Bilib oling:
Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi.
Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan flirqlanadi. Shunga ko‘ra, vadiiy nutq uslubi nisvatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.
4-topshiriq. Quyidagi matnlarni ifodali o‘qing. Badiiy nutqni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ko‘chirib yozing.
Siyohdon, azizim, qora ko‘zligim,
Qora tunlar aro yorigan ko‘zgu.
Sendagi u siyoh— yo‘q, siyoh emas,
Qalbimni qiynagan qip-qizil qonim.
(G‘.G‘ulom)
II. Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq, barglar to‘kilib tugagan, yer yuzi o‘zining qishki sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomonining o‘ralganligi soyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolgan bu gilos yog‘ochlari ham butun tungi qora sovuqqa chidolmay elning ozgina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq, bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta’siri yo‘q bu kungi qora sovuq, quyosh kuchini-da kesgan edi”
(A.Qodiriy “O‘tkan kunlar”)
5-topshiriq.Matnni o‘qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o‘zgarishlarni ko‘rsating.
“... Notiq ryumkani olib o‘rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o‘zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so‘z boshladi:
- O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom
ettirib, oilaviy burchimizni namunali vajarib kelayotganingizga bir yil to‘lgan
kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqqadimani hazil gumon qilganligi
uchun qiyqirib chapak - chaldi. Notiq, yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi:
- Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz hayotimizda qat’iy burilish yasab,
zo‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak,
endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o‘zingizga
ma’lum bolganligi uchuh bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni iozim ko‘rmayman.
...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatim natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada bo‘ladigan prinsipial kelishimovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bevosita vartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq, rafiqam, oilamizni tashkiliy xo‘jalik jixatidan misli ko‘rilmagan darajada mustahkamladik. Men bu borada faktlarga murojat qilib o‘tirmayman, chunki o‘rdenli onangiz o‘zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.”
Do'stlaringiz bilan baham: |