6-mavzu: adabiy nutq va uning uslublari reja



Download 21,45 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2022
Hajmi21,45 Kb.
#688405
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu

1- topshiriq.
Tarjimayi holingizni yozing. Bu matnning so‘zlashuv uslubidagi matnlardan farqini izohlang.
Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub xujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, vayonotlar, shartnomalar, idora xujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nuquqiy shtamplar, kasbga oid so‘zlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq formalari (shu asosida; shunga ko‘ra, ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ... ga ko‘ra;... biz, quyida imzo chekuvchilar; ...ga asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanilishini talab qiladi. Til matnalri hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.


2-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Rasmiy-idoraviy uslubga xos so‘z va grammatik shaklli birikmalarning vazifasini izohlang.
1. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. (O`zR Konstitutsiyasi, 49-modda).
2. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya qiladi (“Davlat tili haqida” Qonun, 7-modda).
3. Shu yil 28-oktabr kuni soat 14.00 da “Davlat tili haqida”gi Qonun tasdiqlangan kun munosabati bilan adabiy-badiiy anjuman o‘tkaziladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan.
5. Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi.
6. Betobligim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilinadi.
7. Abror Rasulov marketing bo‘limi boshlig‘i vazifasiga tayinlansin.



Download 21,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish