Sug’urtalash bozori. Sug’urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sug’urta qilinadigan shaxs o`zining sug’urta ob’ekti to`g’risida su-g’urtalovchiga qaraganda ko`proq axborotga ega. Shuning uchun ham,bu yerda zaifroq, sog’lig’i yaxshi bo`lmagan shaxslar ko`proq sug’urta kompaniyasi xizmatidan foyda-lanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug’urta kompaniyalarini sug’urta narxini oshi-shiga olib keladi va yuqori sug’urta narxi o`z navbatida sog’ligi yaxshi bo`lgan shaxs-larni sug’urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Ma’naviy tavakkalchilik (yo`qotish) - yo`qotishlar sug’urta kompaniyasi tomoni-dan to`liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati.
Insonlar o`z hayotini, mulkini sug’urtalagandan keyin, o`zining hayotiga, mulki-ning saqlanishiga ko`pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug’urtalashgacha qilina-digan ehtiyot-choralarni bajarmay qo`yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchay-tiradi va inson o`zini sug’urta qilgan voqea hodisalarning sodir bo`lish ehtimolini oshi-shiga olib keladi.
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug’urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o`zi-ning eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o`z qarindoshlarini o`ldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yo`qotishlarni quyidagi yo`llar orqali kamaytirish mumkin:
* sug’urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo`qotishlari bo`yicha klassifikatsiya qilish asosida sug’urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, yo`qotishi yuqori bo`lgan shaxs uchun yuqori sug’urta badali belgilash);
* yuqori yo`qotishga ega bo`ladigan shaxslar bilan sug’urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
* yo`qotishni qisman qoplash sharti bilan sug’urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to`g’risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g’risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib ol-moqchi bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsu-loti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib olasiz.
Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklama-ga mablag’ sariflashlari mumkin. 20 – bo`limda ko`rganimizdek talabalar ishga oluv-chilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oily o`quv dargoh-larini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariya-sidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari Mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini ko`rsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko`rinishi mumkin biroq tashqi ko`rinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham habardor taraf (firma, talaba), habardor bo`lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotkanlari haqida xabar berishmoqda.
Biror bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak bo`ladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo`lganida hamma undan foydalanar va u hech qan-day ma’lumotni uzatmas edi. Huddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti bo`lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali bo`lishi kerak. O`z-ga holda barcha signalni ishlatishni hohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qo`yadi.
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko`rib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti bo`lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko`proq daromad ko`radi chun-ki mahsulotni bir bor ishlatib ko`rgan iste’molchi uni yana sotib olishi ehtimoli yuqori-roq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal (reklama) uchun mablag’ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida habar beruvchi ma’-lumot sifatida qarash foyda desak bo`ladi. Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini to`lash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish to`g’ri bo`ladi.
Dunyo signallarga to`lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda ko`rganingizdek” yozuvi bo`ladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma bu faktga urg’u bermoqchi bo`ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizorda) foydala-nayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko`ra nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni o`z rezumelarida aks ettirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |