6-Mavzu: Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari



Download 402,91 Kb.
bet9/12
Sana01.06.2022
Hajmi402,91 Kb.
#626701
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot № 6


Mustaqil ishlash:


  1. 4 l eritmada 1.6 mol erigan modda bo’lsa, molyarligini toping? J: 0,4 mol/l

  2. 2.5 l eritmada NaOH ning massasi 12 gr bo’lsa, molyar konsentratsiyasini aniqlang? J: 0.12M

  3. 500 gr ρ=1.25 g/ml eritmada 160 gr NaOH bo’lsa, eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang? J:10 M

  4. 250 ml 6 M li eritmadagi sulfat kislotasining massasini aniqlang? J:147 gr

  5. 800 gr ρ=1.2g/ml NaOH eritmasi molyarligi 3 ga teng bo’la, NaOH ning massasini aniqlang? J: 80 gr



Turli molyarli eritmalar tayyorlash.
Turli modda va eritmalarni aralashtirib har xil eritmalar tayyorlashda hosil bo’lgan eritma hajmi quyidagicha hisoblaymiz.

  • hosil bo’lgan eritma zichligi berilmaganda ya’ni hajm o’zgarishi hisobga olinmaganda:

a) suyuqlikda qattiq modda erisa hosil bo’lgan eritma hajmi suyuqlik hajmiga teng deb qaraladi. M: 1 l suvda 50 g NaCl eriganda hosil bo’lgan eritmaning hajmi ham 1 l deb olamiz.
b) suyuqlikda suyuq moddalar erigan bo’lsa, bunda hosil bo’lgan eritmaning hajmi ikkala suyuqliklarning hamning yig’indisiga teng bo’ladi.
M: 2 l suvda 2 l spirt erigan bo’lsa, eritmaning hajmi 4 l deb olinadi.
c) Suyuqliklarda gaz moddalar erigan bo’lsa, eritmaning hajmi dastlabki suyuqlikning hajmida ya’ni gazning hajmi ahamiyatga ega bo’lmaydi. M: 1 l suvda 4 l HCl eritilganda hosil bo’lgan eritmaning hajmi ham 1 l bo’ladi.

  • Hosil bo’lgan eritmaning zichligi berilgan gaz, suyuqlik, qattiq ya’ni har qanday modda aralashmasidan qattiy nazar ularning massalari qo’shilib eritmaning umumiy massasi topiladi va zichlikdan hajm aniqlanadi.

Masalan:
1. Natriy ishqorining 250 ml (ρ=1.24 g/ml) bo’lgan 40% li eritmasi 350 ml (ρ=1.12g/ml) 18% li eritmalari aralashtirilsa, hosil bo’lgan yangi eritmaning massa ulushini va malyar konsentratsiyasini aniqlang?

Berilgan:
V1eritma=250 ml
ρ1=1.24 g/ml
W1=40%
V2eritma=350 ml
ρ2=1.12 g/ml
W2=18%

W3=?, CM=?



Yechish:
1-usul.
1- eritmaning tarkibini aniqlaymiz.
a. m1eritmasi1 · v1= 1.24g/ml ·250 ml=310 g
b. m1 tuz=W1· m1eritmasi=310 g · 0.4 = 124 g NaOH bor.
2- eritmaning tarkibi
c. m2eritmasi2 · v2= 1.12g/ml ·350 ml=392 g
b. m2 tuz=W1· m1eritmasi=392 g · 0.18 = 70.56 g NaOH bor.
Aralashtirilgandan so’ng massalar ham hajmlar ham qo’shiladi.
m3eritma= m1eritmasi+ m2eritmasi=310 g + 392 g=702 g
m3 tuz= m1 tuz+ m2 tuz=124 g+70.56 g=194.6 g
V3eritma= V1eritma+ V2eritma=250 ml + 350 ml=600 ml
Bular topilgandan so’ng oshqorning massa ulishini va molyar konsentratsiyasini aniqlaymiz.



2. 500 ml 1 M li va 500 ml 1.5 M eritmalar aralashtirilganda hosil bo’lgan yangi eritmaning malyar konsentratsiyasini aniqlang?



Berilgan:
CM1=1 M
CM2=1.5 M
V1eritma=500 ml
V2eritma=500 ml

CM3=?



Yechish:
Har bir eritma tarkibidagi moddalarning miqdorini aniqlaymiz.

dan modda bor. Modda miqdorlarini qo’shamiz.
n3=n1+n2=0.5 mol + 0.75 mol =1.25 mol modda bor.
Vajmalar esa v3=500 ml +500 ml=1000 ml=1 l
Yangi eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlaymiz.





Download 402,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish