6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Munosabat

.  Aloqa  tushunchasi  o’zaro  aloqa,  harakat,  munosabat 

tushunchalari  orqali  yoritiladi

.  «Hozirgi  zamon  falsafa  lug’ati»da

2

 

munosabat 



tushunchasi  «narsalarning  o’zaro  mavjudlik  usuli,  ularda  yashirin  xossalarning 

namoyon bo’lish omili» sifatida ta’riflangan

. Bu ta’rifda munosabatni tavsiflovchi 

quyidagi  jihatlar  farqlanadi:  birinchidan,  narsalarning  o’zaro  mavjudligi, 

yaqinlashuvi,  birlashuvi.  Ikkinchidan,  munosabat  narsaning  xossalarini  namoyon 

etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning 

birlashuvi  sifatidagi  munosabat  ta’sirida  kooperativ  effekt,  ya’ni 



narsalar 

holatlarining  bir-birini  o’zgartirishi

  yuz  beradi.  Bunda  munosabat  yuzaga 

kelgunga  qadar  yashirin  holda  mavjud  bo’lgan  narsalarning  xossalari  bir-biriga 

o’tadi va namoyon bo’ladi. 

Xullas,

 

munosabat,  bir  tomondan,  narsalarning  o’zaro  aloqasini,  boshqa 

tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.  

O’zaro  ta’sir 

narsalarning  o’zaro  aloqadorligini,  ular  bir-biriga  ta’sir 

ko’rsatishi  va  bir-birini  o’zgartirishini  anglatadi.

  Ammo  o’zgarish  –  harakat 

falsafiy  tushunchasining  sinonimidir.  Binobarin,  umumiy  aloqaning  tan  olinishi 

bizni muqarrar tarzda borliqning o’zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga 

olib  keladi.  Umuman  o’zgarish  sifatida  tushuniladigan  harakat  butun  olamni 

qamrab  oladi,  dunyoda  hamma  narsa  muayyan  paytda  vujudga  keladi,  tadrijiy 

rivojlanadi,  o’zgaradi  va  g’oyib  bo’ladi  (o’ladi,  halok  bo’ladi,  barham  topadi). 

Demak,  har  qanday  hodisa  o’z  tarixiga  ega.  Ayni  shu  sababli  tabiat  va  jamiyat 

hodisalarini o’rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur.  

O’zgarishlar  o’z  xususiyati  va  yo’nalishiga  ko’ra  tartibsiz  o’zgarishlar, 

aylanma  harakatlar,  jismlarning  makonda  bir  joydan  boshqa  joyga  mexanik 

ko’chishida  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Rivojlanish  o’zgarishning  alohida  tipi 

hisoblanadi.  

Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o’zgarish va rivojlanish manbai 

sifatidagi  tavsifini  to’ldiradi,  harakatlanayotgan,  tadrijiy  rivojlanayotgan 

dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o’zaro 

ta’sirlarsiz  mavjud  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  obyektlar  amalda  mavjud  emas. 

                                                           

2

 Қаранг: Современнқй философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497. 




Dialektikaning  muhim  belgilaridan  biri  va  umumiy  aloqa  tamoyilining  mazmuni 

aynan obyektlarning har tomonlama o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlarini hisobga 

olishdan iborat.  

Shunday  qilib,  dialektika  moddiy  dunyoda  hukm  suruvchi  umumiy  aloqani 

aniqlashni talab qiladi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish