6-mavzu. Axborot tizimlarining tushunchasi


-rasm. Dasturiy ta`minotning tarkibi



Download 308,5 Kb.
bet3/6
Sana21.07.2022
Hajmi308,5 Kb.
#832013
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI

10.3-rasm. Dasturiy ta`minotning tarkibi

AIJning maxsus dasturiy ta`minoti odatda noyob dasturlar va amaliy dasturlarning vazifaviy paketlaridan iborat bo`ladi. AIJning aniq ixtisoslashuvi vazifali DTga bog`liq. Maxsus DT AIJni qo`llanish sohasi, foydalanuvchi tomonidan yechiladigan vazifalarni hisobga olib, u axborotlarni ishlab chiqishining o`xshash xususiyatlariga ega vazifalarni hal qilishga mo`ljallangan dialogli tizimlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida yaratilishi kerak.




3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
AATning tashkil qilinishi iqtisodiy ob`yektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko`maklashadi va boshqaruv sifatini ta`minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari ob`yektning o`ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini ko`proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko`ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomatlashtirilgan (an`anaviy) boshqarish tizimlari o`zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo`g`inini (operatorlar, ma`muriy apparat) o`zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig`ish va sozlashdan so`ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta`mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko`proq texnologiyalarni boshqarishda qo`llashadi, garchi bu o`rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko`rilsa ham.
AAT turli-tuman alomatlari bo`yicha guruhlarga ajratilishi mumkin.

  • texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - bu texnologik qurilmalar, dastgohlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta`minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;

  • tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT va korxonalarni boshqarishning AATini birlashtiruvchi ko`p darajali tizimdan iborat;

  • tashkiliy boshqaruvning AAT uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, ho`jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar ob`yekti bo`lib xizmat qiladi; xususan:

a) bank ATT;
b) fond bozori AAT;
v) moliya AAT;
g) sug`urta AAT;
d) bojxona xizmati AAT;
e) statistika AAT;
j) marketing AAT;
z) buxgalteriya AAT;
i) sanoat korxonalari va tashkilotlari AAT va boshqalar;
Boshqaruv ja­rayonlarining turlari bo`yicha AAT quyidagilarga bo`linadi: o`qituvchi AATlari ta`lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda, turli soha odimlarini qayta tayyorlashda va malakalarini oshirishda keng tarqalgan.
Faoliyat ko`rsatish sohasi bo`yicha axborot tizimlari quyidagi yo`nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo`jaligi va hokazolar.



Download 308,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish