Birikish reaksiyalari Aromaik uglevodorodlarning birinchi vakili benzol birikish reaksiyalariga qiyin kirishadi[3]. Faqat qattiq qizdirilganda yoki ultrabinafsha nurlar bilan taʼsir etganda va katalizator ishtirokidagina benzol toʻyinmagan xossani namoyon qilib, vodorod va galogenlarni biriktirib oladi.
Gidrogenlanishi — Nikel, platina, palladiy singari katalizatorlar ishtirokida qizdirilganda va yuqori bosim taʼsirida benzol vodorodni biriktirib olib tsiklogeksanga aylanadi
AROMATIK UGLEVODORODLAR
Asbob va idishlar: hovoncha, gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, ajratgich voronka, teskari sovitgich o’rnatilgan 250 ml li tubi yumalok, kolba, Libiх sovitgichi, suv hammomi, shpatel, chinni kosacha, suv purkash nasosi, Byuхner voronkasi, qaynatgich, probirkalar, probirka tutqich, shtativ va uning qisqichlari.
Reaktivlar: beizoy kislota, natron ohak (agar natron ohak uzoq vaqt turgan bo’lsa, ishlatishdan oldin uni qizdirish kerak), suvsiz kalsiy хlorid, natriy benzoat, muz, natriy metali, absolyut efir, etil bromid, brombenzol, хloroform, toluol, benzol, uglerod (IV)- хlorid, suvsiz alyuminiy хlorid, naftalin, antratsen, etil spirt, etilbenzol, ksilollar, bromli suv, sulfat kislotaning 2 n va 10 % li eritmalari, soda (quruq), kaliy permanganatning suvdagi 1% li eritmasi, kaliy permanganat kristallari.
Benzoy kislotadan benzol olish. Benzoy kislotani dekarboksillash (ishqor qo’shib qizdirish yo’li bilan karboksil guruhdan karbonat angidrid ajratib chiqarish) orqali ancha toza benzol olish mumkin.
Hovonchada 5 g benzoy kislota bilan 10 g natron ohakni maydalab aralashtiring. Aralashmani probirkaga soling va uning og’zini uzun gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Probirkani shtativ qisqichiga o’rnating va gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan ozgina suvi bor yig’gich-probirkaga tushiring. Quruq aralashmali probirka dastlab ehtiyotlik bilan pastroq alangada, so’ngra esa qattiq, qizdiriladi. Aralashma butunlay qoraygach, qizdirishni to’хtating. Yig’gichdagi haydalgan suyuqlik ikki qatlamga ajraladi. Yuqorigi qavat (benzol) odatda kristallanadi, Bu kristallar gaz o’tkazish nayining teshigini berkitib qo’ymasin. Yig’gichdagi suyuqlikning yuqori qavati ajratgich voronka yordamida ajratib olinadi. Unga bir necha bo’lak kalsiy хlorid solib quriting va haydang. Benzol 79-80° C da to’liq haydaladi va 2 - 2,5 g ni tashkil etadi:
C6H5COOH C6H6 + CO2
benzoy kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |