5.Siyosiy iqtisodiyot
Aytib o`tilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli
resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb baho berganimizdagina, hukumatning aralashishi va vaziyatni yaxshilashi o`rinli bo`lishi mumkin. Faol hukumat tarafdori bo`lishdan oldin, biz uning nomukammal tashkilot ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatni qanday ishla-shini iqtisodiy metodlar orqali o`rganadi.
Kondorset ovoz berish paradoksi
Ko`pgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib borisha-di. Masalan, Shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan bo`lsa, eng ko`p ovoz olgan joyda shu park quriladi. Shunga qaramay, ko`pgina siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan ko`p bo`ladi, va park qurish muammosiga to`girlaydigan bo`lsak, qu-rish mumkin bo`lgan joylar juda ko`p bo`ladi. Bu holatda, 18 asrning mashxur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib o`tganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman deb muammolarga yuz tutishi mumkin.
Masalan, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan 3 xil natija bor: A,B va C, yana jadvalda ko`rsatilganiday o`z afzalliklariga ega bo`lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning sha-har hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida ko`rib chiq-moqchi. U nima qilishi kerak?
Birinchi bo`lib u juft natijalarni ovozga qo`yishi mumkin. Agar u B va C ni ovoz-ga qo`ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikga ega. Agar u A va C ni ovozga qo`ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikga ega. Natijalarga nazar tashlansa, A B dan ustun, B esa C dan ustun, demak A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikga ega bo`l-gan hohishi.
Lekin, tasavur qilingki keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni tanlash-ni so`rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishdi, C bu holatda ustunlikga ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa Adan ustun. Odatda biz afzalliklarni ketma-ketlik(transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ni C dan ustunligini ko`rsatadi. Kondorset para-doksi esa aynan shu xususiyatlarni demokratik yo`l bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda ja-miyat uchun ketmaketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning hola-timizda bu noto`g’ri yo`ldir.
Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikni tuzilishi, berilgan ovoz-lar natijasiga ta’sir ko`rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo`lib ovozga A va B ni qo`y-sa, va keyin yutganini C bilan ovozga qo`ysa C g’olib chiqadi. Ammo birinchi bo`lib B va C ni ovozga qo`yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qo`ysa, A yutadi. Va shunga o`xshash holar, birinchi A va C, keyin esa B bo`lsa , shahar B ni tanlaydi.
Kondorset paradoksi ikki xulosaga ega. Birinchisi, muammo ikkidan ortiq natijaga ega bo`lsa, ketma-ketlikni qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning yakuniy na-tijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, o`zi ovoz beruvchilarning asosiy qismi (ko`p-chilik) bizga jamiyatni rostan nimani istashini aytib bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |