Vizual materiallar 1-ilova Mavzu: Elektromagnetizmga doir masalalar yechish. Reja: 1. Tokning magnit maydoniga doir masalalar yechish.
2. Magnit induktsiyasi. Magnit oqimiga doir masalalar yechish.
3. Amper qonuni. Lorents kuchiga doir masalalar yechish.
4. Moddalarning magnit xossalariga doir masalalar yechish.
Darsning maqsadi: Elektromagnetizmga doir masalalar yechish va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.
O’quv faoliyatining natijalari: - Tokning magnit maydoniga doir masalalarni tushunadi va yechadi;
- Magnit induktsiyasi. Magnit oqimiga doir masalalarni tahlil qiladi;
- Amper qonuni. Lorents kuchiga doir massalarini hisoblashni o’ganadilar;
- Moddalarning magnit xossalariga doir masalalar yechishni o’rganadi;
2-ilova
Aqliy hujum savollari
1. Tokning magnit maydoni ifodasini yozing?
2. Magnit induktsiyasi deb nimaga aytiladi?
3.Magnit oqimi deb nimaga aytiladi?
4.Amper qonuni deb nimaga aytiladi?
5. Lorents kuchi ifodasini yozing?
6.Moddalarning magnit xossalari deganda nimani tushunasiz?
3-ilova MAGNETIZM Magnit maydon va uning xossalari. Magnit va toklarning ta’sirlari. Magnit maydonni elektr toki (harakatlanayotgan zarralar) hosil qiladi.
Magnit maydon tokka (harakatlanayotgan zarralarga) ko’rsatadigan ta’siriga qarab payqaladi.
Magnit maydon elektr maydondan farqli ravishda berk uyurmali maydondir.
Doimiy magnitlar ikkita shimoliy (N) va janubiy (S) qutbga ega.
Domiy magnit ichida magnit maydon chiziqlari janubdan shimolga tomon magnit tashqarisida esa shimoldan janubga tomon yo’nalgan (71-rasm).
Bir xil qutbli magnitlar itarishadi har xil qutbli magnitlar tortishadi (72-rasm).
71-rasm
72-rasm
Agar tokning magnit maydoniga erkin magnit strelka kiritilsa , magnit strelkaning maydon chiziqi yo’nalishi tokning maydon chizig’i yo’nalishi bilan ustma-ust tushguncha magnit streka buraladi (73-a,b-rasm) 73-rasm
a
b
Agar qo’zg’almas doimiy magnitning maydoniga erkin buraladigan tokli kontur kiritilsa ham tokning magnit maydon chizig’i yo’nalishi doimiy magnit bilan ustma-ust tushadi (74-a,b,rasm).
74-a-rasm
74-b-rasm
O’ng parma qoidasi: Agar o’ng parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi o’tkazgichdagi tok yo’nalishi bilan bir xil bo’lsa, u holda parma dastasining aylanish yo’nalishi magnit induksiya vektorining yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-a-rasm). Agar tokli o’tkazgich aylanma tok bo’lsa va tokning aylanish yo’nalishi bilan o’ng parmaning aylanish yo’nalishi bir xil bo’lsa, u holda parmaning ilgarilanma harakat yo’nalishi magnit induksiya vektori yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-b-rasm).
75 -a-rasm
75-b-rasm
Tokli o’tkazgichlarda tok yo’nalishlari bir xil bo’lsa ular tortishadi, tok yo’nalishlari har xil bo’lsa ular itarishadi. Tok yo’nalishi deb musbat zaryadli zarralar yo’nalishi qabul qilingan (76-a,b-rasm).
76-a-rasm
76-b-rasm
:
[Tl]
Bu yerda: μ0=4*10-7 [N/A2=Gn/m]-magnit doimiysi; k=2*10-7 [N/A2=Gn/m]- proporsionallik koeffi-sienti; μ0 =2 π k; μ – tokli o’tkazgich kiritilgan muxitning magnit singdiruvchanligi.