- Hudud va ommaviy bayramning ko'lami;
Bayramning ko’lami shaharliklar uchun, umummilliy, turistlar uchun, klubli, bolalar, yoshlar, talabalar uchun bo'lishi mumkin. Bayram kollejda, maktabda, turistik hududda, bog'da, dam olish hududida, madaniyat uyida, stadionda, qishloq, shahar ichida o’tkazilishi bo'lishi mumkin. Tanlangan makonda ommaviy bayramning muvaffaqiyatli o’tishi jamoatchilikning yuqori hissiy kayfiyati va uning rejasiga bog'liq.
- Badiiy vositalardan foydalanish;
Bular: manzara, sahna mazmuni, maydon, o'yin maydoni; qo'shimcha bayram elementlari, mushaklar, kabutarlar, havo shari, samolyotda parvoz kabilar bayram g'oyasini ifoda erishda yordam beradi.
Ob'ektga batafsil va psixologik kirmasdan turib tomoshabinlar e'tiborini tortishning iloji yo’q, raqs, qo'shiq, hissiy va yorqin rasmlar tadbir mazmundorligini yanada oshiradi.
Ommaviy tadbirlarning mavzusi voqealar rivojini va bo’ladigan harakatlarning borishini belgilaydi. Mavzuli tadbirlar mavzuga mos ravishda qo'shiqlar, raqslar, teatrlashtirilgan sahna tomoshalari va boshqalar bilan bezatilishi lozim. Ommaviy bayramlarning na’munaviy mavzulari “Shahar kuni”, “Gullar festivali”, “Shirinliklar kuni”, “Hosil bayrami” kabilar bo’lishi mumkin.
Ommaviy bayramlarni tayyorlashning birinchi bosqichi – bayram ssenariysini yaratishdir. Bu ommaviy bayramning eng muhim vazifalarini amalga oshirishni, mavzuni, g'oyalarni belgilaydi; individual yondashishni talab etadi va bayramning betakror bo’lishiga xizmat qiladi. Ssenariy dramaturg, rejissyor, xoreograf, badiiy direktor, animator mutaxassislar, san'atkorlar, bastakorlar, musiqiy dizayner guruhlari tomonidan kelishilgan holda tayyorlanadi.
Bayram ishtirokchilari ikki guruhga bo'linadi:
- To'g'ridan-to'g'ri, faol ishtirokchilar - aktyorlar, madaniyat sohasi xodimlari, mutaxassis-animatorlar, texnik soha mutaxassislari;
- Passiv ishtirokchilari - turistlar, ekskursantlar va tomoshabinlar.
Mutaxassis-animatorlarning eng muhim vazifasi ushbu ikki guruh vakillarining o’rtasida yaqin aloqa va munosabatlar o’rnatishdan iboratdir. Turistlarning o'z hissiy munosabatlarini bildirishi bayramning faol ishtirokchilari uchun motivatsiya rolini bajaradi. Passiv ishtirokchilarning jo’shqin harakatlari, aktiv ishtirokchilar bilan hissiy munosabatlar o’rnatilishi, har ikkala guruhning birlashib ketishiga olib keladi.
Ommaviy bayramlarda tomoshabinlarning qiziqishini rag'batlantirishning muhim yo'llari quyidagilardan iborat:
- Jarayonga tomoshabinni faol jalb qilish;
- Ommaviy harakatlar ishtirokchilari va tomoshabinlarning maksimal darajada yaqinlashishi;
- Tomoshabinga (o'yin, musiqa, yorug’lik, mushaklar) hissiy ta'sir;
- Joylar, musobaqalar, o'yin elementlari yordamida ishtirokchilar e'tiborini jalb qilish;
- Tomoshabinlarni estaliklar, sovg'alar va kutilmagan rag'batlantirishlar bilan taqdirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |