Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari rioya etishini belgilangan tartibda monitoring qiladi, o‘rganadi, tekshiradi va nazorat qiladi;
(10-band 1-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo‘natmalarini va pul summalarini saqlash ta’minlanishini, pochta jo‘natmalari qabul qilish, qayta ishlash, topshirish texnologiyalariga rioya etilishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tkazilishini o‘rganadi va tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llanadigan o‘lchash vositalarini tekshirish va kalibrlash tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni, o‘rganishni va tekshiruvni tashkil etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek, litsenziya beradigan organga xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, Davlat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo‘yicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga beradi;
o‘tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan axborotning himoyalanishini ta’minlash, axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo‘yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydi;
2) o‘z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta’minlash yuzasidan nazorat sohasida:
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring, tekshiruv va nazorat o‘tkazadi;
texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarining parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining muvofiqligini o‘lchaydi va monitoring olib boradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar va idoralar tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini zarur holatlarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro‘yxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to‘g‘ri qo‘llanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi axborotning, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining to‘liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati bo‘yicha statistik hisobotlarning ishonchliligiga rioya etilishini nazorat qiladi va tekshiradi;
hisoblangan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda to‘lanishi va to‘lanayotgan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning summasi to‘g‘riligini nazorat qiladi;
aloqa mahsulotlari sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
3) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatish (sotish, ijaraga berish, barchaning e’tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:
faoliyatni amalga oshirishda litsenziya bitim talablari va shartlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, o‘rganadi va tekshiradi;
fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishini o‘rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi, uning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga taqdim etadi;
Internet tarmog‘ida mualliflik huquqi obyektlari noqonuniy tarqalishini (barchaning e’tiboriga yetkazilishini) bartaraf etish choralarini ko‘radi;
4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida “Elektron hukumat” tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda o‘rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi;
“Elektron hukumat” tizimida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganadi va tekshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari bajarilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot resurslari va elektron davlat xizmatlarining mavjudligi hamda ulardan foydalanishning imkoni yaratilganligi ustidan monitoring va tekshiruv olib boradi;
5) ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi yuzasidan nazorat sohasida:
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va ma’lumotlar almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi, baholaydi va tekshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlari ustidan olib borilgan monitoring va tekshiruv natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va ularni rivojlantirish to‘g‘risida axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini o‘rganadi, tekshiradi va monitoringini olib boradi;
6) “oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan nazorat sohasida:
qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalari yaratilishi va ishlatilishi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiradi, o‘rganadi va nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan quriladigan va qayta quriladigan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi.
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |