6-mavzu. Aholining


J.Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi



Download 65,8 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi65,8 Kb.
#250861
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu - 2021-06-13T115055.334

6.2. J.Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) atoqli nazariyotchi va boshqariladigan kapitalizmda aholini ish bilan bandligi bo’yicha yaratilgan iqtisodiy nazariyaning asoschisidir. Uning asosiy asari «Aholining ish bilan bandligi, foiz va pulning umumiy nazariyasi» bo’lib, ushbu asar 1936 yilda bosilib chiqqan. Sirtdan qaraganda, ushbu asarda aholining ish bilan bandlik muammolari tahlil qilingan bo’lib, unda, tahlilning pirovard maqsadi – ish bilan bandlik darajasi nima bilan belgilanishi qayd etilgan.

Kitob «buyuk turg’unlik» yillarida yaratilganligi uchun, bu vaqtda ishsizlik misli ko’rilmagan yuqori darajaga yetib, dunyodagi asosiy kapitalistik mamlakatlarni qamrab olgan edi. 1933 yilga kelib, AQSHda qayd etilgan ishsizlik darajasi 25,0 % va Angliyada22,0 % ga yetgan edi. Bunday holatni klassik nazariya qoidalari bilan tushuntirib bo’lmasdi. «Biz yashab turgan jamiyatning eng katta illatlari, deb yozgan edi Keyns,unda aholining ish bilan to’liq band bo’lishini ta’minlash imkoni yo’qligi emas, balki uning boylik va daromadlarini ixtiyoriy ravishda hamda adolatsizlik bilan taqsimlashidir»1

Keyns G’arb iqtisodiyotchilari orasida birinchi bo’lib, noiloj ishsizlik to’g’risidagi tasavvurni batafsil ishlab chiqdi, u bunday ishsizlik yalpi samarali talab yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi, degan xulosa keladi.

Samarali talab to’g’risidagi tasavvur Keyns nazariyasining eng muhim joydir. Agar yalpi talab tadbirkor kutgan darajadan pastroqqa tushsa va shu sababli ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoni bo’lmasa, deb ta’kidlagan edi Keyns, ishlab chiqarish qisqarishi ro’y beradi, bu esa ishsizlikka olib keladi. Aksincha, yalpi talab kutilgan darajadan yuqoriroq bo’lsa, ishlab chiqarish rivojlanishga turtki oladi. Muvozanat o’rnatilishiga olib keladigan yalpi talab darajasi samarali hisoblanadi.

Aholining noiloj ishsizligi va ish bilan to’liq bandligi keynscha tushunilishining korreliatori bo’ladi. Keynsning fikricha, ish bilan to’liq bandlik – noilojishsizlik nolga teng bo’lgan holatini aks ettiradi. Bunday holatga, ish bilan band kishilar soni samarali talabning qo’shimcha kengayishiga javoban hech o’zgarmaydigan bo’lganida erishiladi, deb hisoblar edi Keyns.

SHunday qilib, Keynsning bosh g’oyasi yalpi talab (umumiy xarid qobiliyati) faollashtirilib rag’batlantirish orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi va taklifga ta’sir etish asosida aholining ish bilan bandligi darajasini oshirishdaniboratdir. Keyns nazariyasining ahamiyati iqtisodiy rivojlanish tahliliga an’anaviy yondashishlarni shunchaki ko’rib chiqqanlikda emas, balki umumlashma kategoriyalar sifatida real iqtisodiy ko’rsatkichlarning funktsional bog’liqligi va o’zaro aloqalari tadqiq qilinishining umumnazariy negizlarini yaratish, ularning iqtisodiy rivojlanishi va tendentsiyalariga bo’lgan ta’sirini ko’rsatib berishdir.

Asarning boshida bu kitobni «Umumiy nazariya» deb ataganligiga sabab, Keyns o’z xulosalari va dalillarini klassik nazariya xulosalari va dalillariga qarama-qarshi qo’yish bo’lgan. Bu nazariya bundan 100 yil oldin yaratilgan bo’lishiga qaramay, hozir ham amaliy va nazariy fikrlari bilan iqtisodiyotda hukmronlik qilmoqda. Uni yo’ldan urmoqchi bo’lganlar uchun ushbu nazariya hayotga amaliy jihatdan tatbiq etilganda halokatli oqibatlarga olib kelmoqda.

Haqiqatan ham, o’sha yillarda klassik nazariya hukmron nazariya edi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi yoki kam aralashuvi ustuvorlik qilardi. SHuning uchun ham asarda ish bilan bandlikning klassik nazariyasini va avvalo, Piguning «Ishsizlik nazariyasi» kitobini tahlil qilishga shu qadar ko’p e’tibor berilgan. SHu bilan birga, Keynsning ko’rsatib o’tishicha, u mazkur kitobni, unda aholi ish bilan bandligining klassik nazariyasi ancha to’liq va aniq bayon etib berilgan birdan-bir urinish bo’lganligi uchun tanqid qilgan.

Dastlab Keyns va uning izdoshlariga bo’lgan ba’zi umumiy e’tirozlarni ko’rib chiqamiz. Ularning fikricha, kapitalistik bozor xo’jaligida ish bilan to’liq bandlikni kafolatlaydigan hech qanday mexanizm yo’q, ishsizlik va inflyatsiyaning sabablari tashqi sabablarda emas, balki iqtisodiy tuzumning o’zida yashiringan bo’lib, u o’z-o’zidan hech qachon tartibga solinmaydi.

Keynschilar jamg’arma va investitsiyalarning foiz stavkasi bilan iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni tartibga solish mumkinligini inkor qiladilar. Jamg’armalarning sub’ektlari (asosan, uy xo’jaliklari) va investitsiyalar (asosan, korxona egalari) turli guruhlardir.

Keyns nazariyasining asosini samarali talab tamoyili tashkil etadi. Uning hisob-kitoblariga qaraganda, korxona egalarining talabi(N), ya’ni mehnat xarajatlarining hajmi jamiyatning iste’molga qiladigan xarajatlariga (DI) va yangi investitsiyalarga qilinadigan xarajatlarga (D2) bog’liq bo’ladi. D1+D2 – samaralitalab, aholining ish bilan bandligi esa samarali talabning funktsiyasi hisoblanadi. Uning nazarida, bozorga asoslangan kapitalistik takror ishlab chiqarishning muhim muammosi bozorning hajmi, uning tovarlar taklifi ko’payishiga muvofiq kengayib borish imkoniyatidir.

Klassik iqtisodchilar J.B. Sey va D. Rikardo ta’lim berib kelgan taklif talabni vujudga keltiradi, degan fikrni inkor etib, ularning bir-biriga mos kelmasligini asosladi va samarali talabning umumiy miqdorini ko’paytirish zarurligini ta’kidladilar. Faqat samarali talabgina ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va millat farovonligini oshirishgaolib keladi. Samarali talabning yetishmasligi ishlab chiqarish quvvatlari ish bilan to’liq ta’min etilmasligi, ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari pasayib ketishi va ishsizlikka olib keladi. Davlat talabning umumiy hajmiga ta’sir ko’rsatishi lozim. U talab hajmini kengaytirish bilan ishsizlikning kamayishiga yordam beradi, deydi Keyns.

Keyns investitsiyalar, iste’mol va milliy daromad o’rtasida miqdoriy aloqa o’rnatishga katta ahamiyat berdi. Bunda u mulьtiplikator kontseptsiyasidan foydalanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalarning ko’payishi yoki kamayishi sof milliy mahsulotning ko’p marta ortishi yoki kamayishiga imkon beradi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin: xarajatlar (investitsiyalar) miqdorining o’zgarishi zanjirli reaktsiyani­ vujudga keltiradi, garchi u so’nsa ham, sof milliy mahsulotning ko’p marta o’zgarishiga olib keladi.


Download 65,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish