6-mavzu. Aholining



Download 65,8 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi65,8 Kb.
#250861
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu - 2021-06-13T115055.334


6-MAVZU. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI NAZARIYaLARI

VA ULARNING AMALDA QO’LLANILISHI
1. Aholining ish bilan bandligi bo’yicha klassik va neoklassik nazariyalar

2. J. Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi

3. Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida aholining ish bilan bandligi masalalari

4. Ish bilan bandlikning hozirgi zamon nazariyalaridan foydalanish


6.1.Aholining ish bilan bandligi bo’yicha klassik
va neoklassik nazariyalar

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosatining amaliy chora-tadbirlari bilan bir qatorda uning nazariy jihatlarini asoslash muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha iqtisodiy nazariyalar ma’lum darajada mehnat va aholining ish bilan bandligi masalasiga daxldordir. Tabiiyki, mehnat bozori bilan bog’liq muammolarini yoritish ham u yoki bu nazariya ishlab chiqilgan tarixiy davr, mualliflarning maqsadi, tadqiqotining bosh mavzusi, uning atrofidagi iqtisodiy voqelikka daxldorligi seziladi.

Klassik maktabning yirik namoyandalaridan biri bo’lgan Adam Smit va uning izdoshi David Rekardolar o’z ta’limotlarida bozor tizimi resurs­lari orasida, ishchi kuchi resurslaridan to’liq foydalanish muhim o’rin tutadi va bozorning samaradorligini ta’minlashga qodirdir, deb hisoblaydi. Bu borada frantsuz olimi Jan Batist Sey ham ishchi kuchi va ish bilan bandlik muammolari bo’yicha o’z qarashlariga ega bo’lib, qator masalalar bo’yicha klassiklar tutgan yo’lni to’g’ri deb baholaydi.

Klassik iqtisodchilar o’z xulosalarini asoslashida aholining ish bilan to’liq bandligi bozor xo’jaligining me’yori, narxlar va ish haqining nisbati uning elastikligidir deb hisoblaganlar.

Bozorda sotish mumkin bo’lgan mahsulotlar hajmi faqat umumiy xarajatlar darajasiga emas, balki narxlar darajasiga ham bog’liq. Agar bozordagi xarajatlar 1000 doll.ni tashkil etib, narx 10 doll. bo’lsa, unga 100 ta buyum sotish mumkin edi, agar xarajatlar 800 doll.ga tushirilsa, u holda 100 ta buyumni 8 doll.dangina sotish mumkin edi. SHu sababli jamg’arma xarajatlar hajmi, ishlab chiqarish hajmi va ish bilan bandlik miqdorini kamaytirish bilan birga, narxlarning qisqarishiga ham olib keladi. Narx­larning pasayishi esa ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, ish haqi uchun sarf-xarajatlari pasayishiga sababchidir. Natijada korxona egalari haq to’lash stavkalarini pasaytirishga majbur bo’ladilar. Ishsizlar tomonidan bo’ladigan raqobat esa ularning bunga rozi bo’lishiga majbur qiladi. Bozordagi boshqa tovarlar narxlarining pasayishi ham bunga ta’sir qiladi.

SHu tariqa klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlikni bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelganlar. Bozor tartibining bunday omillari, chunonchi, foiz stavkasi va narxlar, ish haqi nisbatining elastikligi ish bilan to’liq bandlikni saqlab turishga qodirdir. Davlatning bu sohadagi “yordami” ortiqcha bo’lib qolmay, zararli bo’lishi ham mumkin.

XIX asrning oxirlarida klassiklarning izdoshlari ularning umumiy g’oya va qarashlarini rivojlantirib, iqtisodiyot nazariyaning neoklassik yo’nalishi yuzaga keldi. Bu yo’nalishning asoschisi Kembrij universitetining professori Alьfred Marshall (1842-1924) bo’lib, uning bozor narxi, tadbirkorlik, iste’molchilik xulqi va boshqa bir qancha yangi nazariy qoidalari ma’lum va mashxur bo’lib, hozirgi vaqtda ham undan iqtisodchilar foydalanib kelmoqdalar.

A. Marshall talab va taklifni tartibga solish aholining ish bilan bandligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega iqtisodiy ko’rsatkich ekanligiga e’tibor qaratgan. SHu bilan birga, u butun ishchi kuchi talabini pirovard natija sifatida tartibga soluvchi narsa iste’molchilarning talabi bo’lib, uning mutanosibligini bozor iqtisodiyotidagi munosabatlarda o’z-o’zidan amalga oshiriladi, deb hisoblagan.

Neoklassik nazariyaning boshqa vakillari kabi A. Marshall ham aholiga beriladigan yuqori ish haqi muqarrar ravishda ish bilan bandlik darajasini kamaytiradi va ishsizlik miqdorini oshiradi, deb hisoblagan. Buni asoslash uchun u «eng kam unumdorlik nazariyasi» dan foydalangan.

Uning bu asari paydo bo’lgan vaqtda aholining ishsizlik darajasi unchalik katta bo’lmagan va ish bilan bandlikning beqarorligi u qadar keskin muammo hisoblanmagan. Ish bilan bandlikning beqarorligini A. Marshall katta musibat sifatida baholagan va haqli ravishda jamoatchilikning e’tiborini jalb qilishini e’tirof etgan. Biroq u bozor iqtisodiyotidagi ko’plab muammolar o’z-o’zidan tartibga keladigan iqtisodiyot muammolari deb hisoblab, aholi ish bilan bandligining davlat tomonidan tartibga solinishiga zarurat yo’q, deb bilgan.

Artur Pigu (1877-1955) A.Marshallning izdoshi va shogirdi bo’lgan. Uning aholini ish bilan bandlik sohasidagi asosiy asari–«Ishsizlik nazariyasi» bo’lib, bu asar 1933 yilda chop etilgan. Bu asarda aholini ish bilan bandligi to’g’risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha to’liq bayon etilgan edi. A. Piguning fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasidir, ish haqining qisqarishi esa ish bilan bandlikni oshiradi, chunki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo’shimcha ishchilarni yollash uchun imkoniyat yaratadi. Uning fikricha, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi tovarlar narxini umumiy ravishda pasayishi va ish haqi hisobiga tirikchilik o’tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid qilish qobiliyatini oshirishga olib keladi.

Bunday g’oya qo’shimcha talabni vujudga keltiradi va ishlab chiqarishni ham, ish bilan bandlikni ham kengayishini rag’batlantiradi. A. Piguning fikricha, ish bilan band­lik hajmini belgilovchi boshqa omil mehnatga bo’lgan haqiqiy talab funktsiyasidir. Pirovardida ushbu fikrini rivojlantirib, u quyidagicha xulosaga keladi: Yollanma xodimlar orasida mutlaqo erkin raqobat mutlaqo harakatchan mehnat mavjud bo’lganda mavjud bo’ladi, bunday holda o’zaro aloqalar xususiyati (xodimlar talab qiladigan real ish haqi stavkalari bilan mehnatga bo’lgan talab o’rtasidagi aloqa) juda oddiy bo’ladi. Ishlab chiqarishda hamma ish bilan band bo’lishi uchun ish haqi stavkalari bilan talab o’rtasida ana shunday nisbat o’rnatilishi unumdorlikka bo’lgan kuchli intilishning doimiy ravishda amal qilishiga olib keladi.

A. Pigu «ixtiyoriy ishsizlik nazariyasi» tarafdori bo’lganligi sababli, u ishchilarning o’zlari ixtiyoriy ravishda o’zlarini ishsizlikka mahkum etadilar, bozordagi talab va taklif natijasida vujudga keladigan «normal» ish haqi uchun ishlashga rozi bo’lmaydilar degan xulosaga keladi.



Download 65,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish