4. Asimmetrik axborotlashgan bozor.
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur xazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida o`zaro qanday muomalada bo`lishlarini ko`rsatuvchi haqiqat bor. Hayotda ko`pincha bir odam atrofda nima bo`layotganini boshqasidan ko`ra ko`proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’luqli bo`lgan turlicha bilimlar farqi axborot asimmetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi o`z ish beruvchisiga qaraganda o`z ishiga qancha kuch ketishini ko`proq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqi-da ko`proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol bo`lsa, ikkinchisi ya-shirin tavsifga misol bo`la oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega bo`lmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega bo`lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin o`n yilliklarda uning ta’sirini o`rganish uchun juda ko`p kuch sarflashdi. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o`rtasida bo`ladigan savdo-sotiqda ular-ning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo`lishi tovarlar narxi va tovar to`g’ri-sida qanchalik to`g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni qaragani-mizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluv-chilar axborot bilan to`liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari to`g’risida to`liq axborot beradi. Aniq va to`liq axborotning bo`lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam be-radi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o`z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o`zlari-ning bozordagi xatti-harakatlarini yashirib, har xil yo`l bilan savdo-sotiqda bir tomon-lama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o`zida juda ko`p axbortni mujas-samlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to`liq bilsa, savdo-sotiq ik-ki tomon uchun shuncha samarali bo`ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko`ra-di. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to`liq)
bo`lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas.
Haqiqattan 2001 yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari bo`lgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Jo`zef Stiglitz) larga aynan shu yo`nalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |