning boyligiga aylanishiga imkoniyat yaratadi. Bilim – subyekt ongining mazmuni, bilish faoliyatining natijasi, amalda mavjud predmetlarga bog‘langan bilish obrazlari majmui. Muayyan subyekt bilimining mazmuni hech qachon idrok etilgan axborot mazmuni bilangina cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan axborotni anglab yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi.
Darhaqiqat, insoniyat ilgari hech qachon hozirgidek jadal sur’atlarda axborot tо‘plamagan. Bu ayniqsa ilmiy bilimlarning о‘sishiga xosdir. Agar milod boshidan ilmiy bilimlarning ikki baravar о‘sishi uchun 1750 yil talab etilgan bо‘lsa, ikkinchi shunday о‘sish 1900 yilda, uchinchi о‘sish esa – 1950 yilda, ya’ni atigi 50 yil ichida sodir bо‘ldi. Bu yarim asr mobaynida axborot hajmi 8-10 baravar kо‘paydi. Agar XIX asrda ilmiy axborot hajmi har 50 yilda ikki baravar kо‘paygan bо‘lsa, hozirda har 20 oyda ikki baravar kо‘paymoqda.
Axborot ijtimoiy – iqtisodiy, texnologik va madaniy taraqqiyotning muhim resursidir; undan foydalanish masshtablari, an’anaviy resurslardan foydalanish (energiya, xom ashyo va h.k.) masshtablariga teng. Axborotga sarf qilingan mablag‘ makroiqtisodiy ahamiyatga ega. Axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan kunga ortmoqda. Axborot bilan ishlash usullari о‘zgarmoqda, yangi axborot texnologiyalarini qо‘llash sohalari kengaymoqda.
Axborot о‘z subyekti va obyekti (manbai) о‘rtasidagi о‘zaro aloqa jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga qodir о‘zini о‘zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat kо‘rsatuvchi muhim qismi, kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bо‘ladi. U bir qancha xossalarni о‘zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati birinchi о‘ringa chiqadi.
Axborot –obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bо‘lib, о‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mо‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bо‘ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat jarayonida о‘z mazmuniga ega. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlaridir. «Axborotni о‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»12.
Ilmiy bilimlar hajmining о‘sishi bilan bog‘liq bо‘lgan demokratik jamiyat sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammo asosan bilimni semiotika vositalari yordamida soddalashtirish yо‘li bilan shaklan о‘zgartirish bilan bog‘liq.
Axborotning evristik mazmunini о‘rganishda informatsion vaziyatning quyidagi unsurlari muhim о‘rin tutadi: 1) axborot subyekti (axborot oluvchi, uni о‘zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot obyekti (axborot manbai): subyekt bilan о‘zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan rang-baranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Subyektning qizg‘in izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida amal qiladi. Tashqi ta’sirlardan axborot obyektining subyektga ta’siri, ta’sirni kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, subyektning bilim darajasi ta’sirida о‘zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin.
Xullas, axborot va bilim о‘zaro nisbatining bir xil ta’rifi mavjud emas. Faqat shu narsa aniqki, ular о‘rtasida chuqur dialektik aloqa mavjud. Bu aloqa shu qadar chuqurki, ba’zan axborot va bilim tushunchalari kundalik amaliyotimizda, ayniqsa, hozirgi kunda informatsion portlash deb nom olgan inson bilimining jadal о‘sishi tо‘g‘risida sо‘z yuritilgan hollarda bir-biriga о‘xshatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |