6-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobining nazorati


-chizma. Kassa muomalalari hisobini tekshirish manbalarining sxematik ko’rinishi



Download 44,8 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi44,8 Kb.
#788915
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 топшириқ

1-chizma. Kassa muomalalari hisobini tekshirish manbalarining sxematik ko’rinishi.


  1. Shaxsiy hisobvaraqlardagi mablag’lar bo’yicha muomalalarni tekshirish manbalari:



2-chizma. Shaxsiy hisobvaraqlardagi mablag’lar bo’yicha muomalalarni tekshirish manbalrining sxematik ko’rinishi

2. Kassa va kassa muomalalari hisobi nazoratini tashkil etish va o’tkazish tartibi
Kassa va kassa muomalalari nazorati tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Bunda kassa nazorati tushunchasi – kassadagi naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag’lar qoldig’ini inventarizatsiyadan o’tkazish va hisob ma’lumotlari bilan solishtirish tushiniladi. Inventarizatsiya 19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli standart asosida amalga oshiriladi.
Kassa muomalalarining nazorati – bunda, avvalgi o’tkazilgan tashqi yoki mustaqil kassa inventarizatsiyasidan boshlab hozirgi o’tkazilgan mustaqil kassa inventarizatsiyasigacha bo’lgan davrdagi barcha kassa muomalalarini tekshirish tushuniladi.
Kassa inventarizatsiya qilinayotganda kassada xaqiqatda bo’lgan pul mablag’lari va boshqa boyliklar tekshiriladi. Xaqiqatda bor bo’lgan pul mablag’lari hisoblanganda kassada pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.
Kassadagi qoldiqqa xech qanday xujjatlar va tilxatlar kiritilmaydi. Kassirning kassada budjet tashkilotiga taalluqli bo’lmagan pul mablag’lari va boshqa boyliklar borligi to’g’risidagi arizasi qabul qilinmaydi.
Inventarizatsiya dalolatnomasida mavjud pul mablag’lari boyliklarning qoldig’i naturada va hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya kuniga ko’rsatiladi xamda inventarizatsiya natijasi aniqlanadi. Shunga alohida etibor qaratish kerakki, kassadagi valyuta mablag’lari inventarizatsiyadan o’tkazilganda bloklangan pul kupyuralari ochib tekshirish qurilmasi yordamida sanoqdan o’tkazilishi zarur.
Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning xaqiqatda borligi blankalarning turi u yoki bu turlarining boshlanish va oxirgi raqamlarini hisobga olib tekshirilishi amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishning natijalari maxsus ro’yxatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshirayotganda tekshiruvchi bu muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibga qanday amal qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan muomalalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. Bu “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” asosida aniqlanadi.
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan muomalalar bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim kassa orderlari, to’lov qaydnomalari va boshqa xujjatlar aniq, o’chirilmasdan va to’g’rilanmasdan to’ldirilganligi, barcha orderlar va ularning ilovalari muomala sodir etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda, "olingan" yoki "to’langan" degan tamg’alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Chiqim orderlarida (qaydnomalarida) "to’langan" degan tamg’a bosilmaganligi ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi (kassa daftari bo’yicha xarajatga o’tkaziladi).
Kassa muomilalarining nazoratida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • to’lov qaydnomalarida - pul oluvchining imzosi haqiqiy ekanligi. Qaydnomalarda bitta pul oluvchi shaxs bir nechta shaxs uchun imzo chekkanligi holatlarining mavjudligi;

  • kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish daftarida (KO-3 shakli) - sana, tartib raqami va summa kirim va chiqim kassa orderlari va kassa daftaridagi shunga o’xshash ko’rsatkichlarga muvofiqligi;

  • chiqim kassa orderlarida - olingan summalar hisobi to’g’riligi (yozma ravishda) va pul oluvchining imzosi, shuningdek, korxona xodimlar jadvalida bo’lmagan oluvchilar pasport ko’rsatkichlari yozib qo’yilganligi;

  • barcha xujjatlarda - pul mablag’lari uchun mas’ul rahbarlarning imzolari mavjudligi. Barcha chiqim kassa hujjatlariga rahbar shaxsan imzo chekkanligiga e’tiborni qaratish lozim. Rahbar vaqtincha korxonada bo’lmasa (mehnat ta’tili, xizmat safari, betoblik) va buyruq bilan o’z vazifalarini boshqa, uni o’rnini vaqtincha egallab turgan shaxsga topshirgan holatlari istisno hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq rahbarlar (birinchi shaxslar) o’rniga imzo qo’yish tartibini buzish, bunday hujjatlar huqukiy kuchga ega emasligiga olib keladi;

  • kassa daftarida - rasmiylashtirilishi va yuritilishi, unga kiritilgan tuzatishlar hakiqiyligi. Yakuniy aylanmalar va kun yakuni bo’yicha naqd pul qoldiqlarining qayd etilishi to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Bankdan cheklar bilan olingan naqd pullar to’liq kirim qilinganligi tekshirilganda chek daftarchasining barcha ko’rsatkichlari (koreshogi) mavjud ekanligini tekshirish lozim.
Budjet tashkilotida bir nechta kassir bo’lsa, har bir kassir uchun yuritiladigan kirim qilingan va berilgan pullar hisobi bo’yicha daftar (KO-5 shakli) to’g’ri yuritilayotganini tekshirish kerak. Kassa intizomiga rioya qilinishini tekshirayotganda quyidagilarni aniqlash lozim:

  • bankdan olingan naqd pullar mavqsadga muvofik ishtilganligi;

  • kassada mavjud bo’lgan pul qoldiqlari bank tomonidan belgilangan limitga muvofiqligi;

  • ish haqi, mukofotlar, nafaqa to’lash uchun ishlatilmagan naqd pullar va boshqa tushumlar bo’yicha summalar o’z vaqtida va to’liq bankka topshirilganligi;

  • naqd pullar bilan hisob-kitob qilish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilinishi.

O’z vaqtida olinmagan ish haqi va boshqa hisoblangan pullar bo’yicha deponentlangan summalar to’lanishiga alohida e’tibor berish kerak.
Tekshiruvchi kassa muomalalariga oid ichki nazorat holati to’g’risida iloji boricha to’liq ma’lumot olishi, tashkilotda kassa intizomiga qanday rioya qilinayotganligini aniqlashi zarur.
Budjet tashkilotlarida kassa mumomalalarini tekshirish yoppasiga amalga oshiriladi, avvalam bor kassa hisoboti bo’yicha naqd pul koldiqlari bosh kitob va balans ko’rsatkichlariga muvofiqligini tekshirib olinadi. So’ng boshqa muomilalar tekshiriladi. Buning uchun auditor maxsus ish jadvalidan foydalanishi mumkin (1-jadval).
Ko’plab bo’limlarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish xaqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni to’lashga kassirdan boshqa shaxslarga tashkilot raxbarining yozma buyrug’i bilan ruxsat berilishi mumkinligini inobatga olib mazkur shaxslar bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilganligini tekshirish kerak. Bundan tashqari, to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftarlarini yuritilishi nazoratga olinishi zarur.
Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish xaqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar anashu shaxslar nomiga yoziladi. Tekshirish jarayonida bunday hisobdor shaxslar bilan olib borilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida yuritilishini belgilangan me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilganligi alohida tekshirilishi zarur.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshiruvdan o’tkazish jarayonida inventarizatsiya natijasida aniqlangan natijalarni, ya’ni kamomad yoki ortiqcha aniqlangan pul mablag’larni buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Inventarizatsiya natijasida kassada kamomad aniqlansa quyidagicha buxgalteriya pravodkasi amalga oshiriladi.

  1. Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan pul mablag’lari summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa).

Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari

  1. Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan summaga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa)

  1. Kassada aniqlangan kamomadni moddiy javobgar shaxs zimmasiga yuklash

Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining tashkilot kassasiga to’lanishi
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. Kamomad summasining moddiy javobgar shaxs oylik maoshidan ushlab qolinishi

Dt 173 Xodimlar bilan Mehnatga xaq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. Kamomad summasining shaxsiy hisobraqamga kirim qilinishi

Dt Shaxsiy hisobraqamlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari


Download 44,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish