klassik falsafasi namoyondalari I. Kant va G. Xegel dialektikasida qimmatli
g’oyalar mavjuddir. Rivojlanishning yaxlit konsepsiyasi, eng avvalo insoniyatning
tarixiy rivojlanishi haqidagi mumtoz fikrlar obyektiv idealizm nuqtai nazaridan
turib Xegel falsafasida ilgari surilgan edi.
Materialistik dialektika nuqtai nazaricha, butun moddiy dunyo, barcha moddiy
va ma’naviy obyektlar paydo bo’lish, gullab-yashnash va yo’qolish bosqichlarini
boshidan o’tkazadi, ya’ni ular beto’xtov rivojlanish holatidadir. Rivojlanish
jarayonining zamirida harakat va o’zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir
o’zgarishdir. Agar harakatni umuman o’zgarish, ya’ni har qanday o’zgarish
ma’nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o’zgarishdir. Rivojlanish
jarayonida obyektni tashkil etuvchi barcha elementlar o’zgarishga uchraydi. Lekin,
bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-biriga aloqador holda, kompleks va
yahlit holda o’zgaradi.
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o’zgarishi natijasida bir miqdoriy
va sifatiy holatdan boshqa o’zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi. Shu tariqa
o’zgarish sistemaning yaxlit o’zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga)
sababchi bo’ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu
jarayonni vaqtning oqishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz:
hozirgi zamon o’tgan zamonning aylangan holati, va kelgusi zamonning
aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir.
Bundan, siklik aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib
chiqadi. Sistemaning aylanishi o’zining yo’nalishiga egadir. Sistema paydo
bo’lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va
halokat holatida bo’lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir
bo’ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha
soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari
yo’naladi. Bu esa, rivojlanish – yo’nalishga ega bo’lgan o’zgarishdir, degan
xulosani beradi.
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq
sistemaning o’zi bo’lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan
yonma-yon yashayotgan boshqa qo’shni sistemalar bilan o’zaro aloqadorlikka
kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi o’zgarishlarga uchraydi. Bu
o’zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va tashqi
aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv
rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida
rivojlanayotgan sistema har tomonlama o’zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil
o’zgarishlar esa orqaga qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish –
orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonida sistemaning yangi holati uning ilgarigi (eski) holatini
inkor etish natijasida paydo bo’ladi. Rivojlanayotgan sistemaning hozirgi holati
uning o’tmishdagi holatini inkor etish evaziga vujudga keladi. Sistemaning ilgarigi
va keyingi holatlarini taqqoslash natijasida biluvchi subyekt rivojlanishning sur’ati
(tempi)ni va yo’nalishini aniqlashi mumkin. Agar rivojlanuvchi sistema nisbatan
kam tashkillashgan holatdan yuqoriroq darajada tashkillashgan holatga o’tgan
bo’lsa, bunday sistemadagi rivojlanish progressiv yo’nalishga ega bo’ladi, agar
sistema nisbatan yuqori darajada tashkillashgan holatdan pastroq darajadagi
tashkillashgan holatga o’tsa, rivojlanish regressiv yo’nalishda borayotgan bo’ladi.
Agar rivojlanish natijasida sistemaning tashkillashgan holati o’zgarishsiz qolsa,
bunday rivojlanish bir tekisdagi rivojlanish deyiladi. Bunday holatlarda
sistemaning murakkablik va tashkillashish darajasi ilgarigidek qolgani bilan, uning
elementlari o’rtasidagi va uning boshqa sistemalar orasidagi o’rni o’zgaradi,
bunday o’zgarishlar u bilan yonma-yon yashayotgan yoki unga nisbatan kengroq
bo’lgan boshqa sistemalarda progressiv yoki regressiv rivojlanishlar sodir
bo’lishga zamin yaratadi.
Rivojlanish jarayonida sistemadagi o’zgarishlarning bunday xususiyatlardan
kelib chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Rivojlanish
sistemaning shunday yaxlit, kompleks, yo’nalishga ega bo’lgan, orqaga
qaytmaydigan fazo-vaqt strukturasi o’zgarishiki, uning natijasida sistema bir
miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi
.
Bu prinsipga ko’ra, obyektni bilish davomida bizning shu
obyekt haqidagi subyektiv fikrlarimizga emas, balki uning
o’z tabiatiga asoslanmoq, predmet haqidagi fikrni
predmetning o’ziga bo’ysundirmoq, obyektga o’ylab chiqarilgan sxema va
tuzilmalarni yopishtirmaslik, balki ularni obyektining xususiyatlari, qirralari va
tomonlaridan chiqarmoq kerak. Obyektni tadqiq etish jarayonida bu o’ta muhim
metodologik prinsipning buzilishi bizni soxta xulosalarga, haqiqiy ahvolning
ixtiyoriy yoki g’ayriixtiyoriy ravishda buzib ko’rsatilishiga olib keladi, bu xol
amalda obyektni o’rganayotgan subyektning (odam, kishilar guruhi yoki butun
jamiyatning) shu obyektni bilish va ijodiy o’zlashtirishiga to’sqinlik qiladi.
Bilish subyekti shu prinsipga asoslanib, obyektning xususiyatlari, o’ziga xos
alomatlari va aloqalarini, mavjud bo’lish va o’zgarish qonunlarini hisobga olmog’i
kerak. Faqat shundagina subyektga tadqiqot obyektining botiniy tabiati, chin
mohiyati namoyon bo’ladi.
Obyektni har tomonlama chuqur qarab chiqmoq uchun uni
mushohada qilishning o’zi yetarli emas. Obyektning bizga
ma’lum bo’lmagan barcha yangidan-yangi xossalarini ochish uchun unga
faollik bilan, muayyan maqsadni ko’zlab ta’sir ko’rsatmoq, uni o’z tabiati uchun
g’ayritabiiy bo’lgan turli, ko’pincha ekstremal sharoitga qo’ymoq, boshqa omillar
bilan o’zaro ta’sir o’tkazishga majbur etmoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: